Umumtexnika fanlari va texnologiya kafedrasi ro‟yxatga olindi №2020 y ― ‖ «tasdiqlayman»
Download 3.42 Mb. Pdf ko'rish
|
Majmua Tolalar ish chiq
Sun‟iy tolalar.
Viskoza tolalar. Vizkoza tolalar ho‗l usulda olinadi. Bunday xom ashyo sifatida archa, qayrag‗och, oq qarag‗ay, qora qayin yog‗ochidan olingan yog‗och sellyulozasi ishlatiladi. Sellyuloza-qog‗oz kombinatlarida yog‗och 7mm gacha kattalikdagi payrahalarga maydalanadi va ishqor eritmasida qaynatiladi. Natijada kulrang sellyuloza massasi hosil bo‗ladi. Bu massa oqartiriladi va karton listlari tarzida preslanadi. Karton listlari sellyuloza-qog‗oz kombinatidan kimyoviy tolalar kombinatiga keltiriladi, buerda bir soat mobaynida merserizatsiyalanadi, shunda ishqorli sellyuloza hosil bo‗ladi va sellyulozasiz birikmalar ajraladi. Sellyuloza massasi olish uchun siqilgandan so‗ng listlar maydalanadi va dastlabki etiltiriladi, ya`ni 12—30 soat mobaynida 20—25 o C temperaturada tutib turiladi. Bunda ishqorli sellyuloza havo kislorodi bilan oksidlanadi, sellyuloza molekulalari kattalashadi. Keyin ishqorli sellyuloza ksatogenlanadi, ya`niunga uglerod sulfid bilan ishlov beriladi, natijada kuchsiz ishqorda ham eriydigan sellyuloza ksatogenati hosil bo‗ladi. Sellyuloza ksatogenati 4—5% li o‗yuvchi natriy eritmasida eritilganda qovushoq yigiruv eritmasi – viskoza hosil bo‗ladi. Yigiruv eritmasi 25—30 soat mobaynida 16 o C temperaturada eritiriladi, bunda u aralashtirib turiladi, filtrlanadi va havo pufakchalaridan tozalanadi. Etilish jarayonida yigiruv eritmasi buralish va ip shaklini olish xususiyatiga erishadi. Viskoza nasoslar yordamida trubalar orqali yigiruv mashinalariga yuboriladi, u erda shisha naychalar orqali o‗tadi va filtrlardan kuch bilan chiqib, sulfat kislota va uning tuzlari solingan cho‗ktirish vannasiga tushadi. CHo‗ktirish vannasiga viskoza ishqori neytrallanadi, ksatogenat elementlariga ajraladi va sellyuloza ingichka viskoza ipak tolalari tarzida tushadi. Viskoza ipakni yigirishda uch usul: bobinali, sentrifugali uzluksiz usullar qo‗llaniladi. Bobinali usulda viskoza ipak iplar bobinalarga pishitilmasdan (buralmasdan) o‗raladi. Sentrifugali usulda ip dumaloq kalava tarzida o‗raladi va ayni vaqtda pishitiladi. Uzluksiz usulda bir 20 agregatning o‗zida ip yigiruv mashinasida yigiriladi, pardozlanadi, quritiladi va pishitiladi. Pardozlash jatrayonida viskoza iplar yuviladi, oqartiriladi, va bo‗yaladi. Ancha pishiq viskoza shtapel tolalarni uzluksiz usulda ishlab chiqarish uchun potok liniyalar qo‗llaniladi. Viskoza tolaning pishiqligini oshirish uchun, shakllantirilgan iplar darhol qaynoq suvdan o‗tkaziladi va cho‗ziladi, natijada sellyuloza molekulalari tola o‗qi bo‗ylab joylashadi. Melanj tipidagi ikki rangli viskoza ip har xil rangdagi ikki yigiruv eritmasi oqimini cho‗ktirish vannasida biriktirish yo`li bilan olinadi. Bunda tola boshqa usullarda olib bo‗lmaydigan o‗ziga xos optik xossa va tusga erishadi. Melanj tipidagi iplar trikotaj buyumlar va astarlik gazlamalar tayyorlashda keng qo‗llanildi. Profillangan tolalar gazlama asosli sun`iy mo‗yna olish uchun ishlatiladi. Profillangan kesimli to‗qimachilik viskoza ipidan olingan sun`iy mo‗yna tabiiy mo‗ynaga o‗xshash ko‗rinish beradigan optik efektga ega bo‗ladi. Mtilon – modifikatsiyalangan junga o‗xshash viskoza tola bo‗lib, gilamlarni tukli qilish uchun ishlatiladi. Viskoza tolalarni uzunasiga mikroskop ostiga qo‗yib qarasaq bo‗ylama chiziqlari bo‗lgan silindr shaklida ko‗rinadi. Bo‗ylama chiziqlar yigiruv eitmasi notekis qotganda paydo bo‗ladi. Sutrang tolalada qora nuqtalar bo‗ladi, bu nuqtalar titan (IV)-oksid qo‗shilgani natijasidir. Tolalarning ko‗ndalang kesimi – tilingan ko‗rinishda (rasm). Tolalarning uzunligi har xil bo‗lishi mumkin. Elementar tolalarning chiziqli zichligi 0,27—0,66 teks, ko‗ndalang kesimi 25—60 mkm. Viskoza iplarning yo`g‗onligi ularni hosil qiladigan elementar tolalarning yo`g‗onligi va soniga bog‗liq bo‗ladi. Tolalarning pishiqligi sellyuloza molekulalarining joylashuviga bog‗liq bo‗ladi. Normal vizkoza tolalaning pishiqligi tabiiy ipaknikidan past, juda pisiq viskoza tolalarniki esa ancha yuqori. Oddiy tolalarning nisbiy uzilish nagruzkasi 19,8 kH/teks; juda pishiq tolalarniki 45 kH/teksgacha. Ho‗l holatda pishiqligi 50— 60 % gacha pasayadi. Normal tolalarning uzilishdagi uzayishi 22 % ga, juda pishiq tolalarniki 6—10 % ga etadi. To‗liq uzayishning anchagina (70 % gacha) ulushini qoldiq deformatsiya tashkil qiladi. SHuning uchun viskoza tolalardan tayyorlangan buyumlar ancha g‗ijimlanuvchan bo‗ladi. Viskoza tolalar keskin tovlanib turafdi, sutrang tolalar esa tovlanmaydi. Normal sharoitda tolalar tarkibida 11 % nam bo‗ladi. 21 Viskoza tolalarning kimyoviy tarkibi va yonishi paxtaga o‗xshaydi, lekin kislotalar, ishqorlar ta`siriga sezgirroq bo‗ladi va teroq yonadi. Normal namlikdagi tolalar120 o C gacha isitilganda ham xossalari o‗zgarmaydi. Download 3.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling