Umumtexnika fanlari va texnologiya kafedrasi ro‟yxatga olindi №2020 y ― ‖ «tasdiqlayman»


partiyasi tikiladi va ma‘lum kishilar gruppasi ularni kiyib ko‗rib sinaydi


Download 3.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/93
Sana13.10.2023
Hajmi3.42 Mb.
#1701323
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   93
Bog'liq
Majmua Tolalar ish chiq


partiyasi tikiladi va ma‘lum kishilar gruppasi ularni kiyib ko‗rib sinaydi. 
Belgilangan muddat utgandan so‗ng kiyimlar sinash tashkilotlarida ko‗zdan 
kechiriladi. Gazlamalarning to‗zishiga olib kelgan sabablar analiz qilinadi, yangi 
gazlamalarni ko‗plab ishlab chiqarishga tavsiya qilish mumkinligi masalasi hal 
etiladi. 
Gazlamaning tuzishiga sabab bulgan ayrim omil yoki omillar kompleksi: 
uning ishqalanishga, yuvish va kimyoviy tozalashga chidamliligi, ko‗p 


81 
takrorlanadigan cho‗zilish va bukilishlarga pishiqligi, yorug‗lik ta‘siriga 
chidamliligi laboratoriyada aniqlanadi. 
Materiallarni har xil muhitda va turli temperaturalarda cho‗zilishga, 
relaksatsiyaga (o‗lchamlarini tiklashga) moyilligini har tomonlama tekshirish 
uchun elektron pribor — strografdan foydalaniladi. 
Kiyimlik materiallarning yangi xillari — sun‘iy charm va mo‗yna, plyonka 
materiallar va qoplamalarni sinashga katta ahamiyat beriladi. MIRS tipidagi pribor 
sun‘iy charm va plyonka materiallarning ezilish va bukilishlarda yemirilishga 
chidamliligini aniqlash uchun, VNIIK tipidagi pribor sun‘iy charmning 
ishqalanishga chidamliligini aniqlash uchun ishlatiladi. UMI-60-3 priboro 
mo‗ynadagi tukli qatlamning ishkalanishga chidamliligini aniqlash uchun 
mo‗ljallangan. 
GAZLMANING FIZIK XOSSALARI 
Gazlamalarning 
fizik 
(gigienik) 
xossalariga 
gigroskopikligi, 
havo 
o‗tkazuvchanligi, bug‗ o‗tkazuvchanligi, suv o‗tkazmasligi, ho‗llanuvchanligi, 
chang oluvchanligi, elektrlanuvchanligi va boshqa xossalari kiradi. Fizik 
xossalariga qo‗yiladigan talablar gazlamalarning vazifasi bilan belgilanadi va 
ularning tola tarkibi, tuzilishi va pardoziga bog‗liq bo‗ladi. 
Gigroskopiklik gazlamaning atrof muhitdan (xavodan) nam shimish 
xususiyatini belgilaydi. Gigroskopiklik ( W

%) xavoning nisbiy namligi 100% va 
temperaturasi 20 ± 2°C bo‗lganda materialning namligi. 
bunda: m
100
 — havoning namligi 100% bo‘lganda 4 soat tutib turilgan material 
namunasining massasi, g; m
q
— absolyut quruq namuna massasi, g. 
To‗qimachilik materiallarining gigroskopiklik xossalarini baholashda 
ko‗pincha ularning haqiqiy namlik xarakteristikasidan foydalaniladi. 
Haqiqiy namlik W
h
(%) havoning haqiqiy namligida materialdagi namlik 
miqdorini ko‗rsatadi va quyidagi formuladan aniqlanadi: 
bunda: m
h
 — xavoning qaqiqiy namligida material namunasining massasi, g; m
q
 
— absolyut quruq namuna massasi, g. 
Ayniqsa, ich kiyimlik va yozgi kiyimlik gazlamalar uchun gigroskopiklik 
juda muhim hisoblanadi. Bunday gazlamalar ichida zig‗ir tolali gazlamalarning 
gigroskopikligi eng yuqori bo‗ladi. Ip gazlamalar, tabiiy shoyi gazlamalar, 
shuningdeq viskoza gazlamalarning gigroskopikligi ham yaxshi. Sintetik triatsetat 
gazlamalarning gigroskopikligi past, faqat vinol gazlamaning gigroskopikligi ip 
gazlamanikiga o‗xshaydi. Suv yuqtirmaydigan eritma shimdirish, plyonka va 
,
100
100
q
q
g
m
m
m
W
,
100
q
q
h
h
m
m
m
W


82 
rezina qatlami qoplash, yuvilib ketmaydigan appretlar bilan ishlov berish natijasida 
gazlamaning gigroskopikligi pasayadi. 
Havo o‗tkazuvchanlik —gazlamaning havo o‗tkazish xususiyati; uning tola 
tarkibi, zichligi va pardoziga bog‗liq bo‗ladi. Siyrak gazlamalar havoni yaxshi 
o‗tkazadi, zich gazlamalar, suv yuqtirmaydigan eritmalar shimdirilgan, 
rezinalangan gazlamalar havoni butunlay o‗tkazmaydi yoki kam o‗tkazadi. 
Bug‗ o‗tklzuvchanlik — gazlamaning odam tanasidan ajraladigan suv 
bug‗larini o‗tkazish xususiyati. Suv bug‗lari gazlamadagi g‗ovaklar orqali, 
shuningdek materiallarning gigroskopikligi hisobiga o‗tadi. Gazlama kiyim 
ostidagi havodam namni shi‘mib, uni atrofdagi muhitga o‗tkazadi. Jun gazlamalar 
suv bug‗larini sekin o‗tkazadi va boshqa gazlamalarga qaraganda kiyim ostidagi 
havo temperaturasini yaxshi rostlab turadi. 
Kiyim modellarini yaratishda va konstruksiyasini ishlab chiqishda 
gazlamaning xossalarini hisobga olish lozim. Masalan, bolonya tipidagi 
gazlamadan plash tikishda plashning havo o‗tkazuvchanligi va bug‗ 
o‗tkazuvchanligini yaxshilash uchun koketka tagiga bug‗ chiqib ketadigan to‗r 
qo‗yiladi. 
Gazlamalarning issiqni saqlash xossalari qishki kiyimlik gazlamalar uchun 
ayniqsa muximdir. Bu xossalar gazlamaning tola tarkibiga, qalinligiga, zichligiga 
va pardoziga bog‗liq bo‗ladi. Jun gazlamalarning issiqni saqlash xossalari ekg 
yuqori, zig‗ir tolali gazlamalarniki eng pastdir. 
Bosish, tuk chiqarish, presslash jarayonlari gazlamalarning issiqni saqlash 
xossalarini yaxshilaydi. Ko‗p qatlamli o‗rilishlarni qo‗llash, tuk chiqarish 
natijasida gazlamada ko‗p havo qatlamlari hosil bo‗lib, ular gazlamaning issiqni 
saqlash xossalarini kuchaytiradi. Tarab tuk chiqarilgan qalin, zich jun gaz-
lamalarning issiqni saqlash xossalari eng yuqori bo‗ladi. 
Suv o‗tkazmaslik — gazlamaning suv sizib kirishiga qarshilik ko‗rsatish 
xususiyati. Suv o‗tkazmaslik maxsus gazlamalar (brezentlar, palatkalar, 
parusinalar), plashlik gazlamalar,paltolik va kostyumlik jun gazlamalar uchun 
ayniqsa muhimdir. Suv o‗tkazmaslik gazlamaning tola tarkibiga, zichligi va 
pardoziga bog‗liq bo‗ladi. 
Gazlamaning suv o‗tkazmasligini oshirish va uni suv o‗tkazmaydigan qilish 
uchun unga suv yuqtirmaydigan va suv o‗tkazmaydigan qiluvchi pardozlar 
beriladi. 
CHang oluvchanlik — gazlamalarning kirlanish xususiyati. U gazlama 
o‗ngining xarakteriga, gazlamaning tola tarkibiga, zichligi va pardoziga bog‗liq 
bo‗ladi. Tarab tuk chiqarilgan jun gazlamalarning chang oluvchanligi eng yuqori 
bo‗ladi. 


83 
Elektrlanuvchanlik — materiallarning o‗z sirtida statik elektr to‗plash 
xususiyati. Tayyorlash va foydalanish jarayonlarida to‗qimachilik materiallari 
albatta boshqa narsalarga tegadi va ishqalanadi. SHunda ularning sirtida elektr 
zaryadlar uzluksiz to‗planadi va tarqaladi. Agar zaryadlarning to‗planishi bilan 
tarqalishi orasidagi muvozanat buzilsa, material sirtida statik elektr to‗planib, 
material elektrlanadi. Zaryadning kattaligi va ishorasi (musbat yoki manfiy) 
tolalarni hosil qilgan moddalarning kimyoviy tuzilishiga bog‗liq To‗qimachilik 
materiallarining elektrlanuvchanligi organizmga biologik ta‘sir ko‗rsatishi 
mumkin. Odam terisida paydo bo‗ladigan musbat zaryadlangan elektr maydon 
odamning asab va yurak-tomir sistemalariga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Manfiy 
zaryadlangan elektr maydon esa foydali ta‘sir ko‗rsatadi. Xlorinning 
elektrlanuvchanligi yuqori bo‗lganligidan undan davolash kiyimlari tikishda 
foydalaniladi. 
Materiallarning elektrlanuvchanligi ularni tayyorlash va ulardan buyumlar 
tikish texnologik jarayonlarini murakkablashtiradi hamda kiyimiing tez 
kirlanishiga sabab bo‗ladi. Kiyimning ichki kiyimlarga va badanga yopishib 
qolishiga 
ham 
elektrlanuvchanlik 
sabab 
bo‗ladi. 
Gazlamalarning 
elektrlanuvchanligini kamaytirish uchun ularga antistatik sirt-aktiv moddalar 
(antistatiklar) bilan ishlov beriladi. Tolalar aralashmasining komponentlarini 
ratsioial tanlash yo‗li bilan ham elektrlanuvchanlikni kamaytirish mumkin. Bunda 
har xil kimyoviy tarkibli tolalarda paydo bo‗ladigan elektr zaryadlar bir-birini 
neytrallaydi. Aralashmaga gidrofil va gidrofob tolalar qo‗shilganda ham 
gazlamaning elektrlanuvchanligi kamayadi. 

Download 3.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling