Umumtexnika fanlari va texnologiya kafedrasi ro‟yxatga olindi №2020 y ― ‖ «tasdiqlayman»
Download 3.42 Mb. Pdf ko'rish
|
Majmua Tolalar ish chiq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tiklangan jun.
Bosiluvchanlik — bosish jarayonida junning kigizsimon to‗shama hosil
qilish xususiyati. Ingichka, qayishqoq, serburam junning bosiluvchanligi yukori bo‗ladi. Normal sharoitda mayin junning namligi 18%, dag‗al junniki — 15 %. Boshqa tolalarga nisbatan junning gigroskopikligi yuqori: u namni sekin shimib, sekin ketkazadi. Issiqlik va namlik ta‘sirida tola 60% gacha va undan ham ko‗p uzayadigan bo‗lib qoladi. Ho‗llab dazmollaganda cho‗ziluvchanligini o‗zgartirish va kirishish xususiyatiga ega bo‗lgani uchun junni dazmollab qisqartirish, chuzish, dekatirovka qilish mumkin. Kiyimni ximiyaviy tozalashda qo‗llaniladigan barcha organik erituvchilar ta‘siriga jup yaxshi chidaydi. Jun amfoter xossalariga ega, ya‘ni kislotalar bilan ham, ishqorlar bilan ham ta‘sirlashishi mumkin. qaynatilganda jun o‗yuvchi natriyning 2% li eritmasida erishi mumkin. Suyultirilgan (10 % gacha) kislotalar ta‘sirida junning pishiqligi birmuncha oshadi. Konsentratsiyalangan azot kislota ta‘sirida jun sargayadi, konsentratsiyalangan sulfat kislota ta‘sirida ko‗mirga aylanadi. Quruq jun tolalari 110°C va undan yuqori temperaturada pishiqligini yo`qotadi. Junning yorurlikka chidamliligi o‗simlik tolalarnikiga qaraganda yuqori. Quyosh nurlari 1120 soat mobaynida to‗g‗ri tushib turganda jun tolalarining pishiqligi 50 % pasayadi. 15 Jun yondirilganda tolalar bir – biriga yopishib qoladi, alangadan chiqarilganda yonishdan to‗xtaydi, tolalarning uchlari dumaloqlanib, qorayib qoladi, kuygan pat hidi keladi. Tiklangan jun.To‗qimachilik sanoatida, hayvonlardan qirqib olinadigan jundan tashqari, arzon movut gazlamalar tayyorlash uchun aralashma tarkibiga zavodda tayyorlangan va tiklangan jun qo‗shish mumkin. Zavodda tayyorlangan jun — qoramol terisidan qirqib olingan jun. T i k l a n g a n jun — jun laxtaklar va eski jun buyumlarni titib, ya‘ni savab olingan jun. Tiklangan jun tolalari kalta va ko‗p hollarda shikastlangan bo‗ladi. Gazlama tarkibida tiklangan jun borligini bilish uchun uni oq qog‗oz varag‗i ustida burash keraq bunda tiklangan kalta jun tolalari qog‗oz ustiga to‗kiladi. Download 3.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling