Umumtexnika fanlari va texnologiya kafedrasi ro‟yxatga olindi №2020 y ― ‖ «tasdiqlayman»
Download 3.42 Mb. Pdf ko'rish
|
Majmua Tolalar ish chiq
Gazlamaning uzunligi
Gazlamaning uzunligi tikuvchilikda gazlamalarni ko‗plab bichish jarayoniga katta ta‘sir qiladi. To‗quv stanogida to‗qilayotgan gazlama ma‘lum uzunlikdan keyin kesiladi, natijada ma‘lum uzunlikdagi gazlama to‗plari hosil bo‗ladi. To‗plarning uzunligi gazlamaning kalinligi va og‗irligiga bog‗liq. Og‗ir paltolik gazlamalar va draplar to‗pi eng kalta bo‗ladi.- To‗qimachilik fabrikalari gazlama to‗plarini 10 dan 150 m gacha qilib ishlab chiqaradi. Gazlama to‗pi bir necha bo‗lakdan iborat bo‗lishi mumkin. Agar savdo tarmoqlari uchun mo‗ljallangan gazlamalarni sortlarga ajratish paytida sezilarli nuqsonlari borligi aniqlansa, shu joylari kesib tashlanadi, natijada bo‗lak hosil bo‗ladi. Tikuvchilik sanoati uchun mo‗ljallangan gazlamalardagi nuqsonlar kesib tashlanmaydi, balki gazlamaning chetini ozroq qirqib qo‗yiladi. Bu — shartli qirqish deyiladi. Gazlamaning nimaga ishlatilishiga qarab, bulaklardan iborat to‗pdagi bo‗laklarning minimal uzunligi 1,5 dan 6 m gacha bo‗lishiga yo‗l qo‗yiladi. Masalan, paltolik gazlamalar to‗pidagi bo‗lakning uzunligi 2,8 m, shinellik movutda esa 3 m bo‗lishi kerak To‗pning uzunligi ratsional va noratsional bo‗lishi mumkin. Gazlamani bichish paytida koldiqsiz foydalaniladigan yoki yo‗l qo‗yilgad. norma chegarasida chiqindi chiqadigan uzunlik ratsional uzunlik deyiladi. Gazlamani tejab sarflash uchun tayyorlash bichish bo‗limida bir xil uzunlikdagi to‗plarni tanlash, taxlash uzunligini belgilash va bichim chizig‗iga buo‗ surkash ishlarini gazlama to‗pining uzunligiga moslab bajarish kerak To‗p uzunligidan to‗liq- roq foydalanish uchun turli uzunlikda bo‗rlash, bir vaqtda ikki buyum uchun gazlama taxlash yoki 1,5; 2,5; 3,5 li andazalar komplektini ishlatish tavsiya etiladi. Agar bir gazlamalar taxlamida bir necha buyum, masalan, kostyum va shim bir yo‗la bichilsa, gazlamadan tejamliroq foydalaniladi. , / 1000 1 l m G , / 1000000 2 lb G |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling