Umumtexnika fanlari va texnologiya kafedrasi ro‟yxatga olindi №2020 y ― ‖ «tasdiqlayman»
Download 3.42 Mb. Pdf ko'rish
|
Majmua Tolalar ish chiq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tolalar klassifikasiyasi.
Tolalar haqida umumiy ma‟lumot.
4 Uzunligi ko‗ndalang o‗lchamlaridan ancha katta bo‗lgan egiluvchan, ingichka va pishiq jismlar t o l a l a r deb ataladi. Kalava ip, ip gazlama, noto‗qima materiallar va hokazolar tayyorlash uchun ishlatiladigan tolalar to‗qimachilik tolalari deyiladi. Uzunasiga tolalarga ajralmaydigan yakka tolalar (paxta, jun tolalari) elementlar tolalar deb ataladi. Uzunasiga o‗zaro birikkan elementar tolalardan iborat tolalar (zig‗ir, kanop losi, jun va hokazo tolalar) texnik tolalar deyiladi. Uzunasiga o‗nlarcha va yuzlarcha metrga etedigan tolalar iplar deb ataladi (masalan, tabiiy ipaq sun‘iy va sintetik iplar). Iplar elementar va kompleks xillarga bo‗linadi. Elementar ip yoki monoip – uzunasiga ajralmaydigan yakka ip. Kompleks iplar o‗zaro birikkan bir necha bo‗ylama elementar iplardan tashkil topadi. Tolalar klassifikasiyasi. Paydo bo‗lishi, olinishi va kimyoviy tarkibiga qarab, tolalar har xil gruppalarga bo‗linadi, ya‘ni klassifikasiyalanadi (1-sxema) Barcha tolalar ikki katta gruppaga: tabiiy (natural) va kimyoviy tolalar gruppasiga bo‗linadi. Tabiatda mavjud bo‗lgan tolalar tabiiy deb, zavod sharoitida olinadigan tolalar kimyoviy tolalar deb ataladi. Tabiiy tolalarga o‗simliklardan olinadigan tolalar (sellyuzali tolalar – paxta, zig‗ir, kanop losi va hokazo), hayvonot tolalari (oqsilli tolalar – jun, tabiiy ipak) hamda minerallardan olinadigan tolalar (asbest) kiradi. Kimyoviy tolalar sun‘iy va sintetik xillarga bo‗linadi. Sun‘iy tolalar o‗simliklardan, hay – vonlar junidan va mineral jismlardan olingan xom ashyodan tayorlanishi mumkin.SHuning uchun ular tabiiy tolalarga o‗xshab, sellyulozali (viskoza,asetat triasetat, mis – ammiak vahokazo), oqsilli (kazein), mineral (shisha va metal) tolalarga bo‗linadi. Nisbatan oddiy moddalarning molekulalarini biriktirish yo‗li bilan olinadigan tolalar sintetik tolalar deyiladi. Kapron, lavsan, nitron, xlorin, vinol, polietilen, polipropilen va boshqalar sintetik tolalardir. Download 3.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling