‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi urganch Davlat Universiteti
Ko‘ndalang-targ‘il muskullarning ultrastrukturasi va funksiyasi
Download 83.16 Kb.
|
Yorkinoy biofizika mustaqil ta\'lim
Ko‘ndalang-targ‘il muskullarning ultrastrukturasi va funksiyasi.
Odam va yuqori taraqqiy etgan umurtqalilarda uch xil muskullar mavjud: tananing ko’rdalang targ’il tolalali muskullari, yurak muskullari va ichki organlar, teri hamda qon tomirlarining silliq tolali muskullari. Ko‘ndalang targ‘il muskulning tolalari ichida ko‘p sonli miofibrillalar joylashgan (13.1-rasm). Ularning diametri 1-2 mm bo‘lib, sarkomerlardan tashkil topgan. Har bir sarkomer Z-membranalar bilan chegaralangan. Sarkomerlarning uzunligi 2,0 mkm ni tashkil etadi. Muskul hujayrasi ichki qismi hisoblangan sarkoplazmada mitoxondriyalar va endoplazmatik to‘r tizimi joylashgan. Sarkomer muskulning asosiy qisqaruvchi strukturasi hisoblanib, yug‘on va ingichka tolalar hamda Z-plastinkadan iborat. Sarkomer tolalari geksogonal ko‘rinishda joylashgan. Bunda ingichka tolalar aktin oqsilidan tashkil topgan. Yug‘on tolalar tarkibi miozin oqsilidan iborat. Miozin molekulasining funksional jihatdan ikki xil bo‘lgan qismlari “sharnir” bilan o‘zaro bog‘langan. Bu molekulaning bir qismi yug‘on tolaning tanasida va ikkinchi qismi uning tashqi tomonida joylashgan. Og‘ir miozinda faol, aktin bog‘lovchi markazlar bor. V.A.Engelgard va M.N.Lyubimova (1939) muhim kashfiyot qildilar. Ular miozinda qisqaruvchanlik xossasi borligi bilan bir qatorda u fermentativ aktivlikka ham ega bo‘lib, ATF ning makroergik bog‘ini uzadigan adenozintrifosfataza fermenti ekanligini aniqladilar. Muskulda miozin bilan aktinning fermentativ xossalarini taxminan 10 barobar kuchaytiradigan kompleks birikma – aktomiozin hosil qila oladi. Aktomiozin ATF ta’sirida kichik konsentratsiyadagi magniy ionlari ishtirokida aktin va miozinga dissotsiatsiyalanadi. Muskul qisqarganda ATF ikki xil rol o‘ynaydi: u aktomiozinning aktin va miozinga dissotsiatsiyalanishiga sabab bo‘ladi va ayni vaqtda miozinning adenozintrifosfataza xossalari ta’siri bilan o‘zi parchalanib, muskulning qisqarishi uchun zarur energiyani ajratib chiqaradi. Muskullarning inson va yuqori darajada tuzilgan hayvonlar organizmi uchun bajaradigan vazifalari haqida ma’lumot beradigan bo‘lsak, ular birinchidan, suyaklar bilan birga tayanch, ikkinchidan harakatni ta’minlab beruvchi a’zolardir. Hozirgi kungacha ma’lum bo‘lgan ma’lumotlar asosida aytish mumkinki, ko‘ndalang-targ‘il muskullar asosan MNS kelgan impulslar tufayli ishlaydi. Ko‘pgina olimlarning ta’kidlashlaricha, muskullar quyidagi vazifalarni ta’minlab beradilar: tananing bir joydan ikkinchi joyga siljishi, harakati; tana qismlarining bir-biriga nisbatan harakati; Ko’ndalang targ’il tolali muskullar uchta asosiy xususiyatga ega: 1) qo’zg’aluvchanlik, ya'ni qitiqlanishga nisbatan o’zida ionlar o’tkazuvchanligini va ma'lum potensialni o’zgartirib javob berish; 2) o‘tkazuvchanlik, ya'ni harakat potensialini tola bo’ylab o’tkazish; 3) qisqaruvchanlik. Download 83.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling