Umumtexnika fanlari va texnologiya kafedrasi ro‟yxatga olindi №2020 y ― ‖ «tasdiqlayman»
Download 3.42 Mb. Pdf ko'rish
|
Majmua Tolalar ish chiq
Gazlamaning draplanuvchanligi
Draplanuvchanlik — gazlamalarning yumshoq, dumaloq burmalar hosil qilishi. Draplanuvchanlik gazlamaning massasiga, qattiqligiga va mayinligiga bog‗liq. Qattiqlik — gazlamaning o‗z shaklini o‗zgartirishga qarshilik ko‗rsatish xususiyati. Egiluvchanlik qattiqlikka teskari xossa bo‗lib, gazlamaning o‗z shaklini osongina ‗ozgartirish xususiyatini belgilaydi. Gazlamaning qattiqligi va egiluvchanligi tolaning o‗lchamlari va xiliga, kalava ipning ingichkaligi, pishitilishi, strukturasiga, gazlamaning tuzilishi va pardoziga bog‗liq. Ingichka, egiluvchan tolalardan va bo‗sh pishitilgan kalava ipdan to‗qilgan siyrak gazlamalar mayin va egiluvchan bo‗ladi. Egiluvchan gazlamalar yaxshi draplanadi, lekin taxlash va tikishda ehtiyot bo‗lishni talab qiladi, chunki osongina qiyshayib ketishi mumkin. Ruzg‗or buyumlari tikish uchun mo‗ljallangan gazlamalarning egilishga qattiqligi PT-2 priborida gazlama bo‗lagining o‗z massasi ta‘sirida egilish qiymatini o‗lchash yo‗li bilan aniqlanadi. Sun‘iy charm va plyonka materiallarning qattiqligi va elastikligini aniqlaydigan maxsus priborlar bor. 77 Sun‘iy charm va zamshadan, kompleks kapron iplar hamda monokaprondan to‗qilgan gazlamalar, lavsanli jun gazlamalar, pishitilgan kalava ipdan to‗qilgan qalin gazlamalar va mo‗l metall ipli gazlamalar ancha qattiq bo‗ladi. Gazlamalar kalta yopmali qilib to‗qilganda va appretlanganda qattiqroq chiqadi. Qattiq gazlamalar yaxshi draplanmaydi, ya‘ni o‗tkir burchakli qiya yopiq burmalar hosil qiladi. Qattiq gazlamalar yaxshi taxlanadi, tikishda qiyshayib ketmaydi, lekin ularni qirqish va ho‗llash-dazmollash ancha qiyin bo‗ladi. Gazlamaning draplanuvchanligiga qo‗yiladigan talablar uning nimaga ishlatilishiga va buyumning modeliga bog‗liq bo‗ladi. Turli bichimli, qo‗yma burmali, volanli (volan—xotin-qizlar kiyimining etagiga tutiladigan qush etak), keng bichimli ko‗ylak va bluzkalar tikish uchun yaxshi draplanuvchan gazlamalar talab qilinadi. Pastki tomoni kengayib boradigan turri bichimli modellar uncha draplanmaydigan qattiqroq gazlamalardan tikilishi lozim. Erkaklar kostyumlari va paltolari tikiladigan gazlamalarning draplanuvchanligi ko‗ylaklik gazlamalarnikidan kamroq bo‗lishi mumkin, chunki kostyum va paltolar burmasiz bo‗ladi. Tabiiy shoyi va shtapel gazlamalar, krep o‗rilishli jun gazlamalar va paltolik mayin jun gazlamalar yaxshi draplanadi. O‗simlik tolalaridan to‗qilgan gazlamalar (ip gazlama va, ayniqsa, zig‗ir tolali gazlama) jun va shoyi gazlamaga qaraganda kamroq draplanadi. Draplanuvchanlikni anihlashning turli metodlari bor. Eng oddiy metod VNIIPXV ishlab chiqqan metoddir (1-rasm). Sinaladigan gazlamadan 400 X 200 mm o‗lchamli namuna qirkib olinadi. Namunaning kalta tomoniga to‗rt nuqta qo‗yiladi: birinchi nuqta gazlamaning yon chetidan 25 mm ichkaridan, qolganlari esa o‗zidan oldingi nuqtadan 65 mm masofada ko‗yiladi. Belgilangan nuqtalardan igna o‗tkazib, namunada uchta burma hosil qilinadi. Gazlamaning uchlari igna bilan probka yordamida qisiladi va erkin osilgan hamda ignaga mahkamlangan gazlama namunasining pastki uchlarigacha bo‗lgan A masofa mm da o‗lchanadi. Drapla-nuvchanlik D quyidagi formuladan topiladi: Gazlamaning barcha yo‗nalishlarda draplanuvchanligini aniqlash uchun diskli metod qo‗llaniladi (2-rasm). Gazlamadan doyra shaklida namuna qirqib olinadi va uni kichikroq diametrdagi disk ustiga yopiladi. SHunda gazlama namunasida burmalar hosil bo‗ladi. Gazlamaning draplanuvchanligi ana shu burmalarning soniga va shakliga, disk yuqoridan yoritilganda gazlama tushiradigan proeksiya yuziga qarab aniqlanadi. . 100 200 200 A D 78 Draplanuvchanlik koeffitsient — namuna yuzi bilan uning proeksiyasi yuzi orasidagi farqning namuna yuziga nisbati. Draplanuvchanlik koeffitsienti protsentda ifodalanadi va quyidagi formuladan hisoblanadi: bunda: S H — namunaning yuzi mm 2 ; S P — namuna proeksiyasining yuzi, mm 2 . Sun‘iy mo‗ynaning draplanuvchanligi DM-1 priborida halqa metodi bilan aniqlanadi. SNIISHP ma‘lumotlariga ko‗ra draplanuvchanlik koeffitsienti quyidagicha bo‗lgan gazlamalar yaxshi draplanuvchan hisoblanadi: ip gazlamalar 65 % dan yuqori, ko‗ylaklik jun gazlamalar 80 % dan yuqori, kostyumlik va paltolik jun gaz- lamalar 65 % dan yuqori, ko‗ylaklik shoyi gazlamalar 85%dan yuqori. Download 3.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling