Umumtexnika fanlari va texnologiya kafedrasi ro‟yxatga olindi №2020 y ― ‖ «tasdiqlayman»


Download 3.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/93
Sana13.10.2023
Hajmi3.42 Mb.
#1701323
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   93
Bog'liq
Majmua Tolalar ish chiq

 
 


75 
Gazlamaning g„ijimlanuvchanligi 
Bukilganda va bosilganda gazlamada g‗ijimlar va burmalar hosil bo‗lishi 
g‗ijimlanuvchanlik deyiladi. Hosil bo‗lgan g‗ijimlar va burmalarni faqat ho‗llash-
dazmollash yo‗li bilan ketkazish mumkin. Bukish va qisish ta‘sirida gazlamada 
hosil bo‗ladigan plastik deformatsiyalar g‗ijimlanishga sabab bo‗ladi. Qayishqoq 
va elastik uzayish ulushi ancha katta bo‗lgan tolalar bukish va qisish 
deformatsiyasidan keyin bir oz sekinroq yoki tezroq tekislanadi va dastlabki 
holatini egallaydi, shuning uchun g‗ijimlar yuqoladi. 
G‗ijimlanuvchanlik gazlamaning tola tarkibiga, kalava ipning yug‗onligi va 
pishitilganligiga, o‗rilishlarga, gazlamaning zichligi va pardoziga bog‗liq. 
Qayishqoq tolalar — jun, tabiiy ipak ko‗pgina sintetik tolalardan to‗qilgan 
gazlamalar uncha g‗ijimlanmaydi. Paxta, viskoza tolalar va ayniqsa zig‗ir 
tolalaridan to‗qilgan gazlamalar juda g‗ijimlanuvchan bo‗ladi. Iplar qancha 
yo‗g‗on va yaxshi pishitilgan bo‗lsa, gazlamalarning g‗ijimlanuvchanligi shuncha 
past bo‗ladi. Jun, tabiiy shoyi va sintetik gazlamalardagi g‗ijimlarning asta-sekin 
yuqolishiga tolalarning elastiklik xossalari sabab bo‗ladi. SHu xossalari tufayli 
bukilishdan keyin tolalar dastlabki holatiga qaytadi. Gazlama qancha zich bo‗lsa, 
undagi iplar shuncha kam siljiydi. SHuning uchun zich gazlamalar kamroq 
g‗ijimlanadi.
Pardoz ham gazlamaning g‗ijimlanuvchanligiga katta ta‘sir qiladi. Ip 
gazlama, shtapel, viskoza gazlamalarning g‗ijimlanuvchanligini kamaytirish uchun 
maxsus pardoz beriladi, ya‘ni ularga formaldegid preparatlar, sintetik smolalar 
bilan ishlov beriladi. Tikuvchilikda kiyimlarni g‗ijimlanmaydigan qilish va 
shaklining saqlanishini ta‘minlash uchun forniz (g‗ijimlanmaydigan buyumlar 
hosil qilish) deb ataladigan ishlov qo‗llanilishi mumkin. Kiyimlar tarkibida 
to‗qimachilikda termoreaktiv smolalar bilan ishlov berilgan sellyuloza tolalari 
bo‗lgan gazlamalardan tikiladi. Kiyim tikib bulinib, namlik-issiqlik ishlovidan 
o‗tkazilgandan so‗ng uni maxsus termokamerada 150—160°C temperaturada 15 
min tutib turiladi. SHunda termoreaktiv smolalar polimerlanadi va kiyimga 
berilgan shakl mustahkamlanadi. Forniz ishlovi berilgan kiyim uzoq vaqt 
kiyilganda, yuvilganda, kimyopviy usulda tozalanganda ham uz shaklini saqlab 
qoladi. 
Ustki ko‗ylak bluzka, ayollar ko‗ylagi, shimlar, yubkalar, kostyumlar, sport 
kiyimlari va formalar tikishda forniz ishlovidan foydalaniladi. 
Gazlamaning strukturasini o‗zgartirish va har xil pishitilgan iplar qo‗llash 
yo‗li bilan ham g‗ijimlanuvchanlikni kamaytirish mumkin. Teksturalangan iplar 
(hajmdor kapron, elastik triatsetat tolali hajmdor kapron iplar) dan keng foydalanib 
xajmdor strukturali gazlamalar yaratish turli-tuman kam g‗ijimlanadigan va 
g‗ijimlanmaydigan shoyi gazlamalar ishlab chgharishga imkon beradi. 


76 
Tovlanuvchanlik bo‗yoq va gullar gazlamaning g‗ijimlanuvchanligipi 
bo‗rttirib yoki susaytirib ko‗rsatishi mumkin. Atlas va sarja o‗rilishli tovlanuvchan 
yupqa och rangli gazlamalarda, masalan, astarlik gazlamalarda g‗ijimlar va 
burmalar yaqqol se-ziladi. Oqartirilgan va bir xil rangga bo‗yalgan gazlamalar 
guldor yoki gul bosilgan gazlamalarga Karaganda ko‗proq g‗ijimlanadigandek 
ko‗rinadi. Gullar gazlamaning g‗ijimlanuvchanligini kamaytirmaydi, balki 
g‗ijimlarni ko‗z uncha ilg‗amaydigan qilib ko‗rsatadi. 
Gazlamalarning g‗ijimlanuvchanligi buyumning ko‗rinishini buzadi va 
tikuvchilik jarayonini qiyinlashtiradi. Oson g‗ijimlanuvchan gazlamalar tez ishdan 
chiqadi, chunki bukilgan va burmalangan joylarda ancha ishqalanadi; ular tez-tez 
ho‗llash-dazmollash natijasida pishiqligini ham yuqotadi. 
Gazlamalarning g‗ijimlanuvchanligini organoleptik usulda (qo‗lda g‗ijimlab 
ko‗rib) hamda laboratoriyada (maxsus priborlardaya foydalanib) aniqlash mumkin. 
Bir tomonga yo‗nalgan va yo‗nalmagan g‗ijimlarni aniqlaydigan priborlar bor 
(masalan, IP-1 markali «sun‘iy qo‗l» pribori to‗qimachilik materiallarining kiyim 
yengi 
tirsaklarida 
deformatsiyalanishini 
tekshirish 
uchun 
ishlatiladi; 
gazlamalarning egilishga chidamliligini aniqlaydigan pribor nagruzka berilgandan 
so‗ng gazlamani minutiga 124 marta bukib, uning bukilish burchagini gradusda
belgilash uchun mo‗ljallangan). 
Gazlama namunasining g‗ijimlanishini qo‗lda sinab ko‗rishda g‗ijimla-
nuvchanlik darajasiga qarab unga juda g‗ijimlanadigan, g‗ijimlanadigan, kam 
g‗ijimlanadigan, g‗ijimlanmaydigan gazlama deb baho beriladi. 

Download 3.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling