Universiteti a. Abdusamedov, B. Jalilov, A. Tashanov
Йулдошев С.А. Антик фалсафа.-Т.: 1999.-Б.22
Download 4.52 Mb. Pdf ko'rish
|
Dinlar falsafasi.AbdusamedovA. Djalilov B. TashanovA.
19 Йулдошев С.А. Антик фалсафа.-Т.: 1999.-Б.22
20 С.Йулдошев, М.Усмонов, Р.Каримов. Кадимги ва Урта аср Fap6wii Европа фалсафаси.-Т.: "Шарн", 2003.' Б.16 46 ;;irga u ham xudolar ham insonlar singari o ‘tkinchidir, chunki ular ham insonlar kabi atomlardan tuzilgan, deydi.21 Suqratning shogirdi bo‘lgan Platon falsafiy masalalami ■lushohada qilishda, ayniqsa, diniy-falsafiy muammolami yoritishda istozidan farqli ravishda o‘z ta’limotini din bilan bog'liq holda olib ;ordi. “Qadimgi va o'rta asr G'arbiy Evropa falsafasi” kitobining ■ nualliflari yozishicha, “Ob’ektiv maqsadga muvofiqlik to‘g‘risidagi Platon ta’limoti teologik mohiyat kasb etadi. Xudo nafaqat tirik ■navjudod - u mutloq farovonlikdir. Shuning uchun inson ilohiyotga intilishi zarurdir”.22 Demak, Xudo haqidagi ilmlami bilish inson uchun zaruriy holatdir. Farovonlikning asosi xudodan ekan, inson iabiatan xudo mohiyatini bilishga intiladi. Yqqoridagi kitob mualliflari Platonning “Qonunlar” asaridan shunday fikmi keltiradilar: “Xudo barcha narsalaming ibtidosi, o‘rtasi va nihoyasidir. U shuning uchun ibtidoki, hamma narsa undan kelib chiqadi: u shuning uchun o'rtalikdirki u barcha narsalaming mohiyatini tashkil etadi va kelib chiqish xususiyatiga egadir. U shuning uchun nihoyasidirki, barcha narsalar o‘z maqsadiga intilgani kabi unga intiladi” .23 Bundan ko'rinadiki, Platonning falsafiy qarashlari o‘z zamondoshlariga nisbatan quyidagi tomonlari bilan ajralib turadi: -Platon o‘zining falsafiy ta’limoti tizimini yaratishga intilgan, ammo uning ta’limoti din bilan bog‘liq holda shakllangan; -Platonning diniy-falsafiy ta’limoti kelgusida teologiya (ilohiyot) falsafasini rivojiga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Yuqoridagi fikrlarda shunday xulosalarga kelish mumkin: birinchidan, din falsafasi yo‘nalishida dinning mohiyatini o‘rganish inson va jamiyat sivilizatsiyasining ilk davrdan boshlanganligi, bunday qarashlar Sharqdagi qadimgi dunyo faylasuflari ijodi va qarashlarida o‘z ifodasini topgan; ikkinchidan, Qadimgi Xitoy, Hindiston, Qadimgi YUnonston, Rimda falsafiy muammolar bilan bir qatorda din falsafasi yoki diniy-falsafa masalalariga ham alohida e’tibor berilgan va muayyan xulolsalar chiqarilgan: a) quldorlik jamiyati davrida dinni mohiyatini o‘rganish haqidagi asosiy falsafiy masala insonlar ongida Xudo obrazini shakllantiruvchi sabablarini 21 Цагапв:С.Йулдошев, М.Усмонов, P.Каримов, уша китоб,-Б.41 22 Цагапд:С.Йулдошев, М.Усмонов, Р.Каримов, уша китоб.-Б.49 23 С1агапв:С.Й^лдошев, М.Усмонов, Р.Каримов, уша китоб.-Б.49-50 47 aniqlash bo‘lgan; b) diniy-falsafiy yo‘nalish tarafdorlarining asosiy vazifasi xudo borligini isbotlashdan iborat bo‘lgan; uchinchidan, antik davr faylasuflari Pifagor, Geroklit, Suqrat, Demokrit, Platon va Milet maktabi vakillari falsafiy muammolar qatori diniy-falsafiy qarashlaming shakllanishi shu jumladan, din falsafasini rivojiga o‘z xissalarini qo‘shganlar; to‘rtinchidan, Platonning falsafiy qarashlarida ko‘proq diniy-falsafiy yo‘nalish kengroq o‘rin olib, teologiya (ilohiyot) haqidagi fan va qarashlami rivojlanishiga o‘z xissasini qo‘shgan. Download 4.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling