Umumtexnika fanlari va texnologiya kafedrasi ro‟yxatga olindi №2020 y ― ‖ «tasdiqlayman»
Download 3.42 Mb. Pdf ko'rish
|
Majmua Tolalar ish chiq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Draplanuvchanlik
- AMALIY MASHG`ULOT № 10 Mavzu: GAZLAMALARNING FIZIK XOSSALARINI O`RGANISH Ishning maqsadi
g`ijimlanuvchanlik
deyiladi. Hosil bo`lgan gijimlar va burmalar faqat ho`llab dazmollash yo`li bilan hosil bo`ladigan plastik deformatsiyalar g`ijimlanishga sabab bo`ladi. Qayishqoq va elastik uzayish ulushi ancha katta bo`lgan tolalar bukish va qisish deformatsiya sidan keyin bir ozdan sekinroq yoki tezroq tekislanadi va dastlabki holatini egallaydi, shuning uchun g`iji mlar yo`qoladi. Draplanuvchanlik – gazlamalarning yumshoq, dumaloq burmalar hosil qilishi. Draplanuvchanlik gazlamaning massasiga, qattiqligiga va mayinligiga bogliq. Qattiqlik – gazlamaning o`z shaklini o`zgartirishga qarshilik ko`rsatish xususiyati. Egiluvchanlik – qattiqlikka teskari xossa bo`lib, gazlamaning o`z shaklini osongina o`zgarish xususiyatini belgilaydi. AMALIY MASHG`ULOT № 10 Mavzu: GAZLAMALARNING FIZIK XOSSALARINI O`RGANISH Ishning maqsadi: gazlamalarning fizik xossalarini o`rganish ASOSIY MA`LUMOTLAR: Gazlamalarning fizik (gigienik) xossalariga gigroskopikligi, havo o‗tkazuvchanligi, bug‗ o‗tkazuvchanligi, suv o‗tkazmasligi, ho‗llanuvchanligi, chang oluvchanligi, elektrlanuvchanligi va boshqa xossalari kiradi. Fizik xossalariga qo‗yiladigan talablar gazlamalarning vazifasi bilan belgilanadi va ularning tola tarkibi, tuzilishi va pardoziga bog‗liq bo‗ladi. Gigroskopiklik gazlamaning atrof muhitdan (xavodan) nam shimish xususiyatini belgilaydi. Gigroskopiklik ( W g %) xavoning nisbiy namligi 100% va temperaturasi 20 ± 2°C bo‗lganda materialning namligi. , 100 100 q q g m m m W 134 bunda: m 100 — havoning namligi 100% bo‘lganda 4 soat tutib turilgan material namunasining massasi, g; m q — absolyut quruq namuna massasi, g. To‗qimachilik materiallarining gigroskopiklik xossalarini baholashda ko‗pincha ularning haqiqiy namlik xarakteristikasidan foydalaniladi. Haqiqiy namlik W h (%) havoning haqiqiy namligida materialdagi namlik miqdorini ko‗rsatadi va quyidagi formuladan aniqlanadi: bunda: m h — xavoning qaqiqiy namligida material namunasining massasi, g; m q — absolyut quruq namuna massasi, g. Ayniqsa, ich kiyimlik va yozgi kiyimlik gazlamalar uchun gigroskopiklik juda muhim hisoblanadi. Bunday gazlamalar ichida zig‗ir tolali gazlamalarning gigroskopikligi eng yuqori bo‗ladi. Ip gazlamalar, tabiiy shoyi gazlamalar, shuningdeq viskoza gazlamalarning gigroskopikligi ham yaxshi. Sintetik triatsetat gazlamalarning gigroskopikligi past, faqat vinol gazlamaning gigroskopikligi ip gazlamanikiga o‗xshaydi. Suv yuqtirmaydigan eritma shimdirish, plyonka va rezina qatlami qoplash, yuvilib ketmaydigan appretlar bilan ishlov berish natijasida gazlamaning gigroskopikligi pasayadi. Havo o‗tkazuvchanlik —gazlamaning havo o‗tkazish xususiyati; uning tola tarkibi, zichligi va pardoziga bog‗liq bo‗ladi. Siyrak gazlamalar havoni yaxshi o‗tkazadi, zich gazlamalar, suv yuqtirmaydigan eritmalar shimdirilgan, rezinalangan gazlamalar havoni butunlay o‗tkazmaydi yoki kam o‗tkazadi. Download 3.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling