Umumtexnika fanlari va texnologiya kafedrasi ro‟yxatga olindi №2020 y ― ‖ «tasdiqlayman»
Download 3.42 Mb. Pdf ko'rish
|
Majmua Tolalar ish chiq
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8 – MAVZU: TABIIY VA KIMYOVIY TOLALARDAN TO„QILGAN GAZLAMALARNI PARDOZLASH REJA: 1. Tabiiy tolalardan to„qilgan gazlamalarni pardozlash
Yirik gulli urilishlar
Yirik gulli o‗rilishlar maxsus mashinali to‗quv stanoklarida hosil qilinadi. Yirik gulli O‗rilishlardagi naqshning o‗lchamlari va shakli turli-tuman bo‗lishi mumkin (o‗simliklarning rasmi, geometrik naqsh va kompozitsiyalar, syujetli hamda tema- tik rasmlar va hokazo). Turli gazlamalar, shuningdeq portretlar, rasmlar, gilamlar, gobelenlar, choyshab, dasturxon va boshqa buyumlar yirik gulli o‗rilishda to‗qilishi mumkin. Yirik gulli o‗rilishlar oddiy va murakkab xillarga bo‗linadi. Oddiy yirik gulli o‗rilishlar ikkita iplar sistemasidan iborat bo‗ladi; ip gazlamalar (satin-jakkard «Vira» va hokazo); shoyi gazlamalar (alpaq dudun, «Moskva», «Vesna», «YUbileynaya» va hokazo); ko‗ylaklik jun gazlama («Effekt»), zig‗ir tolali dasturxon, sochiq, bezak gazlamalar va hokazo to‗qishda qo‗llaniladi. Murakkab yirik gulli o‗rilishlar uch va undan ko‗p iplar sistemasidan iborat bo‗ladi; gobelenlar, gilamlar, mebelga qoplanadigan gazlamalar, choyshablar va «Kosmos», «Marsianka», «Simfoniya», «Melodiya» va boshqa gazlamalar to‗qishda qo‗llaniladi. 52 8 – MAVZU: TABIIY VA KIMYOVIY TOLALARDAN TO„QILGAN GAZLAMALARNI PARDOZLASH REJA: 1. Tabiiy tolalardan to„qilgan gazlamalarni pardozlash 2. Kimyoviy tolalardan to„qilgan gazlamalarni pardozlash To‗quv stanogidan olingan va pardozlanmagan gazlama xom gazlama deb ataladi. Xom gazlamadan tayyor gazlama olish uchun bajariladigan fizik-kimyoviy va mexanik jarayonlar yig‗indisi gazlamalarni pardozlash deyiladi. Gazlamalarni pardozlashdan maqsad ularning xossalarini yaxshilash, ko‗rkamlashtirish va ularga tovar ko‗rinishi berishdir. Pardozlashda gazlamani hosil qilgan tolalarning kimyoviy tarkibi hisobga olinadi. Masalan, o‗simlik tolalaridan to‗qilgan gazlamalarni pardozlash uchun kislotalar ishlatishda eritmalarning konsentratsiyasi va ishlov berish vaqti qat‘iy bo‗lishi kerak chunki aks holda gazlamaning pishiqligi pasayishi yoki gazlamaning o‗zi tuzishi mumkin. Pardozlash operatsiyalarining tartibi har qaysi operatsiya uchun belgilangan texnologik rejimiga bog‗liq bo‗ladi. Pardozlash jarayonida ba‘zi operatsiyalar takrorlanishi mumkin. Masalan, ba‘zi artikuldagi draplarda quyuq baxmal tuki hosil qilish uchun tuk chiqarish va qirqish operatsiyalari bir necha marta takrorlanadi. Juda oq zig‗ir gazlamalar olish uchun ular to‗rt marta qaynatiladi va oqartiriladi. Nimaga mo‗ljallanganligiga qarab, gazlama maxsus ishlovdan o‗tkaziladi. Masalan, plashlik va shinellik gazlamalar suv yu`tirmaydigan modda bilan, palatkabop gazlamalar chiritmaydigan modda bilan ishlanadi, bejirim gazlamalar metallanadi va xokazo. Kimyoviy tolalar keng ishlatilishi munosabati bilan tolalar va iplarning turli darajada kirishishiga asoslangan pardozlash jarayonlari qo‗llaniladi. So‗ngi yillarda pardozlash uchun oziq-ovqat mahsulotlari (kraxmal, un) o‗rniga turli kimyoviy moddalardan keng foydalanilmoqda. Unumdor potok liniyalar o‗rnatilmoqda. Gazlamalarni o‗rog‗liq holatda uzluksiz oqartirish liniyalari, universal bo‗yash liniyalari, gazlamalarni yoyib uzluksiz oqartirish agregatlari, g‗ijimlanmaydigan va kirishmaydigan qilib pardozlash liniyalari va xokazolar shunday potok liniyalar jumlasiga kiradi. Jihozlarni takomillashtirish, potok liniyalar o‗rnatish, mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirishni keng joriy qilish, kimyo sanoatining yangi yutuqlaridan foydalanish pardozlashda mehnat unumdorligining oshishiga va maxsulot sifatining yaxshilanishiga olib keladi. Download 3.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling