bunga ijobiy javob topilgandan so‘ng ular din tarixiga e'tibor
jaratdilar.
SHunday qilib, XVIII asr va XIX asming birinchi yarmida
.adqiqotchilar tomonidan to‘plangan nazariy ma’lumotlar gumanitar
fanlar sohasida yangi fan-«dinshunoslik»5 ning shakllanishiga olib
keldi. XIX asming ikkinchi yarmida
dinshunoslik fani falsafa, din
falsafasi, antrapologiya, etnograflya, arxeologiya, tilshunoslik, qiyosiy
mifologiya va folklor kabi fanlar bilan to‘qnashgan
holda jahondagi
dinlami tadqiq qilishga kirishdi.
Din haqidagi yangi fanni vujudga keltirish harakati Evropa
klerikallari (din himoyachilari) tomonidan salbiy qabul qilinib, unga
qarshi tanqidiy fikrlar aytildi. Ular o‘z e’tirozlarini ham nazariy, ham
amaliy jihatdan asoslashga harakat qildilar.
Ulaming fikricha, dinni
ratsional (aqliy) uslubda o‘rganish mumkin emas ekan, chunki din o ‘z
mazmuni bilan irratsional (aqldan yuqori) elementlarga ega. Amaliy
jihatdan dinni o‘rganish esa, ya’ni turli dinlarning qiyosiy tahlili diniy
qadriyatlaming ahamiyatining pasayishiga olib keladi.
Bunday
e’tirozlaming
mavjudligiga
qaramasdan
Evropa
jamoatchiligida dinshunoslikka bo‘lgan qiziqish so‘nmadi. XIX
asming 70-yillaridan boshlab din falsafasi va tarixi fanidan Angliya,
Gollandiya,
Germaniya, Fransiya, Italiya va boshqa mamlakatlaming
yirik universitetlarida ma’ruzalar o‘qila boshlandi.
Din falsafasi fanining predmetini mazmuni falsafasi shundaki, u
dnishunoslik fanidan farqli ravishda dinning paydo bo‘lishi va
rivojlanish
tarixini, uning ta’limoti, vujudga kelishi va shakllanishini
o'rganishda falsafiy ta’limot va tamoyillarga suyanadi. Zero, bu fan
jamiyat taraqqiyoti jarayonida din bilan bog‘liq bo‘lgan barcha
ijtimoiy
hodisalami-mafkura va aqidalar, urf-odat va marosimlar,
masjid va diniy tashkilotlaming talab va tartiblarini falsafiy tahlil
qilishni ko‘zda tutadi.
Din falsafasining obyekti va predmeti haqidagi qarashlarda
hozirgi zamon olimlarida bu masalaga
turlicha yondashuvlami
kuzatish mumkin. Aksriyat olimlar din falsafasi diniy ongning tadqiq
qilish orqali din fenomeni va madaniyatni o‘rganadi, degan fikmi
quvvatlaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: