‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi urganch Davlat Universiteti


Qisqaruvchanlikning molekulyar mexanizmlari


Download 83.16 Kb.
bet6/6
Sana26.01.2023
Hajmi83.16 Kb.
#1125488
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Yorkinoy biofizika mustaqil ta\'lim

Qisqaruvchanlikning molekulyar mexanizmlari. Oldingi bo‘limlarda aytib o‘tilganidek, silliq muskul hujayralari qisqaruvchanlik aktivligini sitoplazmadagi erkin kalsiy konsentratsiyasi bilan belgiladi. Boshqa tipdagi muskullar singari silliq muskullarda ham hujayra ichidagi kalsiy miqdorining o‘zgarishi hujayralararo bo‘shliqdan kirgan va hujayra depolari, xususan, sarkoplazmatik retikulumdan chiqadigan kalsiy hisobiga amalga oshadi. Shunday qilib, silliq muskul hujayralarining qisqarishi mediatorlar yoki gormonlar ta'sirida tashqi muhitdan kiruvchi va depolardan chiqadigan kalsiy ionlari hisobiga sodir bo‘ladi. Silliq muskul hujayralariga kalsiyning kirishi L-tipdagi kalsiy kanallari orqali amalga oshishi nisbatan yaxshi o‘rganilgan. Shu bilan birgalikda silliq muskul hujayralariga kalsiyning kirishini boshqa tipdagi kalsiy kanallari ham ta'minlaydi. Bular retseptor orqali boshqariluvchi, zahiraga bog‘liq kalsiy kanallaridir. Shu sababli silliq muskullarda qisqaruvchanlik va bo‘shashuvchanlik jarayonlari ikki mexanizm (elektromexanik va farmakomexanik) asosida sodir bo‘ladi. Qisqaruvchanlikning elektromexanik yo‘l bilan borishida silliq muskul hujayralari membranasining depolyarizatsiyasi hujayra ichki kalsiyning oshishi uchun asosiy harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi. Bu vaktda potensialga bog‘liq kalsiy kanallarining aktivlanishi xujayralararo bo‘shlikdan sarkoplazmaga kalsiyning kirishini kuchaychtiradi. Natijada hujayra ichki kalsiyning miqdori 500-700 nm ortadi., bu qisqaruvchanlikning sodir bo‘lishi uchun yetarli bo‘ladi.
Farmakomexanik qisqaruvchanlik membrana potensialining o‘zgarishiga bog‘liq emas, kalsiyning kirishi potensialga bog‘liq kanallar orqali amalga oshadi. Bunday holatda hujayra ichki kalsiy oshishi, hujayra depolari tomonidan ta'minlanadi. Uning chiqishi plazmolemmadagi retseptor orqali boshqariluvchi va zahiraga bog‘liq kalsiy kanallari orqali amalga oshadi. Bunda agonistning retseptor bilan o‘zaro ta'sirlashishi birlamchi tezkor, ammo vaqtinchalik hujayra ichki kalsiy miqdorini ortishini chaqiradi, qaysikim, uning chiqishi hujayra ichki depo bilan shartlanadi. Keyinchalik hujayra ichki kalsiy miqdorining tez ko‘tarilib ketishi, sekin ko‘tarilishi bilan almashinadi. Uning miqdori hujayralararo bo‘shliqdan kirgan kalsiy hisobiga keskin ortadi.
Tana va yurak muskullaridan farqli ravishda, silliq muskul hujayralarida kalsiy uchun birlamchi retseptor troponin S hisoblanadi. Lekin silliq muskul hujayralarida u ko‘p uchramaydi va uning vazifasini troponin S ning gomologi universal kalsiy bilan bog‘lanuvchi oqsil kalmodulin bajaradi. Troponin S dan farq qilib, kalmodulin aktin iplarida doimiy joylashmaydi hamda qisqarish boshqaruvchi oqsillar bilan bog‘langandir
Quyidagi 2-rasmda silliq muskullar qisqaruvchanlik va bo‘shashuvchanlikni ta'minlab beruvchi mexanizmlarning sxematik tasviri keltirilgan.
Silliq muskul hujayralari qisqarishining boshqarilishida miozinning yengil zanjiridagi kalsiy-kalmodulinga bog‘liq kinaza ishtirok etadi. Bu kinazaning yagona substrati molekulyar massasi 20 kDa bo‘lgan miozinning yengil zanjiri hisoblanadi.
Bir qator ishlardan ko‘rinib turibdiki, silliq muskul hujayralari qisqarishi miozinning yengil zanjiridagi kinazalarning ishtirokiga bog‘liq. Kalsiy konsentratsiyasining ortishi miozin yengil zanjirining fosforlanishi va qisqarish kuchi va tezligi o‘rtasidagi korrelyasiya ishlab chiqilgan. Ko‘rsatilishicha, miozin yengil zanjirining 40% fosforlanishi silliq muskul tolalarining maksimal darajada qisqarish yetarli bo‘ladi.
Silliq muskullarning qisqaruvchanligi va bo‘shashuvchanligining mexanizmining amalga oshishida miozinning fosforlanishi hamda defosforlanish jarayonining roli haqida yetarli ma'lumotlar olingan. Shu bilan birga silliq muskulaturaning qisqarishi ta'sir etuvchi ikkilamchi mexanizmlarning ishtirokiga ham bog‘liq bo‘ladi. Bular qisqaruvchanlik apparatining kalsiyga sezgirligini oshiradi.
Xulosa o‘rnida aytganda, silliq muskul hujayralarining qisqaruvchanligini va bo‘shashuvchanligini ta'minlovchi bir nechta mexanizmlar mavjud bo‘lib, bular muskullar tonusi boshqarilishida faol ishtirok etadi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Қосимов М.М. Назарий биофизика асослари. Тошкент, Университет, 2006, 220 б


2. Рубин А.Б. Биофизика. Учебник в 2 х книгах. М., Высшая школа, 2000. 1т. – 448 б.2т.- 467 б.
3. Антонов В.Ф., Черныш А.М., Пасечник В.И., Вознесенский С.А., Козлова Е.К. Биофизика, Владос, 2000.287 б.
4. RеmizovA.N. Tibbiy va biologikfizika. Toshkеnt. Ibn-Sinonashriyoti, 2006.
5.www.ziyonet.uz
6. www. referat. ru
7. www.nature.uz
8. www.pedagog.uz
Download 83.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling