Uning to’liq ismi Abul Qosim ibn Umar az-Zamahshariy 19 mart 1075 yili Xorazmning Izmiqshir qishlog’ida tug’ilgan, bolaligida varrak uchrayotganida tomdan yiqilib oyog’ini sindirgan va bir umirga nogiron
Download 0.58 Mb.
|
Al Zamaxsharip
- Bu sahifa navigatsiya:
- Arabiyatda dars aning virdi.
Uning to’liq ismi Abul Qosim ibn Umar az-Zamahshariy 19 mart 1075 yili Xorazmning Izmiqshir qishlog’ida tug’ilgan, bolaligida varrak uchrayotganida tomdan yiqilib oyog’ini sindirgan va bir umirga nogiron (bir oyog’i singan edi) bo’lib qolgan. Zamahshariyning otasi Umar ibn Ahmad masjidda imomlik qilgan, onasi taqvodor va dindor ayollardan bo’lgan. Uning arab grammatikasiga bag’ishlangan “Al Mufassal” kitobi o’zining darajasiga ko’ra arab olimi Sibavvaxning kitobidan keyin turadi. Hayotligidayoq uni “Butun olimlarning ustodi”, “Butun arablar va ajamning (arab bo’lmaganlar) ustodi”, “Jorulloh-Ollohning qo’shnisi”, “Xorazmning sharafi” va boshqa laqablar bilan ulug’lashgan. Boshlang’ich ta’limni o’z qishlog’ida olgan Mahmud keyinchalik Gurganch va Buxoro madrasalarida tahsilni davom qildirgan. Madrasani tugatganidan so’ng mustaqil mutolaa bilan shug’ullandi. U o’qishi davomida Abumuzar ibn Jarir Zabbiyo Isfaxoniy, Nosir Hosiriy, Abusa’d Zakoniy, Abulxattob ibn Abulbatir singari o’z zamonasining mashhur olimlari bilan yaqin muloqotda bo’ldi va ulardan ta’lim oldi. Mahmud hattotlikni puxta o’zlashtirib olib odamlarga kitoblar ko’chirib berib tirikchilik qilgan. Ilmga tashnaligidan bir joyda o’tirmas edi, doimo izlanishda bo’lgan. U o’zining nogironligiga qaramay ilm izlab Isfaxon, Xuroson, Bog’dod, Hijozda, ikki marta Makkada safarda bo’lgan. Bir necha yil Iroq va Arabiston yarim orolida yashab, yirik tilshunos olim sifatida “Asos ul-balog’a” (“Chechanlik poydevori”), “Alfoiq fi g’aribil-hadis”), (“Hadisdagi notanish so’zlarni o’zlashtiruvchi”) kabi ajoyib asarlar yaratib arab tilshunoslik fanining rivojiga munosib hissa qo’shdi. Zamahshariy o’zining “Al-jilob valamkina valmiey” yoki “Kitobu asmo il-adviya val-jibol”, (“Tog’, manzil va suvlar” yoki “Dori-darmon va tog’larni ismlari kitobi”) kabi toponomik asarlarini yaratdi. Uning “Muqaddamat ul-arab”, (“Adabiyot muqaddimasi”), “Al-mustaqso fi amsol il arab”, (“Arab maqolalarini nihoyasiga etkazuvchi”), “Navobig ul-kalim”, (“Hikmatli so’zlar”, “Maqomat az Zamahshariy” (“Zamahshariy maqomlari”), “Atvoq uz-zaxab fil ma’vo’iz val-xutab” (“O’git va nasihatlarning oltin munchoqlari”) asari bilan adabiyotshunoslik fanini rivojlantirdi. Ayniqsa, uning keyingi asari badiiy nasrning yuksak namunalari hisoblanadi. Zamahshariyning arabcha devoni ham bo’lib, lirik, falsafiy she’rlar qasida, faxriya, marsiya va nazmiy maktublardan iborat. Arabiyatda dars aning virdi. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling