Umumtexnika fanlari va texnologiya kafedrasi ro‟yxatga olindi №2020 y ― ‖ «tasdiqlayman»


-MAVZU: TABIIY TOLALAR. PAXTA. ZIG„IR. JUN. TABIIY IPAK


Download 3.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/93
Sana13.10.2023
Hajmi3.42 Mb.
#1701323
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93
Bog'liq
Majmua Tolalar ish chiq

2-MAVZU: TABIIY TOLALAR. PAXTA. ZIG„IR. JUN. TABIIY IPAK 
REJA: 
1. Tabiiy tolalar haqida umumiy ma‟lumot. 
2. Paxta tolasi 
3. Zig„ir tolasi 
4. Jun tolasi
5. Tabiiy ipak tolasi 
 
Paxta – g‗o‗za deb ataladigan o‗simlik urug‗i (chigitni) qoplab turadigan 
juda ingichka tolalar. Paxta to‗qimachilik sanoatining muhim xom ashyosi 
hisoblanadi.
Paxtaning chigitdan ajratilmagan tolalari chigitli paxta deb ataladi. CHigitli 
paxtaning 
1
/
3
qismini tola, 
2
/
3
qismini chigit tashkil etadi. 
Paxta tolasi chigit po‗stlog‗idan rivojlanadigan bitta o‗simlik hujayrasidan 
iborat. (1-rasm
Tolalarning tuzilishi ularning pishganlik darajasiga bog‗liq bo‗ladi. 
Mikroskop ostiga qo‗yib ko‗rsaq pishmagan (o‗lik) paxta tolalari yassi
lentasimon, yupqa devorli ekanligini va o‗tasida keng kanal borligini ko‗ramiz. 
Tolalar pishgan sari devorlariga sellyuza yig‗iladi va devorlari qalinlashadi, kanali 
troyadi, tolalar buramdor bo‗lib qoladi. Pishgan paxta tolalarining bo‗ylama 
ko‗rinishi spiralsimon buralgan yassi naychalardan iborat. Pishib o‗tib ketgan 
tolalar o‗rtasida ingichka kanali bor silindir shaklini oladi. Paxta tolalari kanalining 
bir tomoni ochiq bo‗ladi. 
 
1-rasm. Paxta tolasining mikroskop ostida ko‗rinishi: 
a—mutlaqo pishmagan (o‘lik) tola, b—pishmagan tola, v—yaxshi pishmagan tola, g—pishgan 
tola, d—pishib o‘tib ketgan tola. 



Paxta tolasining ko`ndalang qismi oval shaklda bo`ladi. 
Kimyoviy tarkibi jihatidan paxta deyarli sof sellyuzadan iborat. Pishgan 
paxta tolasi 95—96% sellyuza va 4—5% turli aralashmalar – moy, mum, bo`yoq 
va mineral moddalardan iborat. Tolaning sirtqi sellyuza-moy qatlami kutikuladeb 
ataladi. 
Tolalarning uzunligi bilan yo`g`onligi bir-biriga bog`liq, ular paxta naviga 
qarab har xil bo`ladi (1-jadval). 
Tolalar ko`ndalang kesimining o`rtacha o`lchami 15—25 mkm. Kalta tolali 
paxtani qayta ishlab yo`g`on va tukdor kalava ip olinadi; uundan bayka, flannel, 
bumazey va boshqa gazlamalar tayyorlanadi. O`rtacha tolali paxtadan o`rtacha 
nomerli ip yigiriladi; undan chit, satin va boshqa gazlamalar to`qiladi. 
Uzun tolali paxtadan eng ingichka va silliq ip yigiriladi; undan sifatli yupqa 
ip gazlamalar – batist, markizet, mayin satin va boshqa gazlamalar tayyorlanadi. 
1-jadval 

Download 3.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling