Umumtexnika fanlari va texnologiya kafedrasi ro‟yxatga olindi №2020 y ― ‖ «tasdiqlayman»
Download 3.42 Mb. Pdf ko'rish
|
Majmua Tolalar ish chiq
KALAVA IP VA IPLARNING XOSSALARI
Kalava ip va iplarning staidartlarda belgilanadigan xossalariga chizikush zichligi, pishitilishi, pishiqligi, cho‗ziluvchanligi, tekisligi ko‗radi. Kalava ip va iplarning chizikush zichligi tolalar kabi teks qiymati bilan belgilanadi. 31 Kalava shtning yo‗g‗onligi teks sistemasida 1000 m ipning grammda ulchanadigan massasi bilan aniqlanadi. Teksning son qiymati qancha katta bulsa, ip shuncha yuron bo‗ladi. Karda usulida paxtadan olipgan shtapel va aralash kalava ipning chiziqli zichligi. 12 - 85 teks, qayta tarash usulida ingich-ka jundan olingan yakka hamda aralash kalava ipning chiziqli zichligi 16 - 41 teks, qayta tarash usulida yarim daral va dagal jundan olingan kalava ipning chiziqli zichligi 28-85 teks, zirirdan olingan kalava ipning chizikli zichligi 18 - 300 teks. Apparat usulida paxtadan olingan kalava ipning chizikli zichligi 85- -250 teks, mayin jundan oliiganniki 50-170 teks, daral jupdan olinganniki 125 - 670 teks. Kalava iplarning teksi va metrik nomeri kalava ipni (ipni) tarozida tortib yoki maxsus pribor - kvadrantda aniqlash mum-kin. Kvadrantlar tarozili va nomerli bulishi mumkin. Richag ilgagiga 100 m li kalava ip osilganda uning strelkali ikkinchi uchi oradi va shkalada ipning massasi yoki nomeri kurinadi. Bir xil yuronlikdagi tashkil etuvchi iplar pishitilganda, pishitilgan iplarning chiziqli zichligi (teks) va nomeri quyidagi formulalardan aniqlanadi: T p =Tn; N p =N/n, bu erda: T p - ipni pishitish chiziqli zichligi, teks; T - tashkil etuvchi ipning chiziqli zichligi teks; n – qo‗shishlar soni; N p - pishitilgan ipning nomeri; N - tashkil etuvchi ipning nomeri. Ba‘zan tashkil etuvchi iplar har xil yug‗onlikda bo‗ladi. Bu holda ularning chiziqli zichligi va nomeri ushbu formulalardan aniqlanadi: T p = T 1 +T 2 ; N p = N 1 N 2 /( N 1 +N 2 ). Iplarning diametrini yug‗onlik ulchagich yordamida yoki ipning chiziqligi zichligi bo‗yicha hisoblab topish mumkin. Kalava ip (ip)ning pishitilganligi 1 m kalava ip (ip)ga tog‗ri keladigan o‗ramlar soni bilan ifodalanadi. Pishitilganligi oshishi bilan kalava ip silliqroq, pishiqroq, qayishqoqroq bo‗ladi. Ma‘lum darajagacha pishitilgandan so‗ng kalava ipning pishiqligi pasaya boshlaydi, ana shunday pishitish kritik pishitilganlik deb ataladi. Pishitilganlikni aniqlash uchun kalava ip namunasini maxsus pribor - buram ulchagichda bo‗shatib ko‗riladi (rasm). Kalava ip namunasini mahkamlab qo‗yish uchun buram ulchagichda ikkita qisqich 2 va 4 bo‗ladi. Bundan tashqari, ip bo‗shalganda uzayishini hisobga oladigan taranglik o‗lchagich 1, bo‗shalish paytida ipni kuzdan kechirnshga imkon beradigan lupa 3 va aylanishlar sonini 32 hisoblaydigan schyotchik 5 bor. Qisqichlardan biri qo‗zg‗almas, ikkinchisi (aylanadigani) schyot-chikka bog‗langan. Barcha xil tolalardan pishitilib tayyorlangan kalava ip va kompleks iplarning, shuningdek paxta va shtapel tolalardan qilingan yakka kalava ipning pishitilganligini aniqslash uchun ayrim iplar yoki tolalar parallel bulib qolgunga qadar bo‗shatish usuli qo‗llaniladi. Iplar o‗ng tomonga va chap tomonga burab pishitilishi mumkin. O‗ng qo‗l bilan o‗zimizdan nariga burab pishitilgan iplar o‗ng pishitilgan hisoblanadi. O‗ng pishitish lotincha 2 xarfi bilan, chap pishitish esa 5 harfi bilan belgilanadi (rasm), Kalava ip va iplarning cho‗zilishdagi pishiqligi xuddi tolalarning pishiqligi kabi, ularni uzish uchun etarli minimal nagruzka bilan ifodalanadi. Pishiqligini aniqlash uchun namunani uzish mashinasida cho‗zib ko‗rish keraq Bunda bir ipning yoki uzunligi 100 m li kalavaning uzilishga pishiqligini aniqlash mumkin. Kalava ipning cho‗ziluvchanligi dinamometrda uzilishga pishiqligini aniqlash paytida aniqlanadi. CHo‗ziluvchanlik uzilish paytida ipning uzayishi bilan ifodalanadi va ipning tola tarkibi, nomeri, pishitilganligiga bog‗liq bo‗ladi. Notekislilik deganda kalava ip va iplarning yug‗onligi, pishitilishi, pishiqligi hamda uzayishi bo‗yicha bir tekis emasligi tushuniladi. Notekislilikni aniqlash uchun kalava ipni laboratoriyada saqlanadigan etalon (namuna) bilan solishtirib ko‗riladi, shuningdek ko‗rsatkichlarni tegishli priborlarda bir necha marta o‗lchab va tegishli formulalarga qo‗yib, notekislilik protsenta hisoblab topiladi. Kimiyoviy tolalardan qilingan iplar va shtapel kalava iplar xossalari jihatidan tabiiy tolalar va tabiiy ipakdan qilingan kompleks iplarga qaraganda bir tekisroq bo‗ladi. Download 3.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling