10. Tanlovni tayyorlash va oʻtkazishni tashkil etish va moliyalashtirish.
10.1. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Tashkilotchilar tomonidan moliyalashtiriladigan xarajatlar faqat tayyorgarlik, tashkil etish va tanlov tadbirlarini oʻtkazish va gʻoliblarning mukofot pullari bilan bogʻliq xarajatlarni oʻz ichiga oladi:
15 nafar gʻoliblarga 10 mln. soʻmdan mukofot pullari 25 ish kuni davomida tashkilotchilar tomonidan gʻoliblarning bankdagi hisob raqamiga oʻtkazib beriladi (Agarda gʻoliblar tomonidan barcha hujjatlar vaqtida taqdim etilsa).
Venchur investorlarning qaroriga asosan moliyalashtirilishi rejalashtirilgan startap loyihalar, moliyalashtiruvchi venchur jamgʻarma va startap loyiha asoschisi kelishuviga asosan, Venchur jamgʻarma investitsiya mablagʻini gʻoliblarning bankdagi hisob raqamiga oʻtkazib beradi (Investorlarning qaroriga asosan startap loyiha istiqbolli deb topilsa investitsiya kiritiladi, aks holda investitsiya kiritilmaydi).
10.2. Tanlov oʻtkaziladigan joyga borish va qaytish uchun transport xarajatlari va ovqatlanishi, turar joyi, madaniy-maishiy faoliyati bilan bogʻliq xarajatlar ishtirokchilarning oʻzlarining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
11. Yakunlovchi qoidalar
11.1. Grant mablagʻlarining biznes loyiha boʻyicha maqsadli foydalanilishi Tashkilotchilar tomonidan monitoring qilinadi.
11.2. Tanlov ishtirokchisi tomonidan tanlov natijalari boʻyicha bildirilgan eʼtiroz va shikoyatlar nazorat guruhlari tomonidan qonunchilik hujjatlari hamda ushbu nizom tartibiga muvofiq amaldagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda koʻrib chiqiladi.
11.3. Nazorat guruhi tanlov ishtirokchilarining eʼtiroz va shikoyatlarini qonunchilik hamda ushbu nizom talablaridan kelib chiqib mustaqil koʻrib chiqadi.
Tashkilotchilar va Boshqaruv komissiyasining qaroriga asosan ishtirokchilarga qulaylik yaratish va Tanlovni samarali tashkil etilishini ta’minlash maqsadida Tanlov nizomiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |