Umumtexnika fanlari va texnologiya kafedrasi ro‟yxatga olindi №2020 y ― ‖ «tasdiqlayman»


 – MAVZU: GAZLAMALARNING O„RILISHLARI. MURAKKAB


Download 3.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/93
Sana13.10.2023
Hajmi3.42 Mb.
#1701323
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   93
Bog'liq
Majmua Tolalar ish chiq

7 – MAVZU: GAZLAMALARNING O„RILISHLARI. MURAKKAB 
O‟RILISHLAR. YIRIK GULLI O„RILISHLAR 
 
REJA: 
1. Oddiy (silliq) o‘rilishlar 
2. Mayda gulli o‘rilishlar 
3. Murakkab yoki ko‘p yo‘lli sarja o‘rilish 
 
To‗quvchilik o‗rilishlari har xil bo‗lib, gazlamaning tuzilishi va xossalarini 
belgilaydi. Gazlama o‗ngidagi naqshlar va gazlama sirtining xarakteri, ko‗ndalang 
va bo‗ylama yo‗llari bor-yo‗qligi, tovlanib turishi tanda va arkoq iplarning o‗rilish 
xiliga bog‗liq bo‗ladi. To‗quvchilik o‗rilishi gazlamaning pishiqligiga
cho‗ziluvchanligiga, qalinligiga, titiluvchanligi va qattiqligiga, kirishishiga, 
ho‗llash-dazmollash paytida qisqarishi yoki cho‗zilishiga va boshqa xossalariga 
ta‘sir qiladi. Modellash, loyihalash, gazlamalarni bichish va tikishda o‗rilish naqshi 
hisobga olinadi. 
To‗quvchklik o‗rilishlari murakkabligiga ko‗ra to‗rt klassga: oddiy (silliq) 
o‗rilish, mayda gulli o‗rilish, murakkab o‗rilish va yirik gulli o‗rilishlarga 
bo‗linadi.
To‗quvchilik o‗rilishlarini katak qog‗ozga chizish uchun har qaysi vertikal 
qatorni tanda iplari deb, har qaysi gorizontal qatorni arqoq iplari deb hisoblash 
qabul qilingan. Har bir katak ikki ip (tanda va arqoq ipi) ning kesishuvidan iborat 
bo‗lib, yopilish deyiladi. Agar gazlamaning o‗ngiga tanda ipi chiqsa, tanda bilan 
yopilish deyiladi va chizish paytida shtrixlab qo‗yiladi. Agar gazlamaning o‗ngiga 
arqoq ipi chiqsa, arqoq bilan yopilish deyiladi va chizish paytida oqligicha 
qoldiriladi. 
Katak qog‗ozga chizilgan to‗quvchilik 
o‗rilishlarini va gazlama 
namunalarini sinchiklab ko‗zdan kechirib, barcha yo‗nalishlarda takrorlanadigan 
naqshni topish mumkin. Takrorlanadigan o‗rilish naqshi rapport deb ataladi. 
Har qaysi to‗quvchilik urilishida tanda bo‗yicha rapport va arqoq bo‗yicha 
rapport bo‗ladi. Tanda bo‗yicha rapport—o‗rilish naqshini hosil qiladigan tanda 
iplari soni, arqoq bo‗yicha rapport — o‗rilish naqshini hosil qiladigan arqoq iplari 
soni. To‗quvchilik o‗rilishi sxemasida rapport, odatda, pastki chap burchakka 
chiziqlar bilan belgilanadi. Bu chiziqlar kesishib kvadrat yoki tug‗ri to‗rtburchakni 
hosil qiladi. 

Download 3.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling