Umumtexnika fanlari va texnologiya kafedrasi ro‟yxatga olindi №2020 y ― ‖ «tasdiqlayman»


Download 3.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/93
Sana13.10.2023
Hajmi3.42 Mb.
#1701323
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   93
Bog'liq
Majmua Tolalar ish chiq

KALAVA IP VA IPLARNING TUZILISHI 
1. Kalava ip va iplarning tuzilishi 
2. Gazlamaning zichligi 
Kalava ip va iplarning yg‗o‗onligi, pishitilishi va tuzilishi gazlamaning 
tuzilishiga ancha ta‘sir qiladi. 
CHiziqli zichligi yuqori bo‗lgan kalava ip va iplardan qalin, og‗ir va dag‗ral 
gazlamalar to‗qiladi. Turli yo‗g‗onlikdagi tanda va arqoqni birlashtirib to‗qish 
natijasida gazlamada bo‗ylama va ko‗ndalang yo‗llar, bo‗rtma kataklar hosil
qilinadi. 
Kalava ip yoki ipning burami ko‗payishi (yaxshi pishitilishi) bilan 
gazlamalar yupqalashadi, qayishqoqligi va qattiqligi oshadi. Ko‗p buramli kalava 
ip va iplardan to‗qilgan yupqa shaffof ip gazlama va shoyi gazlamalar buklanganda 
muar effekt – tovlanib turadigan to‗lqinsimon chizitslar hosil bo‗ladi.
Gazlamaning tuzilishiga faqat buramlar soni emas, balki yo‗nalishi ham 
ta‘sir qiladi. Agar tanda va arqoq iplari bir yo‗nalishda buralgan bo‗lsa, o‗ramlar 
turli yo‗nalishda joylashadi. Gazlamada shunday iplarning konturlari bilinib turadi 
va o‗rilish naqshi yaqqolroq chiqadi. Agar tanda va arqoq iplari turli yo‗nalishda 
buralgan bo‗lsa, uramlar bir yo‗nalishda joylashadi. Bunda gazlama sirtida relef 
uncha bilinmaydi. Bunday gazlamalarda tuk chiqarish ancha oson bo‗ladi. 
Ip sistemalaridan birida turli yo‗nalishda buralgan (pishitilgan) ip va kalava 
iplarni qo‗llash mumkin. Masalan, krep-deshinlarda arqoq bo‗yicha o‗ng va chap 
kreplar, ya‘ni ikkita ip almashinib keladi. Pardozlangandan so‗ng gazlama sirti 
dona-dor bo‗lib chiqadi. 


39 
Tuguncha-tugunchali, halqasimon, spiralsimon kalava iplarni, shuningdek 
hajmdor va elastik sintetik iplarni qo‗llash natijasida gazlamaning qalinligi
hajmdorligi oshadi, gazlama ko‗rkamlashadi. 
Gazlamaning zichligi 
Gazlamaning zichligi uning uzunlik birligiga, odatda, 10 sm ga to‗g‗ri 
keladigan iplar soni bilan belgilanadi. Gazlamaning tanda bo‗yicha zichligi va 
arqoq bo‗yicha zichligi bir-biridan farq qiladi hamda har doim ular alohida-alohida 
aniqlanadi. Agar gazlamaning tanda va
arqoq bo‗yicha zichligi bir xil bo‗lsa, bunday gazlama zichligi bir tekis gazlama 
deyiladi. Agar gazlamaning tanda va arqoq bo‗yicha zichligi bir xil bo‗lsa, bunday 
gazlama zichligi notekis gazlama deb ataladi. 
Gazlamaning haqiqiy, maksimal va nisbiy zichligi bo‗lishi mumkin (rasm). 
Gazlamaning haqiqiy zichligi 10 sm gazlamaga to‗g‗ri keladigan haqiqiy 
iplar soni bilan belgilanadi. Bunday zichlik iplarni to‗quvchilik lupasi yordamida 
sanash yoki 5x5 sm li namunadan iplarni sug‗urib olish yo‗li bilan aniqlanadi. Iplar 
sug‗urib olingandan so‗ng tanda iplari soni alohida, arqoq iplari soni alohida 
sanaladi. Har qaysi natijani alohida-alohida ikkiga ko‗paytirib tanda bo‗yicha 
haqiqiy zichliq arqoq bo‗yicha haqiqiy zichlik ko‗rsatkichlari topiladi. Haqiqiy 
zichlik kalava ip (ip) ning yo‗g‗onligiga bog‗liq bo‗ladi, u gazlamaning kalava ip 
bilan to‗lganlik darajasi, iplar orasidagi masofa haqida tasavvur bermaydi. 
Masalan, drapning haqiqiy zichligi 160, markizetning haqiqiy zichligi 730. 
Gazlamalarni zichlik bo‗yicha taqqoslash uchun maksimal va nisbiy zichlik 
tushunchalari kiritilgan. 
Gazlamaning maksimal zichligi shunday shartli zichlikki, unda barcha 
iplarning diametri bir xil va ular bir-biriga bir tekis tegib turadi, deb qabul 
qilingan. 
Agar kalava ip diametrini d, uzunligini l bilan bilan belgilasak uzunlik 
birligiga to‗g‗ri keladigan iplar sonini, ya‘ni maksimal zichligi P
max
ni hisoblash 
mumkin: 
Kalava ipning diametri bilan metrik nomeri orasida 
bog‗liqlik 
mavjud bo‗lgani uchun d qiymatini N orqali ifodalab quyidagini hosil qilamiz: 
bu erda: l — zichlik uchun o‗zgarmas qiymat, u 100 mm ga teng; k — kalava ip 
diametri bilan nomer orasidagi bog‗liqlik koeffitsienti; paxta kalava ip uchun 
k=1,25, jun kalava ip uchun k=1,33. 
.
max
d
l
П
N
k
d
,
/
max
k
N
l
П


40 
Formuladagi l|k ni koeffitsient c bilan almashtirib, quyidagini hosil qilamiz: 
Paxta kalava ip uchun c=80, jun kalava ip uchun c=75. 
Nisbiy zichlik (chizikli to‗lish)—haqiqiy zichlikning maksimal zichlikka 
nisbati. Nisbiy zichlik E protsentda ifodalanadi va quyidagi formulalardan 
aniklanadi:
Agar haqiqiy va maksimal zichliklar teng bo‗lsa, ya‘ni iplar bir-biriga tegib 
tursa, gazlamaning nisbiy zichligi 100% bo‗ladi. 
Agar haqiqiy zichlik maksimal zichlikdan ikki barobar kichik bo‗lsa, iplar 
orasidagi masofa ularning diametriga teng bo‗ladi, gazlamaning nisbiy zichligi 
50% ni tashkil qiladi. Agar nisbiy zichlik 100% dan yuqori bo‗lsa, iplar qisiladi 
yoki vertikal bo‗yicha suriladi. Nisbiy zichlikni ifodalovchi raqam gazlamaning 
iplar bilan to‗lganlik darajasi haqida tasavvur olishga va gazlamalarning zichligini 
taqoslab ko‗rishga imkon beradi. 
Har doim nisbiy zichlik tanda uchun alohida, arqoq uchun alohida 
hisoblanadi. Ba‘zi gazlamalarning tanda bo‗yicha ham, arqoq bo‗yicha ham nisbiy 
zichligi 100% dan yuqori bo‗ladi. Nisbiy zichligi yuqori bo‗lgan gazlamalarni 
tikish qiyin, chunki tikish paytida igna iplarni uzib yuborishi mumkin. Bunday 
gazlamalarni dazmollash ham qiyin. Masalan, sof jun gabardinning tanda 
bo‗yicha nisbiy zichligi 140% gacha bo‗lishi mumkin. SHuning uchun gabardinni 
tikish va dazmollash ancha qiyin. Nisbiy zichligi oshib ketsa, gazlama 
qattiqlashadi, ogirlashadi, uzilish va ishqalanishga chidamliligi oshadi, 
qayishqoqligi, chang o‗tkazmasligi kuchayadi, havo o‗tkazuvchanligi va 
cho‗ziluvchanligi yomonlashadi. Masalan, chang o‗tkazmaydigan moleskinlarning 
arqoq bo‗yicha nisbiy zichligi 140%. Nisbiy zichligi kichik bo‗lgan gazlamalar 
engil bo‗ladi, havoni, bug‗ni yaxshi o‗tkazadi, lekin siyrak bo‗ladi. Ulardan 
tikilgan buyumlarning choklari puxta bo‗lmaydi. Bunday gazlamalar har tomonga 
osongina cho‗ziladi hamda bichish va tikish paytida qiyshayib ketadi. 

Download 3.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling