Un-shudring Oq dog’lanish


Sitosporoz (infeksion qurish)


Download 34.44 Kb.
bet3/8
Sana18.06.2023
Hajmi34.44 Kb.
#1587904
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Yong’oq mevali daraxtlarning kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari

4.Sitosporoz (infeksion qurish)


Kasallik qo’zg’atuvchisi – Cytosporajuglandina zamburug’i. Yon-g’oqning poya va shoxlarining qobig’i hamda yog’och qismlari zarar-lanadi, baglari va mevalari zararlanmaydi. Zararlangan qobiqda oldin qizil yoki qizg’ish-qo’ng’ir, o’rtasi nimrang tusli dog’lar paydo bo’ladi. Ular o’sib, katta (uzunligi 50-75 sm gacha), ellips yoki uzunchoq shaklli yaralarga aylanadi. Yaralar tagidagi to’qimalar yog’och qismigacha nobud bo’ladi, qotib qoladi yoki mo’rt, uvalanib ketuvchi bo’lib qoladi. Yaralarda qobiqni yorib chiquvchi, yarim shar yoki konus shaklli stromalar hosil bo’ladi. Agar yaralar poya yoki shoxni o’rab olsa, bu shoxlar yoki daraxt nobud bo’ladi.
Zamburug’ yaralarda mitseliy va piknidalar shaklida qishlaydi. Daraxtlar asosan bahorda yoki kuzda, sernam ob-havoda zararlanadi. Bahorda kurtaklar yozila boshlagan paytda piknidalardan qo’zg’atuvchining konidiyalari chiqadi, ular yomg’ir va shamol vosi-tasida sog’lom shox va novdalarga tushadi va Har xil mexanik jarohatlar (sovuq urgan joylar, shoxlarning singan joylari, hasharotlar va kasalliklar tufayli hosil bo’lgan shikastlar) orqali to’qimalarga kiradi. Zararlangan a’zolarda yangi yaralar zararlanishdan keyin 1-3 yil o’tganida paydo bo’ladi. Yaralar bahorda va yoz boshlarida o’sadi, yozda va qishda ularning o’sishi sekinlashadi. Poya, shox va novdalarning qobiqlari, keyinchalik esa yog’och qismlari ham nobud bo’ladi va qurib qoladi. Sog’lomlariga nisbatan, har xil sabablarga ko’ra zaiflashgan daraxtlar kuchliroq zararlanadi.

5.Bakterial kuyish


Kasallik Evropa, Osiyo, Afrika, Shimoliy, Markaziy va Janubiy Amerika hamda Okeaniyada, Markaziy Osiyoda O’zbekistonda tarqalgan.
Kasallik bilan barg, barg bandi, kurtak, to’pgul gajaklari, novda, yosh va kattaroq mevalar zararlanadi. Barg, barg tomirlari va bandlarida kichik, to’qqo’ng’ir yoki qora tusli, atrofida tor, suv shimganga o’xshaydigan hoshiyali, ko’pincha ser-qirra dog’lar paydo bo’ladi.Yosh novdalarda suv shimganga o’xshash, kulrang-jigarrang tusli, noto’g’ri uzunchoq shaklli dog’lar hosil bo’ladi, so’ngra ular o’sib, katta qo’ng’ir yoki qora yaralarga aylanadi, quriydi, chatnashi va po’stlog’i tushib ketishi mumkin. Zararlangan novdalar qurib qolishi mumkin.Yosh mevalarda dumaloq, och-jigarrang dog’lar, ularning atrofida keng, suv shimganga o’xshash xalqa paydo bo’ladi. Dog’lar meva o’sishi bilan o’sadi, to’q tusli, botiq yaralarga aylanadi va mevaning yarmini qoplashi mumkin. Ba’zan bakteriya mevaning ichiga o’tadi va uni chiritadi. Mag’zi qorayadi va meva ichida badbo’y suyuqlik hosil bo’ladi.
Kasallik qo’zg’atuvchisi – Xanthomonas arboricola pv. juglandis bakteriyasi (sinonimlari Xanthomonas campestris pv. juglandis, Pseudomonas juglandis).
Bakteriya tayoqcha shaklli, bitta qutbiy joylashgan xivchinchali, o’lchami 0,73x0,4-0,7 mkm.
Bakteriya kurtaklar, qurigan to’pgullar va zararlangan novda-larda qishlaydi. Kasallik sernam ob-havo sharoitida, ayniksa gullash davrida yomg’ir ko’p yoqqanda kuchli rivojlanadi. Zararlangan to’qimalarda bakteriyalardan tashkil topgan suyuqlik paydo bo’ladi. Qo’zg’atuvchi yomg’ir tomchilari va shamol hamda hasharotlar vositasida tarqaladi. Kasallikning birinchi belgilari barglarda va tugunchalarda ko’rinadi, yosh tugunlar zararlanishi urug’chining og’izchasidan boshlanadi. Kasallikka nihol va yosh daraxtlar chidamsiz, ularning zararlangan poyasi sinib ketishi mumkin. Zararlangan yosh mevalar chirishi va to’kilib ketishi tufayli hosil miqdori va sifati pasayadi. Kasallik gullash-meva tugish fazasidan kech rivojlansa, sezilarli zarar etkazmaydi.

Download 34.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling