Unit 76 Geografik nomlarning the aniq artikili va the aniq artikilisiz ishlatilishi


Download 17.8 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi17.8 Kb.
#1564731
Bog'liq
UNIT 76, 77


UNIT 76
Geografik nomlarning THE aniq artikili va THE aniq artikilisiz ishlatilishi
A). continents-[continents]-qi’ta, materik nomlari oldida THE aniq artiklini ishlatmaymiz. ASIA-[EYSHA]-OSIYO, EUROPE, SOUTH AMERICA
B). Odatda mamlakat va shtatlar nomlari THE aniq artikilisiz ishlatiladi: Japan, France, Texas lekin

Republic-[repablik]-respublika
Union-[yunion]-ittifoq
Kingdom-[kingdom]-qirollik
States-[steytes]-shtatlar

so’zlarining o’zi bilan birga kelgan davlat nomlari oldidan THE aniq artiklini ishlatamiz.
The German Federal Republic-[ze jerman federal repablik]-Germaniya Federal Respublikasi The Republic of Irland-[ze repablik of irland]-Irlandiya Respublikasi The Sovet Union-[ze sovet yunion]-Sovet Ittifoqi The United Kingdom-[ze yunayted kingdom]-Birlashgan Qirollik The United States of America-[ze yunayted steytes of amerika]-Amerika Qo’shma Shtatlari The United Arab Emirates-[ze yunayted arab emireyts]-Birlashgan Arab Amirligi Biz yana ko’plikda yozilgan ammo bitta bo’lgan mamlakat nomlari bilan ham THE aniq artiklini ishlatamiz.
The Netherlands-[ze nizerlands]-Niderlandiya The Philippines-[ze filippines]-Fillippin
C). Biz shaharlar, shaharchalar, qishloqlar nomlari oldidan THE aniq artikilini ishlatmaymiz. New York, Tashkent, Sherobod, Boykishlok lekin faqatgina The Hague-[ze hague]-Gaga (Niderlandiyadagi shahar nomi oldidan THE aniq artiklini ishlatamiz.
D). Agar orollar nomlari ko’plikda kelsa unda THE aniq artikli bilan ishlatamiz, ammo agar birlikda kelsa unda hech qanday artiklsiz ishlatamiz.
The Bahams-Bagamma orollari, The Canaries(the Canary Islands)-Kanari orollari, Corfu, Sicily
E). Hududlar dunyo tomonlari the north-shimol, the east-sharq, the west-g’arb, the south-janub, the middle-o’rta kabi so’zlar bilan kelsa unda THE aniq artikili bilan ishlatamiz. Lekin shu dunyo tomonlariga ern qo’shimchasi qo’shilib sifatga aylantirilgan bo’lsa unda THE aniq artikili ishlatilmaydi. Southern-janubiy, northern-shimoliy, eastern-sharqiy, western-g’arbiy
The north of England --- northern England / the west of Canada --- western Canada
F). Ko’plikdagi tog’lar nomalri ham THE aniq artikili bilan ishlatiladi. Lekin birlikdagi tog’lar artiklsiz ishlatiladi. The Rocky Mountains, The Rockies, The Ands, The Alps, The Kuhtans, Everest, Ben Nevis
G). Ko’l nomlari doimo THE aniq artikilisiz ishlatiladi. Lake Constance-konstans ko’li
H). Okeanlar/ dengizlar/ daryolar/ kanallar nomlari doimo THE aniq artikili bilan ishlatiladi.

The Atlantic (oken)
The Mediterrian (dengiz)
The Nile (daryo)
The Panama Channal (kanal)
The Amudaryo
The Aral
The Sherobod Channal


UNIT 77
Ko’cha nomlari va binolar nomlari THE aniq artikl bilan yoki usiz ishlatilishi
A). Odatda ko’chalar/ yo’llar/ xiyobon va maydonalar nomlari oldidan THE aniq artikilini ishlatmaymiz. Broadway/ Red square Ammo ba’zi mustasno holat ham bor bo’lib, THE MALL (in Londan) mazkur yo’l the aniq artikili bilan ishlatiladi.
B). Ko’plab aeraport va universitetlarga atab qo’yilgan nomlar ikkita so’zdan iborat bo’ladi. Misol uchun: Kennedy Airport, Cambridge University Bunda birinchi so’z odatda odamning ismi va ikkinchi so’z joy nomidan iborat bo’ladi. Odatda bunday joy nomalri kelsa the aniq artikilini ishlatmaymiz.
Ammo THE WHITE HOUSE-OQ UY / THE ROYAL PALACE-QIROLLIK QASRI deb mustasno holatda ishlatamiz.
C) Biz mehmonxonalar/ restaranlar/ qahvahonalar/ teatrlar/ kinoteatrlar/ muzeylar/ gallaeriyalar nomlari oldidan THE aniq artikilini ishlatamiz.
The Hilton(mehmonxona)
The Bombay Restaurant
The Red Lion(qahvaxona)
The National Theatre
The Odean(kinoteatr)
The British Museum
The Tate Gallery
D) Ko’plab do’konlar/ restaranlar/ mehmonxonalar/ banklar nomlari uni tashkil qilgan , asos slogan odamning ismi bilan boshlansa bu nomlar S yoki ‘S bilan tugaydi lekin THE aniq artikili ishlatilmaydi. Claridge’s – Klaridjelar mehmonxonasi Barclays Bank – Barklaylar banki
Cherkovlar nomlari esa SAINT-[SEYNT]-AVLIYO nomi va Asos slogan kishining ismi bilan boshlanadi va unga ham aniq artikl ishlatilmaydi. St(Saint) John’s Church-avliy Johns cherkovi
E) Biz joylar va binolar nomlarini agar OF predlogi bilan ishlatilgan bo’lsa unda THE aniq artikili bilan ishlatamiz. The Tower of London- London minorasi
F). Biz doimo gazeta nomlarini THE aniq artikili bilan ishlatamiz.
The Times / The Washington Post/ The Darakchi
Download 17.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling