Un-shudring Oq dog’lanish
Download 34.44 Kb.
|
Yong’oq mevali daraxtlarning kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bakterial kuyish
Yong’oq mevali daraxtlarning kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari Reja:
Qo’ng’ir dog’lanish Un-shudringOq dog’lanishSitosporoz (infeksion qurish)Bakterial kuyishYong’oq kasalliklariga qarshi qo’llaniladigan tadbirlar tizimi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar 1.Qo’ng’ir dog’lanish Yong’oqning qo’ng’ir dog’lanish (marssoninoz, antraknoz) kasalligi barcha yong’oq o’sadigan mintaqalarda, jumladan Evropa, Shimoliy va Janubiy Amerikada, Markaziy Osiyoda Qirg’iziston, Qozog’iston va O’zbekistonda tarqalgan. Barg, barg bandi, novda va mevalar zararlanadi. Barglarda och-qo’ng’ir yoki kulrang-qo’ng’ir, dumaloq, keyinchalik har xil shaklli va o’lchamli, ba’zan o’rtasi ochroq, atrofi to’qroq tusli dog’lar paydo bo’ladi. Barglarning har ikki tomonida, ko’pincha ostki tarafida mayda (nuqta shaklli), jigarrang, keyinchalik deyarli qora tusli, ko’pincha konsentrik doiralar hosil qiluvchi yostiqchalar rivojlanadi. Yostiqchalar ba’zan novda va mevalardagi dog’larda ham paydo bo’ladi. Ular zamburug’ning mitseliy, konidiofora va konidiyalaridan tashkil topgan. Barg bandlari va uning asosiy tomirlarida uzunchoq, ellips shaklli, qora tusli dog’lar hosil bo’ladi, barglar quriydi va to’kiladi. Yosh novdalarda kulrang tusli yarachalar paydo bo’ladi. Mevalarda qo’ng’ir dog’lar hosil bo’ladi, ular dog’ bo’lgan tomonidan chatnab, yorilib ketadi, meva mag’zi qorayishi va qurib qolishi mumkin. Kasallik qo’zg’atuvchisi – Melanconiales tartibiga mansub bo’lgan Marssonina juglandis selomitset zamburug’i, teleomorfasi Gnomonia leptostyla askomitset (pirenomitset) zamburug’idir. Konidial sporalash organlari yostiqchalarda rivojlanadi. Yostiqchalar kichik, deyarli qora tusli, yassi yoki sal bo’rtgan, oldin epidermis ostida, keyinchalik yorib chiqadi. Konidioforalar uzunligi 4-6 mkm. Konidiyalar ikki xil: makro- va mikrokonidiyalar. Makrokonidiyalar rangsiz, o’roq shaklli, har ikki uchi yoki fakat ustki uchi o’tkirlashgan, ba’zan ustki uchi sal bukilgan, 2 hujayrali, septasi ba’zan noaniq (yaxshi ko’rinmaydi), 16-30x3-4,5 mkm. Mikrokonidiyalar tayoqcha shaklli, ba’zan sal egilgan, 6-12x1-1,5 mkm, makrokonidiyalar bilan birga yoki alohida yostiqchalarda hosil bo’ladi. Teleomorfasining peritetsiylari to’kilgan barglarning pastki tomonida, substrat ichida rivojlanadi va tashqariga uzun bo’yinchasi bilan chiqadi. Ular shar shaklli, qora tusli, diametri 300 mkm gacha, bo’yinchasining uzunligi ham 300 mkm gacha. Xaltachalar uzunchoq shaklli, 50-70x8-14 mkm, kalta oyoqchali. Askosporalar 2 hujayrali, rangsiz, sal egilgan, ba’zan kalta, shilimshiq moddadan tashkil topgan o’smalari mavjud, ko’pincha septadan tortilgan, 17-25x2,5-4 mkm. Kuzda to’kilgan barg va zararlangan novdalarda qo’zg’atuvchi-ning peritetsiylari hosil bo’ladi va qishlaydi. Erta bahorda harorat 100S ga etgach, peritetsiy ichidagi xaltachalarda askospo-ralar etiladi. Askosporalar yomg’ir va shamol vositasida yosh barglarga tushadi va ularda birlamchi zararlanish qo’zg’atadi. Ikki haftacha vaqt o’tgach, zararlangan barglarda yuqorida ko’rsatilgan kasallik belgilari paydo bo’ladi.Yong’oqning zararlangan qismlarida, asosan barglarida hosil bo’lgan yostiqchalardan ajratiladigan konidiyalar kasallikning ikkilamchi manbai bo’lib, mavsum davomida ular boshqa barg, novdalar va boshqa daraxtlarga tarqaladi. Kasallik iqtisodiy ahamiyatga ega, uning zarari yong’oq barglari to’kilishi, novdalari zararlanishi, mevalar zararlanishi, qurishi va to’kilishi, natijada daraxt zaifla-shishi va hosil kamayishi bilan ifodalanadi, kasallik tufayli ba’zi mamlakatlarda hosilning yarmi yoki ko’prog’i yo’qotiladi. Download 34.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling