Umumtexnika fanlari va texnologiya kafedrasi ro‟yxatga olindi №2020 y ― ‖ «tasdiqlayman»


Gazlamaning to„zishga chidamliligi


Download 3.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/93
Sana13.10.2023
Hajmi3.42 Mb.
#1701323
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   93
Bog'liq
Majmua Tolalar ish chiq

Gazlamaning to„zishga chidamliligi 
Gazlamalarning turli yemiruvchi omillarga chidash xususiyati to‗zishga 
chidamliligi deyiladi. Kiyim kiyib yurilganda unga yorug‗liq quyosh nurlari ta‘sir 
qiladi, u ishqalanadi, cho‗ziladi, bukiladi, eziladi, nam, ter ta‘siriga uchraydi, 
yuviladi, ki-myoviy tozalanadi, temperatura o‗zgarishlariga uchraydi va hokazo. 
Mexaniq fizik-kimyoviy va bakteriologik ta‘sirlarning murakkab kompleksi 
gazlamaning asta-sekin bo‗shashishiga va nihoyat, to‗zishiga olib keladi. 
Foydalanish jarayonida gazlamaga ta‘sir qiladigan omillarning xarakteri 
undan tayyorlangan buyumning xiliga va undan foydalanish sharoitiga bog‗liq. 
Masalan, ich kiyim ko‗p yuvilaverganidan to‗ziydi. YUvuvchi vositalar 
eritmalarida qaynatilganda havo kislorodi ta‘sirida sellyuloza oksidlanadi va 
,
100
H
P
H
d
S
S
S
K


79 
tolalarning pishiqligi pasayadi. YUvilganda gazlamaga ta‘sir qiladigan mexanik 
omillar, shuningdek dazmollaganda qizigan metallning ta‘siri gazlamani 
bo‗shashtiradi. Deraza pardalari yorug‗lik va quyosh nuri ta‘sirida pishiqligini 
yuqotadi. YUvilganda yoki kimyoviy tozalanganda ishqalanish va tozalovchi 
vositalar ta‘sirida ularning yorug‗lik eng ko‗p ta‘sir qilib turgan joylari to‗zib 
ketishi mumkin. 
Ustki kiyim-bosh asosan ishqalanish tufayli to‗ziydi. Tuzishning boshida 
kuo‗gina to‗qimachilik materiallarida pilling hodisasi kuzatiladi. 
To‗qimachilik buyumlari sirtida buralgan tolalar — pillar hosil bo‗lish 
protsessi pilling deb ataladi. Pillar buyumning eng ko‗p ishqalanadigan joylarida 
hosil bo‗lib, uning tashqi ko‗rinishini xunuklashtiradi. 
To‗qimachilik materiallarida pillar ulardan buyumlar tayyorlash, ulardan 
foydalanish, ularni yuvish, kimyoviy tozalash jarayonida hosil bo‗lishi mumkin. 
Pillarning hosil bo‗lish va yo‗qolish sxemasi quyidagicha: 
tolalarning uchlari materiallar sirtiga chiqib tukdorlik hosil qilishi; 
pillar hosil bo‗lishi; 
pillarning material sirtidan uzilib tushishi. 
Tarkibida kalta tolalar va, ayniqsa, sintetik tolalar bo‗lgan gazlamalar, 
trikotaj, noto‗qima materiallar pillingga moyil bo‗ladi. SHtapel tolalar ichida 
poliefir tolalar eng ko‗p pilling hosil qiladi. Arqog‗i paxta ipdan iborat gazlamalar 
arqog‗i viskoza ipdan iborat gazlamalarga qaraganda ko‗proq pilling hosil qiladi. 
Ayiiqsa, astarlik materiallarning pillingga turg‗unligi juda muhim. 
To‗qimachilik materiallarining pillinglanuvchanligini aniqlash uchun pilling-tester 
deb ataladigan har xil priborlardan foydalaniladi. 10 sm
2
yuzidagi pillar soniga 
qarab materiallar pillinglanmaydigan, kam pillinglanadigan (1—2 ta pill) o‗rtacha 
pillinglanadigan (3—4 ta pill), juda pillinglanadigan (5—6 ta pill) gruppalarga 
bo‗linadi. 
Buyumlarning tuzishiga yorug‗lik va ko‗p marta egilishlar, cho‗zilishlar, 
ezilishlar katta ta‘sir kuo‗satadi. Kiyimlarda eng uchlari, shim pochalari, tirsaklar, 
tizza ko‗zlari, yoqa tezroq to‗ziydi. 
Xizmat muddatini uzaytirish uchun shim pochalariga va ba‘zi yeng uchlariga 
bortchali kapron tasma tikib qo‗yish tavsiya qilinadi. U gazlamaning to‗zishiga 
tusqinlik qiladi. 
Ayollar kiyimining bort chizig‗iga, yoqalariga va yenglarining uchlariga 
tesma tikilishi mumkin. Tesma ham kiyimni bezaydi, ham kiyim materialining 
tuzishiga yo‗l qo‗ymaydi. Sport buyumlari va ish kiyimlarining tizza va 
tirsaklariga pishiq ma-terialdan tizzalik va tirsakliklar qo‗yib ketiladi. 
Gazlamaning sirtiga chikib turgan iplarning bukilgan joylari ishqalanish 
ta‘sirida to‗ziy boshlaydi. Bu joylar gazlamaning tayanch sirti deb ataladi. 


80 
Gazlamaning tayanch sirtini kuchaytirish yo‗li bilan uning to‗zishga chidamliligini 
oshirish mumkin. Buning uchun uzun yopmali o‗rilishlar qo‗llaniladi. Boshqa 
ko‗rsatkichlar bir xil bo‗lgani holda atlas va satin o‗rilishlarda to‗qilgan gazlamalar 
ishqalanishga eng chidamli hisoblanadi. SHuning uchun ko‗pgina astarlik 
gazlamalar atlas va satin o‗rilishlarda to‗qiladi. 
Agar ishqalanish yo‗nalishi gazlamaning o‗ngiga chiqib turadigan iplar 
bo‗ylab ketsa, gazlama sekinroq to‗ziydi. Kiyim bichishda buni hisobga olish 
kerak 
Kapron gazlamalar va sintetik tolali gazlamalar ishqalanishga eng chidamli 
hisoblanadi. SHuning uchun jun gazlamalarning ishqalanishga chidamliligini 
oshirish maqsadida ular shtapel sintetik tolalar qo‗shib to‗qiladi. Masalan, junga 10 
% shtapel kapron qo‗shilsa, gazlamaning ishqalanishga pishiqligi uch barobar 
oshadi. 
Tikuvchilar shuni esda tutishlari kerakki, gazlamalarni ho‗llash-dazmollash 
rejimining buzilishi, ya‘ni dazmolni o‗ta qizdirib yuborish va uzoq dazmollash 
gazlamalarning to‗zishini tezlashtiradi. Jun gazlamadagi xiyol eziladigan tuksiz 
joylarining pishiqligi va to‗zishga chidamliligi 50 % pasayadi.
Ko‗p marta cho‗zilish, ezilish, buralish ta‘sirida gazlamaning strukturasi 
o‗zgaradi va iplar joyidan siljiydi. Buyumda plastik deformatsiya to‗planadi, 
gazlama cho‗ziladi, buyum shaklini yo‗qotadi. Tolalar asta-sekin to‗ziydi, gazlama 
yupqalashadi, siyraklashadi va emiriladi. 
Gazlamaning ko‗p takrorlanadigan mexanik ta‘sirlarga turg‗unligi 
chidamlilik deyiladi. Har bir gazlamaning chidamlilik chegarasi bo‗lib, bundan 
keyin unda qaytmas o‗zgarishlar paydo bo‗ladi va to‗planadi. 
Agar foydalanish jarayonida gazlamaga ta‘sir qiladigan kuchlar chidamlilik 
chegarasidan oshmasa, buyum uzoqda chidaydi. 
Kiyimning to‗zishi tashqi ta‘sirlarning murakkab kompleks ta‘siri natijasida 
yuz bergani va undan foydalanish sharoitiga bog‗liq bu‘lgani uchun hali to‗zishga 
chidamlilikni aniqlashning yagona metodi topilgan emas. YAngi tikuvchilik 
materiallarining to‗zishga chidamliligini ulardan tikilgan kiyimlarni kiyib ko‗rish 
yo‗li bilan aniqlash mumkin. Buning uchun sinaladigan materiallardan kiyimlar 
Download 3.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling