Umurtqalilarning qoplovchi, harakat-tayanch va hazm sistemalarining onto-filogenezi qoplovchi a’zolar sistemasi


Download 53.12 Kb.
bet2/4
Sana23.06.2023
Hajmi53.12 Kb.
#1652651
1   2   3   4
Bog'liq
UMURTQALILARNING QOPLOVCHI

Harakat-tayanch sistemasi. Harakat-tayanch sistemasining asosiy vazifasi — himoya hamda harakat uchun tayanch bo‘lib hisoblanadi. Umurtqalilarda skelet uch asosiy qismdan: o‘zak skeleti, qo‘l-oyoq skeleti, bosh skeletidan iborat.
0‘zak skeleti dastlab xorda sifatida entodermadan rivojlanadi. Xorda asosan kuchli vakuollashgan hujayralardan tuzilgan. Umurt­qalilarda xorda asosan embrion davridagina saqlanib, keyinchalik umurtqa pog'onasi bilan almashinadi.
To‘garak og'izlilar va baliqlarning umurtqa pog‘onasi tana va dum qismlaridan tuzilgan. Umurtqalilar soni turlicha bo'lib, ular tanadan va o‘simtalardan tuzilgan.
Amfibiyalarda baliqlardan farqli ikki yangi qism — bitta umurtqadan iborat bo‘yin va dumg'aza bo‘limlari rivojlanadi.
Reptiliyalarning umurtqa pog'onasi 5 qismdan — bo‘yin, ko'krak, bel, dumg‘aza va dum bo'limlaridan tuzilgan. Bu qismlardagi umurtqalar soni reptiliyalar turiga qarab o'zgaradi.
Qushlarning umurtqa pog‘onasi o'ziga xos tuzilgan bo'lib, u qushlarning uchishiga yordam beradi. Bo‘yin qismi umurtqalari yaxshi rivojlangan bo‘lib, qushlarning harakatchanligi darajasini belgilaydi. Qolgan qismlardagi umurtqalar qo‘shilib o‘sgan.
Sutemizuvchilar umurtqa pog'onasida xorda faqat umurtqalar orasidagina saqlanib qoladi. Umurtqa pog‘onasi bo‘yin, ko‘krak, bel, dumg‘aza va dum qismlaridan iborat. Bo'yin qismida 7 ta, ko‘krak qismida 9-24 ta, bel qismida 3-9 ta umurtqa bo‘lib, dum qismi umurtqalari soni o'zgaruvchandir.
Odam umurtqa pog'onasida uchraydigan ayrim anomaliyalar sababini uning filogenezidagi shakllanishidan aniqlash mumkin. Masalan, ayrim odamlar umurtqa pog'onasining bo'yin qismidagi umurtqalarda qovurg'alar birikadigan yon o'simtalar rivojlanishi mumkin. Ana shunday o'simtalar evol-utsiyasi reptiliyalarda uchraydi. Ayrim vaqtda bel umurtqalari tanasi elementlarining o'zaro yaxshi o'sib birikmaganligi sababli spina bifida anomaliya ham kelib chiqqan.
Qo‘l-oyoq skeleti. Ko'pchilik baliqlarda suzgichlar tayanch uchun emas, balki suzish vaqtida yo'nalishni o'zgartirish uchun xizmat qiladi. Lekin panja qanotli baliqlardagi suzgich tayanch vazifasini ham o'taydi. Ularning juft suzgichlarida yelka, bilak, panja suyaklari rivojlanadi (1- rasm).
Evolutsion taraqqiyot davomida quruqlikda yashovchi umurtqalilarning qo‘l-oyoq skelet suyaklari umumiy tuzilishga ega bo'lib, muayyan umumiy va xususiy o'zgarishlarga uchragan. Mana shu o'zgarishlar ularning quruqlikdagi xilma-xil sharoitlarga moslashishini ta’minlaydi. Yelka va bilak suyaklari uzunlashadi, kaft oldi suyaklari kaltalashib, soni ham kamayadi. Odamning qo'li o‘ziga xos tuzilgan bo'lib, u mehnat qilish a’zosidir. Odamda uchraydigan tug‘ma kasalliklar va mayib-majruhliklarning yarmidan ortig'i skelet anomaliy alarig a (yunoncha anomalia — notekis, noto‘g‘ri) to‘g‘ri keladi. Ular endogen, genetik va ekzogen omillar ta’sirida kelib chiqishi mumkin. Ko'pincha bunday o'zgarishlar embrionning shakllanishi jarayonining oxirgi bosqichlarida kuzatiladi^ Bunday anomaliyalarga barmoqlarning rivojlanmay qolishi, polidaktiliya (barmoqlarning 5 tadan ortiq bo‘lishi), sindaktiliya (barmoqlarning qo‘shilib ketishi), braxidaktiliya (barmoqlarning kalta bo‘lishi)ni misol qilsa bo‘ladi. Agar teratogen omillar embrionning ilk davridagi rivojlanishlariga ta’sir etsa unda tug’ilgan bolaning qo*l-oyoqlari burmalar ko'rinishida bo'ladi.

Download 53.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling