Un ishlab chiqarish texnologiyalari. Un navlari. Zamonaviy tegirmonlar va sifat ko’rsatkichlarini aniqlash


Download 56.16 Kb.
bet2/4
Sana16.06.2023
Hajmi56.16 Kb.
#1515787
1   2   3   4
Bog'liq
Un ishlab chiqarish texnologiyalari

Un-yorma sanoati - oziq-ovqat sanoatiimng galla donlarini qayta ishlaydigan tarmogʻi. Asosiy mahsuloti un va yorma. Un tortish qadimdan maʼlum. Dastlab donlar yorgʻuchoq (toshyorma) va oʻgʻirda yanchilgan, qoʻl tegirmonda yorma yoki un qilingan, keyinchalik suv tegirmonlari, 17-asrda kam suvli joylarda shamol tegirmonlari qurildi. 1786-yil Buyuk Britaniyada, 1818-yilda Rossiyada bugʻ bilan ishlaydigan dastlabki tegirmonlar paydo boʻldi. Elektr energiyasi paydo boʻlishi bilan tegirmonlar asosan shu energiya bilan ishlatila boshlandi va soha jadal rivojlandi.
Oʻrta Osiyoda, xususan, Oʻzbekistonda xam gʻalla qadimdan mayda suv tegirmonlarida tortilgan. 1870-yilda hozirgi Oʻzbekiston hududida kepakli jaydari un tortiladigan, unumdorligi bir sutkada bir necha sentner boʻlgan 5 mingdan ortiq tegirmon boʻlgan. 1903-yilda 1975 ta kichik suv tegirmoni ishladi. Birinchi katta tegirmon (zd) 1883-yilda Toshkentda, ikkinchisi 1898-yilda Samarqandda qurildi. Keyinchalik yirikroq tegirmonlar Andijon (1901) va boshqa shaharlarda ham paydo boʻldi. 1908-yilda Turkiston oʻlkasida 26,4 ming t., 1913-yilda 37,9 ming t un tayyorlangan.
1918-yil yirik tegirmonlar natsionalizatsiya qilindi, 1920-yil "Turkun" — Turkiston Respublikasi un sanoati tresti tashkil etildi, uning tarkibida 21 un korxonasi, 6 ta guruch zavodi ishladi. Oʻsha yillarda Oʻzbekistonda xususiy mulk boʻlgan 4510 suv tegirmoni va objuvozlar bor edi.
30-yillardan boshlab viloyatlar markazlari, sanoat korxonalari joylashgan yirik shaharlarda yangi un zavodlari va kombinatlari kurilishi boshlandi. 1932-yilda don maxsulotlarini tayyorlash, kayta ishlash va sotish bilan shugʻullanadigan "Oʻzdontayyorlov" respublika idorasi tuzildi (1992-yildan "Oʻzdonmaxsulot" davlataksiyadorlik korporatsiyasi). 1941-yilga kelib respublikada sanoat yoʻli bilan un i.ch. 10 marta koʻpaydi (345,8 ming t). 60—70-yillarda 3 navli un tortadigan, 240 t/sutka quvvatli 8 ta un kombinatlari ishga tushirildi. 1970-yilda respublika un zavodlarining ishlab chiqarish quvvatlari 3243 t/sutkaga yetkazildi. 1991-yildan keyin qishloq joylarda koʻpgina jamoa, shirkat xoʻjaliklarida kichik va oʻrta biznes tadbirkorlari tomonidan elektr kuvvati bilan ishlaydigan kichik tegirmonlar kurish rivoj topdi.
"Oʻzdonmahsulot" korporatsiyasi tarkibida navli un, manniy yormasi ishlab chiqariladigan 52 zavod bor. Ularning 20 tadan koʻprogʻi zamonaviy texnologik uskunalar (asosan, Shveysariyaning "Byuller AG" firmasi) bilan jixrzlangan (2004).
Oziq-ovqat sanoatining yana bir muhim tarmogʻi yorma sanoatida suli, marjumak, bugʻdoy, arpa, makkajoʻxori, sholi va dukkakli ekinlar (noʻxat, loviya, yasmiq) donidan har xil yorma ishlab chiqariladi. Oʻzbekistonda, asosan, sholidan turli navli guruch tayyorlanadi. Uning yirik korxonalari Toshkent, Muzrobod, Xoʻjayli, Shumanay, Xonqa, Bogʻot va boshqa shaharlarda joylashgan. "Navoiydonmahsulot" ktida qandolatchilik va non sanoati uchun makkajoʻxori yormasi bilan birga makkajoʻxori uni ham ishlab chiqariladi.
2003-yilda Oʻzbekiston Un-yorma sanoatis. korxonalarida 971,1 ming t un, 36,9 ming t yorma, shu jumladan, 35,6 ming t guruch ishlab chiqarildi (2000-yilda tegishlicha 1756,1; 88,5; 84,3 ming t).
Jahondagi rivojlangan mamlakatlarda bugʻdoy uni oziq-ovqat mahsuloti tayyorlashda asosiy oʻrinda turadi. Bu mamlakatlarda aholi jon boshiga non isteʼmol qilishning pasayib borishiga qaramay, un ishlab chiqarish hajmi oʻsib bormokda. AQSH, Kanada, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Meksika, Braziliya va boshqa mamlakatlarda unyorma ishlab chiqarish sanoati yaxshi taraqqiy etgan.

non va non mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kichik korxonalarni tashkil etishda savdo maydonlari bo‘lishi sharti bilan yer maydonlari ajratish va zarur muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l va transport infratuzilmalariga ulanishni ta'minlaydi;


korxonalarni aholi ko‘p istiqomat qiladigan hududlarda joylashtirish, aholining kunlik ehtiyojini to‘liq qondirishga qaratilgan ish vaqti asosida, korxonaning o‘zida yoki unga yaqin manzilda non va non mahsulotlari chakana savdosini tashkil etishga alohida e'tibor qaratiladi;
yangi tashkil etiladigan non korxonalarida maktabgacha ta'lim muassasalari, maktablar, qandli diabet bilan og‘rigan bemorlar uchun kletchatkaga boy ixtisoslashgan non mahsulotlari turlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi;
kredit summasi hamda kredit foizidan qat'i nazar qolipli non va non mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish hamda kengaytirish maqsadida aylanma mablag‘larni to‘ldirishga, asosiy vositalarni sotib olish hamda bino-inshootlarning qurilish-montaj ishlari va rekonstruksiyasi uchun tijorat banklari tomonidan ajratiladigan milliy valutadagi kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlari 10 foizlik punktdan oshmagan miqdorda, shuningdek, xorijiy valutadagi kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlari tijorat banklari tomonidan belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida, biroq 5 foizlik punktdan oshmagan miqdorda Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanishi tartibi tatbiq qilinadi.
2019 yil noyabr va dekabr oylarida mazkur qaror doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar uchun ajratilgan kreditlar bo‘yicha tijorat banklari tomonidan taqdim etilgan tasdiqlovchi hujjatlar asosida Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan kompensatsiya to‘lovlari ajratilishiga ruxsat beriladi.
Qurilish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda non va non mahsulotlari ishlab chiqarish binolarini qurish yoki rekonstruksiya qilish ishlari bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini zamonaviy arxitektura talablari asosida ishlab chiqishda hamda ekspertizadan o‘tkazishda amaliy yordam ko‘rsatadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari quyidagilarni amalga oshirishni ta'minlaydi:
transport qatnovi murakkab bo‘lgan tog‘li va tuman markazidan olis aholi punktlari uchun aholi talabiga mos ravishda un, non va non mahsulotlari muntazam yetkazib berish tizimini tashkil etishni, bunda, zarur hollarda tadbirkorlik sub'yektlariga mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan qisqa, uch oygacha muddatga foizsiz ssuda mablag‘lari ajratish hisobiga amalga oshirish choralarini ko‘rish;
non ishlab chiqarish korxonalarini xatlovdan o‘tkazgan holda, ularni texnologik jarayonni tashkil etish va yuritish qoidalariga amal qilgan holda faoliyat yuritishini;
dehqon bozorlari va aholi gavjum bo‘lgan hududlarda keng assortimentdagi non va non mahsulotlarini sotish uchun non va non mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga ixtisoslashgan (maxsus) savdo firma do‘konlarini tashkil etish bo‘yicha manzilli dasturlarni ishlab chiqish, tasdiqlash hamda ularni amalda joriy etilishini.
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi 2020 yil 1 mayga qadar ichki iste'mol bozoridagi bug‘doy uniga bo‘lgan talab va takliflardan kelib chiqib, davlat resurslari hisobidan birja savdolariga qo‘yiladigan un hajmini muvozanatini ta'minlash orqali kunlik monitoringini amalga oshirib borishi ma'lumot uchun qabul qilinadi.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, “Respublika tovar xomashyo birjasi” AJ bilan birgalikda don va un mahsulotlarini, shu jumladan fermer xo‘jaliklari ixtiyorida qolgan hamda importdan keltirilgan don va un mahsulotlarini sotish bo‘yicha elektron birja savdolari tizimida alohida savdo platformasini joriy qiladi.


Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi chakana savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida un, non va non mahsulotlarini nazorat xaridini amalga oshirilishini hamda ularni belgilangan standart talablariga va texnik reglamentlarga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan o‘tkazilishini tashkil etadi.
Bunda, Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tomonidan taqdim etilgan mahsulotlar namunalari sifatining ekspertizasi “O‘zstandart” agentligi tizimidagi va boshqa akkreditatsiyadan o‘tgan sinov laboratoriyalarida amalga oshiriladi hamda tovarlarni muvofiqligini baholash bilan bog‘liq xarajatlar “O‘zstandart” agentligi huzuridagi standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishni rivojlantirish maxsus jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladi.
Don massasini suv yoki bug’ bilan namlashning aniq tartibi o’rnatiladi. Donga namlik, uni o’rab turgan qobiq va ayniqsa, murtak orqali kirib boradi, bunga qobiqning ko’p sonli kapillarlari imkon beradi. Namlovchi apparat don massasining barcha yuzalarini baravar namlashni ta’minlashi kerak.
Donni namlash uchun sarflanadigan suv miqdori donning turi, unga qaysi tartibda GTI berilishi, uning dastlabki namligi va necha foiz namlanishiga asoslanib hisoblanadi. Don massasini talab etilgan darajada namlash uchun sarf bo’ladigan suv miqdori quyidagi formula orqali hisoblanadi:
Gk= Gl * [100- W1 /100-W2 -1]kg
bu yerda, Gl – sarflanadigan suvning miqdori, litr;
Gk – donning og’irligi, kg;
W1 – donning dastlabki namligi,%
W2 – donning namlangandangi so’nggi namligi,%.
Don massasiga bug’ bilan ishlov berish usuli.
Donga to’ydirilgan yoki qizdirilgan bug’ bilan ta’sir etish, issiq suv bilan namlashga nisbatan samaraliroqdir. Bug’ don massasining yuzasida kondensatga aylanib, qobiqlari orqali mag’izga kirib boradi. Bunda don qizishi natijasida kondensatdan katta miqdorda bug’ ajralib chiqadi.
Kondensat yopishqoq bo’lmaganligi sababli, qizigan donning ichiga suv nisbatan tez kirib boradi. Issiqlik va suv ta’sirida donning barcha qismlarida molekulalararo bog’lanish zaiflashib, mag’izdan parda va endospermdan qobiq oson ajraladi.

Download 56.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling