Undiruvni qarzdor yuridik shaxsning boshqa mol mulkiga qaratish Reja


Undiruv qarzdor yuridik shaxsning mol-mulkiga qaratilganda ijroni ta’minlash choralari


Download 18.55 Kb.
bet3/3
Sana03.02.2023
Hajmi18.55 Kb.
#1150742
1   2   3
Bog'liq
Daklat sss

Undiruv qarzdor yuridik shaxsning mol-mulkiga qaratilganda ijroni ta’minlash choralari
Qonunda qarzdor yuridik shaxsga tegishli uchinchi navbatda realizatsiya qilinadigan mol-mulkka ijroni qaratishning alohida tartibi nazarda tutilgan.
Bu masalalar shu bilan bog'liqdirki undiruv ko‘chmas mulk obyektlari, shuningdek, xom ashyo va materiallar, dastgohlar, asbob-uskunalar, ishlab chiqarishda bevosita qatnashishga mo‘ljallangan boshqa asosiy vositalaiga nisbatan qaratilishi qarzdor yuridik shaxsning bankrot bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Bu, ayniqsa, davlatga qarashli bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ishlab chiqarish bilan shug‘ulanuvchi korxonalar faoliyatining to‘xtab qolshiga sababchi bo'ladigan bo‘lsa, jamiyatda turli norozichiliklar keltirib chiqarishi mumkin.
«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonunning 61-moddasi 1-qismida belgilab qo'yilganidek, uchinchi navbatda realizatsiya qilinadigan davlatga qarashli mol-mulk xatlab qo‘yilganda sud ijrochisi xatlash amalga oshirilgandan keyin uch kunlik muddat ichida xatlangan mol-mulkning tarkibi va qiymati to‘g‘risidagi, shuningdek, undiruvchining talablari summasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ilova qilgan holda qarzdorning mol-mulki xatlanganligi haqidagi xabarnomani davlat mulkini tasaruf etish vakolatiga ega organning tegishli hududiy bo‘linmasiga yuboradi.
Mazkur xabamomaning nusxasi qarzdor yuridik shaxs tomonidan budjetga tovalar va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar amalga oshirilishini nazorat qiluvchi soliq organiga yuboriladi.Qarzdorning mol-mulki xatlanganligi haqidagi xabarnomaga o‘zida xatlangan mol-mulkning tarkibi, bahosi haqida batafsil ma’lumotlarni va undimvchining talablari summasini aks ettiruvchi mol-mulkni xatlash va ro‘yxatga olish dalolatnomasining nusxasi ilova qilinishi maqsadga muvofiqdir.
Sud ijrochisi ijro etishni kechiktirish haqidagi masala hal bo'lganidan keyin qarzdor yuridik shaxsning nochorligi (bankrotligi) to‘g‘risida ish qo‘zg‘atishga vakolatli bo‘lgan xo‘jalik sudiga bunday ish qo‘zg‘atilgan yoki yo‘qligi haqida xabar berishlikni so‘rab so‘rovnoma yuboradi.
Qarzdor yuridik shaxsning nochorligi (bankrotligi) to‘g‘risidagi ish bo‘yicha xo‘jalik sudida ish yuritish qo‘zg‘atilgan bo'lsa, ijro ishi yuritish va undimv qaratilgan mol-mulkni realizatsiya qilish masalasi ish mazmunan xo‘jalik sudi tomonidan ko‘rib chiqilgunga qadar to‘xtatib turiladi. 5-§. Qarzdor yuridik shaxs qayta tashkil etilganda va tugatilganda undiruvni qaratish tartibi 0 ‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49-moddasi 5-qismiga ko‘ra, qo‘shib olish shaklida qayta tashkil etish hollarini istisno qilganda, yangidan vujudga kelgan yuridik shaxslar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab, yuridik shaxs qayta tashkil etilgan hisoblanadi. Yuridik shaxs unga boshqa yuridik shaxsning qo'shib olish shaklida qayta tashkil etilganida qo'shib olingan yuridik shaxsning faoliyati to‘xtatilgani haqidagi yozuv yuridik shaxslarning yagona davlat reestriga kiritilgan paytdan boshlab yuridik shaxs qayta tashkil etilgan hisoblanadi.
Qarzdor yuridik shaxs qayta tashkil etilgani yoki qayta tashkil etilayotganligi haqida ma’lumotlar boigan taqdirda sud ijrochisi qarzdor yuridik shaxsning qayta tashkil etilishi shaklini aniqlash uchun yuridik shaxslarni davlat ro'yxatidan o‘tkazuvchi organga so‘rovnoma yuboradi va olingan javobga qarab zaruriyat boiganda «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonunning 12-moddasida belgilangan tartibda qarzdorni uning huquqiy vorisi bilan almashtiradi. Ijro ishi yuritish taraflari almashtirilgandan so‘ng ijro umumiy qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Download 18.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling