Umumtexnika fanlari va texnologiya kafedrasi ro‟yxatga olindi №2020 y ― ‖ «tasdiqlayman»
Download 3.42 Mb. Pdf ko'rish
|
Majmua Tolalar ish chiq
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Gazlamalarning o„yil uvchanligi 4. Gazlamalarning kirishishi 5. Ho„llab-dazmollanganda gazlamalarning shakl olish xususiyati
- Gazlamalarning qirqishga qarshiligi, sirpanuvchanligi, titiluvchanligi
GAZLAMANING TEXNOLOGIK XOSSALARI
1.Gazlamalarning qirqishga qarshiligi, sirpanuvchanligi, titiluvchanl igi 2. CHoklardagi iplarning suriluvchanligi 86 3. Gazlamalarning o„yil uvchanligi 4. Gazlamalarning kirishishi 5. Ho„llab-dazmollanganda gazlamalarning shakl olish xususiyati Gazlamalarning texnologik xossalari deganda ularni bichish, tikish va ho‗llash-dazmollash jarayonlarida namoyon bo‗ladigan xossalari tushuniladi. Gazlamalarning texnologik xossalariga qirqishga qarshiligi, sirpanuvchanligi, titiluvchanligi, o‗yiluvchanligi, kirishishi, ho‗llash-dazmollash jarayonida shakllanuvchanligi, choklardagi iplarning suriluvchanligi kiradi. Gazlamalarning qirqishga qarshiligi, sirpanuvchanligi, titiluvchanligi Gazlamalarning qirqishga qarshiligi ularni taxlab bichishda muhim rol o‗ynaydi. Tola tarkibi, zichligi va pardoziga qarab, gazlama qirqishga turlicha qarshilik ko‗rsatadi. Gazlamaning zichligini oshirish, appretlash, suv yuqtirmaydigan parda dqplash natijasida uning qirqishga qarshiligi ortadi. Sintetik gazlamalar va tarkibida sintetik tolalar ko‗p bo‗lgan gazlamalarning qirqishga qarshiligi eng yuqori, undan keyin zig‗ir tolali gazlamalar turadi, jun gazlamalarni qirqish esa eng oson. Sintetik gazlamalarning qirqishga qarshiligi kuchli bo‗lgani uchun ularni bichish paytida elektr bichish mashinasining pichog‗i ancha qiziydi, gazlama tolalari eriydi va pichoqqa yopishib qoladi. Gazlamaning qirqishga qarshiligini va pichoqning qizishini kamaytirish uchun bichish mashinalarining pichog‗i doim o‗tkir bo‗lishi kerak. Bichish va tikish paytida gazlamalar sirpanib ketishi mumkin. Sirpanuvchanlik gazlama sirtining xarakteriga, ya‘ni qo‗llaniladigan iplarning silliligi va o‗rilishiga bog‗liq bo‗ladi. Silliq gazlamalar taxlamda sirpanadi, bu esa polotnolarning su-rilishiga va bichiq detallarining buzilishiga olib keladi. Bunday gazlamalarni bichish uchun taxlamga kamroq polotno olinadi, qog‗oz qistirmalar ishlatiladi va gazlama taxlamlari maxsus qisqichlar bilan mahkamlab qo‗yiladi. Silliq gazlamalarni juda ehtiyot bo‗lib tikish kerak, chunki bichiq detallari sirpanib ketib, chok qiyshiq chiqishi mumkin. Gazlamaning titiluvchanligi — qirqilgan joylarda gazlama iplari chiqib ketib, shokila hosil bo‗lishi. Gazlamaning titiluvchanligi ip (kalava ip) ning xiliga, gazlamaning o‗rilishiga, zichligi va pardoziga bogliq. Silliq iplar ishlatish va uzaytirilgan yopmali o‗rilishlar qo‗llash natijasida gazlamalarning titiluvchanligi oshadi. Atlas va satin o‗rilishli gazlamalar polotno o‗rilishli gazlamalarga qaraganda osonroq titiladi, chunki yopmalari uzunroq va demak tanda va arqoq iplari bo‗shroq 87 bog‗langan bo‗ladi. Siyrak gazlamalar, shuningdek pishitilgan qayishqoq kalava ipdan to‗qilgan va nisbiy zichligi yuqori bo‗lgan gazlamalar titiluvchan bo‗ladi. Tukini kuydirish, tukini qirqish kabi pardozlash operatsiyalari gazlamalarning titiluvchanligini oshiradi, appretlash, bosish, presslash, eritmalar shimdirish kabi operatsiyatar esa titiluvchanligini kamaytiradi. Titiluvchanlikni organoleptik usulda aniqlash uchun gazlamadan 3×3 sm o‗lchamli namuna kesib olinadi, oldin igna bilan bir ip, keyin ikki, uch va hokazo iplar birga sug‗urib ko‗riladi. Agar birdaniga beshta ip osongina sug‗urilib chiqsa, bunday gazlama oson titiluvchan, agar 3—4 ta ip osongina sug‗urilib chiqsa, bunday gazlama o‗rtacha titiluvchan, agar bitta ip ham qiyinlik bilan sug‗urilib chiqsa, bunday gazlama deyarli titilmaydigan hisoblanadi. Tuki yaxshi kuydirilgan va yaxshi appretlangan gazlamalar, rezinalangan gazlamalar, plyonka qoplangan gazlamalar, sun‘iy charm, sun‘iy zamsha va shu kabilar deyarli titilmaydi. Kimyoviy kompleks iplar, ayniqsa, sintetik tolalardan to‗qilgan siyrak gazlamalar, tabiiy shoyi gazlama, silliq iplardan to‗qilgan atlas va satin o‗rilishli gazlamalar, pishitilgan kalava ipdan to‗qilgan kostyumlik va paltolik gazlamalar osongina titiladi. Titiluvchan gazlamalar bilan ishlaganda choklarga katta qo‗yim qoldiriladi, qirqilgan joylari titilib ketmasligi uchun yo‗rmab qo‗yiladi. Download 3.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling