Umumtexnika fanlari va texnologiya kafedrasi ro‟yxatga olindi №2020 y ― ‖ «tasdiqlayman»


Download 3.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/93
Sana13.10.2023
Hajmi3.42 Mb.
#1701323
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   93
Bog'liq
Majmua Tolalar ish chiq

11 – MAVZU: GAZLAMANING XOSSALARI 
 
REJA: 
 
1. GAZLAMANING MEXANIK XOSSALARI
2. GAZLAMANING FIZIK XOSSALARI 
3. GAZLAMANING TEXNOLOGIK XOSSALARI 
 
Kiyimning eskirishiga asosan unga cho‗zuvchi, ezuvchi, bukuvchi kuchlar
ishqalanish kuchlari ta‘sir etishi sabab bo‗ladi. SHuning uchun kiyimning ohori va 
shaklining yaxshi saqlanishida hamda uzoqqa chidashida gazlamaning turli 
mexanik ta‘sirlarga chidamliligi, ya‘ni mexanik xossalari katta rol o‗ynaydi. 
Gazlamaning mexanik xossalariga pishiqligi, uzayishi, tuzishga chidamliligi, 
g‗ijimlanuvchanligi, qattiqligi, draplanuvchanligi va boshqa xossalari kiradi. 
Gazlamaning pishiqligi 
Gazlamaning cho‗zilishga pishiqligi uning sifatini belgilaydigan eng muhim 
ko‗rsatkichlardan biridir. Gazlamaning cho‗zilishga pishiqligi deganda uning 
nagruzkaga chidamliligi tushuniladi. 
Ma‘lum o‗lchamdagi gazlama bo‗lagini uzish uchun yetarli minimal 
nagruzka uzuvchi kuch (nagruzka) deb ataladi. 
Uzuvchi kuchni aniqlash uchun gazlama bo‗lagi 
uzish mashinasida uzib ko‗riladi (1-rasm). 
Gazlama namunasi 2 qisqichlar 1 va 3 ga 
mahkamlab qo‗yiladi. Elektr dvigatel pastki 
qisqich 1 ni yuqoriga va pastga harakatlantiradi, 
ustki qisqich 3 yukli richag 4 bilan bog‗langan. 
Pastki qisqich pastga tushganda namuna 
cho‗zilib, ustki qisqichni pastga suradi, u esa 
yukli richag 4 ni buradi. Natijada yuk 11 li 
mayatnikli kuch o‗lchagich 5 og‗adi. Kuch 
o‗lchagichning tiragi tishli reyka 9 ni suradi va 
tishli g‗ildirak 8 ni buradi; g‗ildirak o‗qiga 
strelka mahkamlangan bo‗lib, u namunaga ta‘sir qilayotgan kuch qiymatini yuk 
shkalasi 7 da ko‗rsatadi. CHo‗-zuvchi kuch ta‘sirida namuna uzayadi va qishichlar 
orasidagi masofa kattalashadi. Strelka 10 uzayish qiymatini uzayish shkalasi 6 da 
ko‗rsatadi.
Sinash uchun gazlamadan tanda bo‗yicha uch bo‗lak va arqok bo‗yicha to‗rt 
bo‗lak qirqib olinadi. Pishiqlikni aniqlashda bo‗lakning eni belgilangan o‗lchamga 
aniq mos kelishi va barcha bo‗ylama iplar bo‗lakning boshidan oxirigacha to‗liq 


72 
bo‗lishi juda muhimdir. Buning uchun oldin enliroq namuna qirqib olinadi, so‗ngra 
uning ikkala tomonidan bo‗ylama iplarni qirqib zarur o‗lchamga keltiriladi. 
CHekkalardagi iplar butun bo‗lishi lozim. Namuna bo‗lagining eni 50 mm bo‗ladi. 
Dinamometr qisqichlari orasidagi masofa jun gazlamalar uchun 100 mm, boshqa 
gazlamalar uchun 200 mm olinadi. Namuna bo‗lagining uzunligi qisqichlar 
orasidagi masofadan 100—150 mm katta olinadi. Gazlamani tejash maqsadida 
kichik bo‗laklar metodi ishlab chiqilgan. Bunda namuna bo‗lagining eni 25 mm, 
qisqichlar orasidagi masofa 50 mm olinadi. 
Uzuvchi kuch tanda uchun alohida, arqoq uchun alohida hisoblanadi. 
Namunani tanda bo‗yicha yoki arqoq bo‗yicha uzuvchi kuch deganda barcha sinov 
natijalarining o‗rtacha arifmetik qiymati tushuniladi,
Gazlamalarning uzilishga pishiqligi ularning tola tarkibiga, kalava ip yoki 
ipning nomeriga, zichligiga, o‗rilish xiliga, pardozlash xarakteriga bog‗liq. 
Sintetik tolalardan to‗qilgan gazlamalarning uzilishga pishiqligi eng yuhori 
bo‗ladi. Iplar qancha yo‗g‗on va gazlama qancha zich bo‗lsa, u shuncha pishiq 
bo‗ladi. Kalta yopmali o‗rilishlarni qo‗llash ham gazlamalarning pishiqligini 
oshiradi. SHuning uchun boshqa barcha sharoitlar bir xil bo‗lgani holda polotno 
o‗rilishda to‗qilgan gazlamalar eng pishiq bo‗ladi. Bosish, appretlash, bug‗lash 
kabi pardozlash operatsiyalari gazlamaning pishiqgini oshiradi. Oqartirish, bo‗yash 
operatsiyalari gazlamaning pishiqligini birmuncha pasaytiradi. 

Download 3.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling