Umumtexnika fanlari va texnologiya kafedrasi ro‟yxatga olindi №2020 y ― ‖ «tasdiqlayman»
Download 3.42 Mb. Pdf ko'rish
|
Majmua Tolalar ish chiq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sintetik tolalar klasifikatsiyasi
- Poliamid tolalar.
SINTETIK TOLALAR.
1. Sintetik tolalar klasifikatsiyasi 2. Poliamid tolalar 3. Poliefir tola. 4. Poliakrilonitril tolalar 5. Polivinilxlorid tolalar 6. Polivinilspirt tolalar 7. Poliolefin tolalar 8. Poliuretan tolalar Sintetik tolalar qanday polimerdan tayyorlanishiga qarab gruppalarga bo‗linadi (sxema). Sintetik tolalar klasifikatsiyasi Sintetik tolalar Geterosep tolalar Karbosep tolalar Polia- mid tolalar Poli-efir tolalar Poli- uretan tolalar Poliak- rilo- nitril tolalar Polivi- nilxlo- rid tolalar Polivi- nil spirt tolalar Polio- lefin tolalar Kapron, anid, etant Lavsan Span- deks Nitron Xlorin Vinol Polieti- len, polipro- pilen 23 Poliamid tolalar. Hozirda eng keng tarqalgan poliamid tola – kapron. Kapron olishdagi dastlabki xom ashyo – benzol va fenol (toshko‗mirni qayta ishlab olinadigan mahsulotlar) ni kimyo zavodlarida qayta ishlab kaprolaktam olinadi. Sintetik tolalar zavodida kaprolaktamdan kapron smolasi olinadi, u suyuqlangan halatda filerga kirib, undan ingichka oqimlar tarzida chiqadi va havoda qotadi. Endigina qotgan tolalar cho‗ziladi, buraladi, issiq suv va bug‗da termik ishlanib strukturasi o‗zgarmaydigan qilinadi. Izolyasiyalash xossalari yuqori bo‗lgan ichi bo‗sh kapron tola, profillangan va ko‗p kirishadigan (30— 35%) tola olish usullari ishlab chiqilgan. Anid (neylon) va etant ishlab chiqarish jarayonlari kapron ishlab chiqarish jarayonlaridan uncha farq qilmaydi. Poliamid tolalar silindr shaklida bo‗lib, ularda mikroskop ostida ko‗rinadigan g‗ovak va darzlar bor; ko‗ndalang kesimi dumaloq yoki uch yoqli (profillangan) bo‗lishi mumkin. Poliamid tolalarga xos xossalar: engil, qayishqoq, uzilishga pishiqligi yuqori, ishqalanish va egilishga chidamli, kimyoviy turg‗un, sovuqqa, mikroorganizmlar ta`siriga chidamli, mog‗orlamaydi. Uzilishga pishiqligi jihatidan kapron po‗latdan 2,5 barobar ustun turadi. Kapron tolalar faqat konsentrasiyalangan kislotalar va fenolda eriydi. Ular yashil alanga berib yonadi, shunda tolalarning uchi qo‗ng‗ir rangda dumaloqlanadi. Gigroskopikligining pastligi va issiqqa uncha chidamasligi kapron tolalarning kamchiligidir. Anid va etantning xossalari kapron xossalariga o‗xshaydi. Poliamid tolalarning asosiy ko‗rsatkichlari jadvalda ko‗rsatilgan. Jadval. Tola Nisbiy uzilish nag-ruzkasi, kh/teks Uzilishdagi uzayishi, % Gigroskopikligi, % YUmshash temperatursi, o C Kapron Anid Etant 45 – 70 45 – 70 40 – 65 20 – 25 20 – 25 18 – 23 3,5 – 4 3,5 – 4 2,4 170 235 200 Kapron kompleks iplar, shtapel tolalar, monotola (yakka tola) tarzida ishlab chiqariladi. U gazlamalar, paypoqlar, trikotaj, g‗altak iplar, uqalar, arqonlar, baliq ovlash turlari va hokazolar tayyorlashga keng ishlatiladi. Anid va etant asosan texnik maqsadlarda qo‗llaniladi, lekin keng iste`mol mollari tayyorlashda ham ishlatilishi mumkin. Engil ko‗ylaklik va bluzkabop gazlamalar to‗qish uchun modifikatsiyalangan poliamid tola – shelondan foydalaniladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling