Nafas olish organlari. Suvda yashovchi umurtqali hayvonlarning nafas olish organlariga jabra kiradi. Jabra yoriqlari halqum devorining xaltasimon boʻrtib chiqishidan, shuningdek, tashqi qoplagʻich devorining xaltasimon boʻrtib kirishidan hosil boʻladi. Quruqlikda yashovchi va ikkilamchi marta suvda yashashga oʻtgan umurtqalilarning nafas olish organlari vazifasini oʻpka bajaradi, oʻpka ba'zi baliqlarda ham boʻladi. Oʻpka halqum ostki tomonining keyingi qismidan bir juft boʻrtma koʻrinishida yuzaga keladi. U oxirgi juft jabra yoriqlarining gomologidir. Birlamchi suvda yashovchi umurtqalilarda va suvda hamda quruqlikda yashovchilarda teri ham nafas olishda ishtirok etadi. Jabra bilan nafas oluvchi umurtqalilarning jabrasi ektoderma va endodermadan hosil boʻladi. Tuban umurtqalilarga kiruvchi toʻgarak ogʻizlilar sinfi vakillarining jabrasi endodermadan hosil boʻladi. Qalin kapillarlar bilan qoplangan jabra yaproqlari va boshqa oʻsimtalari jabralarning gaz almashinuvi yuzasini keskin oshiradi.
Sezgi a'zolari.Umurtqali hayvonlarda sezgi organlari yaxshi rivojlangan. Sezgi organlariga — teri sezgi organlari, yon chiziq organlari, eshitish organlari, koʻrish organlari va hid bilish organlari kiradi.
Umurtqali hayvonlarda mexanik ta'sirlarni qabul qiladigan sezuv organlari erkin holdagi nerv uchlaridan iborat. Ular terming butun yuzasiga va ichak hamda boshqa organlarining shilimshiq pardalari yuzasiga ham tarqalgan.
Tuzilishining murakkablashishi, a’zolarining taraqqiyoti – umurtqalilar progressiv evolyusiyasining asosiy sharti ekanligi.
Ko'pchilik to'garak og’izlilar. baliqlar, suvda hamda quruqlikda yashovchilarning tuxumidan chiqqan lichinkasi o'zgarish orqali, sudralib yuruvchilar qushlar va sutemizuvchilaming tuxumdan chiqqan avlodi esa o‘zgarishsiz rivojlanadi. Yuqorida keltirib o'tilgan ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki umurtqalilar kenja tipi vakillarining jumladan yuksak rivojlangan umurtqalilaming ko'rimshi va turlar ichidagi munosabatlari murakkablashadi, ko'payishning samaradorligi oshadi. pushtdorlik va o'lim kamayadi hamda nasi qoldirish uchun kurash kuchayadi. Bu esa umurtqali hayvonlaming keng va xilma-xil muhitda tarqalishiga imkon beradi
Do'stlaringiz bilan baham: |