Unesco united Nations E


Milliy qadriyatlarning tiklanishi


Download 29.26 Kb.
bet2/3
Sana23.03.2023
Hajmi29.26 Kb.
#1287964
1   2   3
Bog'liq
Qosimov Sirojiddin Tarix #1

Milliy qadriyatlarning tiklanishi. Qadriyatlar muayan millat va xalqlarning shonli va musibatli o’tishi, tarixiy, madaniy tajribalari, saboqlari, surur va baxtiyor damlarining ifodasidir.
“Qadriyatlar — jamiyatda kishilar o’rtasida obro’ga, ehtiborga, hurmatga, nufuzga, ahamiyatga ega kishilar munosabatlar, holatlar, moddiy narsalar va ma’naviy boyliklar majmuasi”27 degan tahrif berilgan. Qadriyatlarni bunday tahriflash uning mohiyatini ancha yorqin ifodalasada, lekin qadriyatlarga berilgan tahriflar ichida o’zining ilmiyligi bilan boshqa tahriflardan ajralib turadi, degan fikrdamiz. Bizningcha, “umuminsoniy qadriyatlar tushunchasi butun jamiyat ahamiyatiga ega bo’lgan, insoniyatning mavjudligi, o’tmishi, buguni va kelajagini, yashashning asosiy yo’nalishlari, qonun-qoidalarini, talab va tartiblarini, odamlarning eng azaliy orzu-umidlari va ideallarini o’zida aks ettiradigan qadriyatlarining umumiy shakllarini ifodalaydi. Umuminsoniy qadriyat tushunchasining ob’ektiv asosi ijtimoiy munosabatlar va jarayonlar, insoniyatning uzluksiz xayotini va turmush tarzini umumlashtiradigan jamiyatdir”. Darxaqiqat “umuminsoniylik” tushunchasida qadriyatlarni tirik tabiatning bir qismi bo’lgan odam zotining hayoti va kamoloti uning tarixiy taraqqiyoti, siyosiy va boshqa birliklar uchun ahamiyati o’z ifodasini topishi kerak. SHu o’rinda insoniyatning eng umumiy jamoasi bo’lgan jamiyatgina, umuminsoniy qadriyatlarning yaratguvchisi va saqlab turuvchisidir. Umuminsoniy qadriyatlar nihoyatda keng ko’lamli va serqirra tushuncha. Uning zaminida eng avvalo ozodlik, erkinlik, tinchlik, demokratiya tufayli shakllangan inson baxt-saodati kabi umumijtimoiy mahno va mazmun kashf etadigan qadriyatlardan iborat, deyish mumkin. Qadriyatlarni faqat moddiy va ma’naviy boyliklar sifatida tushunish va uni shunday izohlash ham ilmiy nuqtai nazardan to’g’ri emas.Demak, «Qadriyat» atamasi bizga arabcha «qadri» so’zidan kirib kelgan bo’lib, bugungi kunda bu tushuncha «borliq va jamiyatdagi biror bir narsa va hodisaning kishilar o’rtasidagi o’zaro ijtimoiy munosabatlardagi tutgan muhim ahamiyatni ifoda etish uchun qo’llanilmoqda. Bu masalaning bir tomoni. Uning ikkinchi tomoni shundan iboratki, «qadriyat» so’zi qadim zamonlarda paydo bo’lgan va barcha xalqlar tillarida mavjuddir. Demak, bu tushuncha bir necha ming yillik tarixga egadir. Fikrimizning isboti sifatida qadimgi dunyoda «aksiologiya» degan atamaning mavjud bo’lishidir. Aksiologiya aslida falsafaning muhim yo’nalishlaridan biridir. Faqat bu tushuncha XIX-XX asrlarga kelib, Yevropa mamlakatlari falsafasida rivojlantirildi. Uning tarixi demokratiya tarixi bilan bog’liqdir. Binobarin, Yevropa mamlakatlarida ham demokratik jamiyatni barpo etishda qadriyatlarga asoslanish ustuvor bo’lgan.Yuqoridagi adabiyotlarning tahlillari shuni ko’rsatadiki, o’tmishdagi barcha ijtimoiy-falsafiy tahlimotlarda qadriyatlarning mohiyati va ularning jamiyat taraqqiyotida tutgan o’rni masalasiga katta ehtibor berishgan. Agarda qadimgi dunyo ijtimoiy-falsafiy tahlimotlarida umuminsoniy qadriyatlar inson aqliy taraqqiyotining mahsuli deb qaralgan bo’lsa, Turondagi ijtimoiy-falsafiy fikrlar tarixida “Avesto”dagi uchinchi davr deb atalgan insoniyat kelajak istiqboli, adolatli jamiyat haqidagi fikrlar uning tarixiy ildizlarini tashkil etadi.
O`zbek xalqining o`ziga xos milliy qadriyatlari bor. O`zbek xalqining shakllanishi qanchalik uzoq tarixiy jarayonda sodir bo`lgan bo`lsa, uning milliy qadriyatlari ham shunchalik uzoq tarixiy jarayon davomida shakllangan. Qadriyatlar dastlab mahalliy mazmunda, ya`ni Xorazm, Surxondaryo, Buxoro, Samarqand, Toshkent, Farg`ona va 
hakozo hududlarda yashovchi elatlarga xos urf-odatlar, rasm-rusumlar, marosimlar tarzida shakllangan. So`ngra ularning eng yaxshilari asrlar davomida saralanib umummilliy qadriyatlar darajasiga ko`tarilgan. Turli mamlakatlarga xos eng yaxshi qadriyatlar saralanib umuminsoniy qadriyatlarga aylanadi. Shu boisdan ham har bir inson uchun o`z milliy qadriyatlarni, shuningdek umuminsoniy qadriyatlarni bilish ham farz, ham qarzdir.Mustaqillik yillarida halqimizning milliy qadriyatlarini tiklash, yangi ma`xno mazmun bilan boyitish yo`lida bir qator xayrli ishlar amalga oshirildi.1994 yil 23 apreldagi Prezident Farmonlari asosida tashkil etilgan Respublika “Ma`naviyat va ma`rifat” jamoatchilik Markazi o`zbek xalqining ma`naviy-madaniy merosini tiklash, millat kelajagini belgilaydigan g`oyalarni yuzaga chiqarish, yuksak iste`dod va tafakkur sohiblarining aqliy ijodiy salohiyatini Vatan ravnaqi sari yo`naltirishga qaratilgan muhim tadbirlar ko`rgazmalar tashkil etish yo`lga qo`ydi. Markaz tomonidan aholi orasida o`tkazilgan sociologik tadqiqotlar, so`rovlar va shu asosda ishlab chiqilgan tavsiyalar jamoat birlashmalari, ilmiy-ijodiy muassasa va tashkilotlar, ommaviy axborot vositalarining ma`naviy-tarbiyaviy faoliyati saviyasini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etdi.
1996 yil yanvarda Respublika “Ma`naviyat va marifat” jamoatchilik Markazi huzurida “Oltin meros” xalqaro xayriya jamg`armasi tuzildi. 1996 yil 27 sentyabrda Respublika Vazirlar Mahkamasining “Oltin meros” xayriya
jamg`armasini qo`llab-quvvatlash to`g`risida” gi qaroriga binoan mazkur jamg`arma davlat tomonidan moddiy jihatdan qo`llab quvvatlandi. “Oltin meros” xayriya jamg`armasi “Xalq merosi durdonalari” ilmiy anjumanlarini, xorijdan izlab topilgan qo`lyozmalar, tarixiy hujjatlar, xalq hunarmandchiligi amaliy san`at namunalari, yodgorliklarini tahlil qilish, ko`rik tanlovlar o`tkazish bilan shug`ullanmoqda. 1996-2002 yillarda “Oltin meros” jamg`armasi sa`y-harakatlari natijasida buyuk allomalarimizning ko`plab madaniy-ma`naviy meros 
namunalari mamlakatimizdan va xorij davlatlaridan izlab topildi, jamlandi hamda kutubxona va muzeylarga joylashtirildi. Shuningdek, u xalqimizning rasm rusumlarini, urf-odatlarini, marosimlarini o`rganish, tiklash, xalqimizga qaytarish, ularning mohiyatini hozirgi kundagi ahamiyatini keng ommaga tushuntirish ishiga katta hissa qo`shmoqda.
MAVZUGA OID TERMINLAR
YUNESKO- United Nations Educational, Scientific and Cultural Organization (Birlashgan Millatlar Taʼlim, Bilim va Madaniyat Tashkiloti), 
Konferensiya- (lot. konferentia -bir joyga toʻplayman)
Konvensiya-  (lot. conventio — shartnoma, bitim)

Download 29.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling