УҳН ўқув қўлланма Вазирликка
Download 6.25 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- HARBIY TA’LIM FAKULTETI « O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QIROLLI KUCHLARINING UMUMHARBIY NIZOMLARI » fanidan
- Tuzuvchi: I.M. Saidov Farg‘ona davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti boshlig‘i, podpolkovnik. Taqrizchilar
I.M.SAIDOV 2 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUDOFAA VAZIRLIGI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI HARBIY TA’LIM FAKULTETI « O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QIROLLI KUCHLARINING UMUMHARBIY NIZOMLARI » fanidan O‘QUV QO‘LLANMA (Oliy ta’lim muassasasidagi harbiy ta’lim fakultetlari uchun) Farg‘ona sh. – 2021 yil 3 UDK: 355/359 Ushbu o‘quv qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘uicha o‘rinbosarining 2018 yil 12 oktyabrda tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi Qirolli Kuchlari Umumharbiy nizomlari» fani o‘quv dasturi asosida tuzilgan bo‘lib, 021002-chaqiriqqacha harbiy ta’lim bakalavriat yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan. Unda, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Umumharbiy nizomlari asoslari, harbiy xizmatni o‘tash tartibi, yakkaboshchilik printsipi, bo‘linmalarni kundalik faoliyatini boshqarish, komandirlik ishlarida asosiy yo‘nalishlarni ochib berilganligi bilan ahamiyat kasb etgan. O‘quv qo‘llanma chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishdagi bakalavriyat mutaxasisliklar talabalariga mo‘ljallangan. Tuzuvchi: I.M. Saidov Farg‘ona davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti boshlig‘i, podpolkovnik. Taqrizchilar: M.I.Mahmudov O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti maxsus huquqiy fanlar kafedrasi dotsenti, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), podpolkovnik A.T.Akbarov O‘zbekiston Respublikasi Farg‘ona davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti o‘qituvchisi, pedagogika fanlari nomzodi, zaxiradagi podpolkovnik Farg’ona davlat universiteti kengashida muhokama qilingan va tavsiya etilgan. (20__ yil «___» _______dagi ____-sonli bayonnoma) 4 KIRISH Chaqiriqqacha harbiy ta’lim bakalavriat yo‘nalishini tamomlagan mutaxassislar umumta’lim maktablari, akademik litseylarida yoshlarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanidan dars beradilar. Yoshlarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani chaqiriq yoshigacha bo‘lgan va chaqiriq yoshidagi yoshlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safiga xizmat qilishga tayyorlashning tarkibiy qismi bo‘lib, bo‘lajak askarlarning nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalar bilan qurollantirishda alohida ahamiyatga ega. «O‘zbekiston Respublikasi Qirolli Kuchlari Umumharbiy nizomlari» fani O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari umumharbiy Nizomlarining tarkibiy qismlari, harbiy xizmatni o‘tash jarayoni, uning mohiyati, maqsad va vazifalari, harbiy bo‘linmadagi ichki tartibni tashkillash, harbiy xizmatchilarning konstitutsiyaviy huquq va majburiyatlarini o‘rganish va anglash, harbiy xizmatchining Vatan himoyachisi sifatida shakllanishi va unga ta’sir etuvchi omillar, komandir (boshliq)lar tomonidan bo‘linmalarni boshqarish asoslarini o‘z ichiga qamrab oladi. Download 6.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling