Umurtqasizlar zoologiyasi “ fanidan tayyorlagan taqdimoti mavzu: O’rgimchaksimonlar sinfi
Download 1.08 Mb.
|
O\'rgimchaksimonlar sinfi
Qo’tir kanalari (Sarcoptes) odamga bevosita zarar yetkazadigan qo'tir kasalligini qo'zg'atadi. Ular mayda (0,2 —0,5 mm uzunlikda) bo'ladi. Urg'ochilari terini yemirib, oziqlanadi va teri ostida 10 — 15 mm uzunlikda yo'l hosil qiladi Bunday yo'llami terining nozik joylarida, barmoqlar orasida, bilak bilan tirsak o'rtasida, qo'ltiq ostida va boshqa joylarda ko'rish mumkin. www.ziyouz.com kutubxonasi Urg'ochi капа shu joylarga tuxum qo'yadi. Tuxumdan chiqqan mayda kanalar teri ustiga chiqib, o'ziga yangi yo'l ochadi. Капа yuqqan joyning terisi qattiq qichib, qashlayverish natijasida qo'tir bo'lib qoladi. Qo'tir kanalari mollarda ham uchraydi. Ular it, qo'y, echki, ot va cho'chqalardan odamga yuqishi mumkin. Капа sog'lom odamga zararlangan odamning qo'llari orqali ham yuqadi. Kasallikning oldini olish uchun qo'lni toza saqlash, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish zarur.
Chayonlar (Scorpiones) turkumi. Chipor chayon (Buthus eupeus) — ning tanasi 10 sm uzunlikda bo'lib, qo'ng'ir rangda bo'ladi. Lekin Ustyurt cho'llarida va Orol dengizi atrofida qora rangli chayon ham uchraydi. Bo'g'imli oyoqlardan iborat tanasi bosh —ko'krak va qorin qismlarga bo'linadi. Qorin qismining o'zi ham ancha keng bo'g'imlardan tuzilgan oldingi va ensiz bo'g'imlardan iborat keyingi qismlarga ajraladi. Keyingi qorinning eng oxirgi bo'g'imida zahar ishlab chiqaradigan bir juft bezi va nish joylashgan. Chayonlar hasharotlami va o'rgimchaklami tutib yeydi. Oziqlanish uchun kechalari ovga chiqadi, kunduzlari esa toshlar ostida, devorlar k ovagid a yashirinib yotadi. O 'ljasin i ushlash uchun oyoq paypaslagichlarining uchidagi qisqichlaridan foydalanadi. Qisqichlari yordamida tutgan o'ljasini tepaga ko'tarib turib, nishini sanchib, zahar yuboradi
Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling