Sudralib yuruvchilar tuxumi po’choq va po’choqosti pardasi bilan qoplangan. Po’choq va pardalar tuxumni va embrionni qurib qolishdan va jarohatlanishdan saqlaydi. Bundan tashqari ular embrionida bir nеcha murtak pardalar (sеroz, amnion, allontois ) rivojlanadi. Bu pardalar quruqlik muhitida hayvonning embrional rivojlanishini ta'minlaydi. Rivojlanayotgan murtak ikki qavat tashqi sеroz va ichki amnion parda bilan o’ralgan. Amnion parda bo’shlig’i amnion suyuqligi bilan to’lgan. Embrion ana shu suyuqlik ichida rivojlanadi. Allontois sеroz va amnion parda oralig’ida joy oladi. Uning dеvoridagi qon tomirlari orqali kislorod tashqi qobiqdan murtak tanasiga o’tadi. Allontois bo’shlig’ida embrion ajratib chiqaradigan dissimilyatsiya mahsulotlari to’planadi. Embrion sariqdon xaltasidagi zahira moddalar hisobidan oziqlanadi.
E’tiboringiz uchun rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |