Umurtqalilarning qoplovchi, harakat-tayanch va hazm sistemalarining onto-filogenezi qoplovchi a’zolar sistemasi


Download 53.12 Kb.
bet3/4
Sana23.06.2023
Hajmi53.12 Kb.
#1652651
1   2   3   4
Bog'liq
UMURTQALILARNING QOPLOVCHI

Bosh skeleti. Miya va yuz qismlaridan tuzilgan. Miya qismi bosh miyani himoyalovchi, visseral, ya’ni yuz qismi esa hazm qilish sistemasining old sohasi a’zolari uchun tayanch vazifasini o'taydi. Evolutsiya mobaynida visseral skelet juda sezilarli o‘zgarishlarga uchraydi. Hamma umurtqalilarning embrional davrida (tuban umurtqalilarda umri davomida) hazm sistemasi old sohasini visseral skelet yoylar shaklida o‘rab turadi. Baliqlardagi visseral skelet yoylar ozuqani ushlab turuvchi jag‘ yoyi, miya qismi bilan birlashtiruvchi tilosti yoyi va oyquloq yaproqlari birikuvchi oyquloq joylaridan tuzilgan.
Quruqlikda yashovchilarda visseral skelet birmuncha kichrayadi. Yuqori jag* yoyi miya qutisi bilan birikib o'sadi, tilosti yoyidan o‘rta quloq suyaklari shakllanadi. Oyquloq yoylari esa hiqildoqning qalqonsimon, cho‘michsimon, uzuksimon va boshqa tog‘aylarini hosil qiladi.




1 rasm. Umurtqalilar oldingi oyoqlari skeletining gomologiyasi.
a—salamandra; b—toshbaqa; d—timsoh; e—qush; f—ko‘rshapalak;
g—kit; h—ko‘rsichqon; i—odam. 1—yelka suyagi; 2—bilak suyagi;
3—tirsak suyagi; 4—kaft oldi suyaklari; 5—kaft suyaklari; 6—barmoq falangalari.
Harakat-tayanch sistemasiga skeletdan tashqari mushaklar ham kiradi. Umurtqalilarning mushaklari tuzilishi va uning faoliyatiga qarab ko‘ndalang-targ‘il va silliq mushaklarga bo‘linadi.
Ko‘ ndalang-targ‘ il mushak (somatik) organizm ixtiyoriga bo'ysunadi. U hujayraviy tuzilishga ega emas. Bu mushak simplast tuzilishga ega bo‘lib, ko‘plab yadrolar va xususiy organella — miofibrillalar tutadi. Miofibrillalar aktin va miozin oqsilidan iborat bo‘lib, ma’lum bir tartibda joylashadilar. Natijada, bu mushakda ko‘ndalang chiziqlar hosil bo‘ladi.
Silliq mushak hujayraviy tuzilishga ega. Uning hujayrasi miotsit deb atalib, bitta yadro va tartibsiz joylashgan miofibrillalar tutadi. Silliq mushak ichki a’zolarda joylashib, uning faoliyati organizm ixtiyoriga bo*ysunmaydi.
To‘garak og'izlilar, baliqlar, dumli amfibiyalarda somatik mushak segmentli tuzilishga ega bo‘ladi va bir qancha miotomlarni hosil qiladi. Quruqlikda yashovchi umurtqalilarda somatik mushaklar tana, oyoq-qo‘l, bosh mushaklari guruhini hosil qiladi. Bu guruh mushaklar ichida olib ketuvchi, olib keluvchi, qisqaruvchi, yoziluvchi, qarama-qarshi qo'yuvchi mushaklarni uchratamiz.

Download 53.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling