Universiteti a. Abdusamedov, B. Jalilov, A. Tashanov
W illiam l.R o w e . Philosophy o f R eligion. U SA W adsw orth C e n ga ge Learnin g, 2 0 0 7 . P. 4 1
Download 4.52 Mb. Pdf ko'rish
|
Dinlar falsafasi.AbdusamedovA. Djalilov B. TashanovA.
17 W illiam l.R o w e . Philosophy o f R eligion. U SA W adsw orth C e n ga ge Learnin g, 2 0 0 7 . P. 4 1
37 Emil Dyurkgeym, Maks Veber va Georg Zimel laming sotsiologiya fanining otasi va hozirgi zamon sotsiologiya fanining asoschilari deb atash mumkin. Emil Dyurkgeym birinchilardan bo‘lib, dinni tahlil qilishga kirishdi. U 1897-yili aholining katoliklar va protestantlar guruhi o‘rtasida o ‘zini-o‘zi o‘ldirish hodisasini o‘rganib, diniy ibodatning asosiy funksiyalarini izohlab berdi. Maks Vebeming qarashlarida esa jamiyatning iqtisodiy asosi bilan dinning o ‘zarc aloqasi mavjudligiga etibor karatgan. Bundan tashqari olim din rahnamolari (liderlari) va din tipologiyasini yaratishga asos soldi. Din sotsiologiyasining predmeti shundan iboratki, bunda sotsiolog sotsial harakat tizimining jamoaviy axloqining bir ko‘rinishi sifatida dinga sotsial fenomen deb qaraydi. Biroq sotsiologiya individ va unga dinning ta’sir darajasini o‘rganishi bilan ham shug‘ullanadi. Ammo kishilar jamoasi birligi, uning a ’zolaridagi sotsial munosabatlari bu boradagi tadqiqotning asosiy ob’ektidir. Diniy guruhlar, ularning ma’lumotlari, amaliy faoliyatlari din sotsiologiyasi predmetini tashkil etadi. SHu bilan birga diniy guruhlaming faoliyati va ta’siri (kishilaming din yo‘liga kirishi, bunday axloqiy obrazlami qo‘llab-quwatlashi, ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlaming tiklanishi va boshqalar) o‘rganiladi hamda tashqi omillar (iqtisodiy, ma’naviy, axloqiy, huquqiy)ning dindorlarga ta’siri, uning sotsial oqibatlari tahlil qilinadi. Shu bilan birga individ axloqiga dinning ta’siri diniy e’tiqodning umumqoidalari asosida kundalik turmushi jarayonida dunyoqarashiga singdirilib, shaxsda doimiy xulq va motivatsiya shakllantiriladi. Ammo diniy tashkilotlar o ‘z muxlislari ongga va xulqiga diniy ta’sirini o‘tkazishda intizomli metodlami qo‘llash bilan erishadilar. Din haqidagi fanning metodologik asosi boshqa fanlarda bo'lgani kabi emperik materiallarga suyanish tamoyiliga amal qiladi. Sotsiologik .tahlilning predmeti Xudo haqidagi masala bo‘lmasdan, balki Oliy ruhga e’tiqod qiluvchi ijtimoiy guruhlaming xulqi, uning sababi, oxir-oqibatidagi mazmuni masalasidir. Sotsiologik tadqiqot jarayonida kuzatiladigan, o‘lchab ko‘riladigan, hattoki topshirib ko‘rish imkoni bo‘lgan narsa va hodisalar shug‘ullanishi lozim. Agar, masalan din bilan axloq o'rtasidagi munosabatni o‘rganishni asosiy obyekt, ya’ni predmeti qilib olinadigan bo‘lsa, sotsiolog dinga ishonuvchilar dinga ishonmaydiganga qaraganda axloqiy madaniyat jihatdan ustunligi haqida xulosa chiqarishi uchun, uni oddiy so‘z 38 orqali ifodalash etarli'emas. Buning uchun tadqiqotchi o‘z fikrini aniq lalillar orqali isbotlab berishi lozim. Dinning sotsiologik tadqiq qilishning samarasi, uning qanchalik boshqa fanlaming ma’lumotlaridan foydalanganlik darajasiga ham bog‘liqdir. Tarix fanlari va psixologiyadan tashqari din sotsiologiyasi rivojiga ijtimoiy antropologiya, etnologiya, lingvistika, simioteka va boshqa fanlar o‘zlarini katta xissalarini qo'shib kelmoqdalar. 0 ‘z navbatida, dinning sotsiologik konsepsiyasi boshqa fanlaming rivojiga munosib xissa qo‘shib kelmoqda. Din sotsiologiyasi tadqiqoti jarayoni uchun muhim emperik materiallarni olishda so‘rov anketalarini o‘tkazsh metodidan keng foydalaniladi. Bunday tadqiqot natijasida olingan materiallar (raqamlar, foizlar) din bilan bog‘liq u yoki bu masalalar haqida konkret mulohaza yuritish va xulosalar chiqarish imkoniyatini beradi. Olimlaming yozishicha din sotsiologiyasining quydagi yo‘nalishlari mavjud: - din sotsiologiyasida evollyusionizm masalasi; - din sotsiologiyasida funksionalizm masalasi; - din sotsiologiyasida neoevollyusionalizm masalasi. Din sotsiologiyasining metodologiyasi va metodlaridan foydalanish din va guruhlar, din va jamiyat a’zolari o‘rtasidagi munosabatlami ilmiy asosini tushunish imkoniyatini beradi. Download 4.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling