Pedagogning bilish qobiliyati - fanning tegishli sohalariga oid bilimlarni
chuqur o‘zlashtirish qobiliyatidir. Bunday qobiliyatga ega bo‘lgan o‘qituvchi fanni
o‘quv kursi hajmidagina emas, balki ancha keng va chuqur idrok etadi, o‘z fani
sohasidagi kashfiyotlarni hamisha kuzatib boradi. Faniga nihoyatda qiziqadi,
tadqiqot ishlarini ham bajaradi.
Pedagogning o‘quv materialini bayon etish qobiliyati - o‘qituvchining
o‘quv materialini o‘quvchilarga tushunarli qilib bayon etishi, material yoki
muammoni ularga aniq va tushunarli qilib aytib berish, o‘quvchilarda mustaqil
ravishda faol qiziqish uyg‘otish qobiliyatidir.
O‘qituvchi zarur hollarda o‘quv materialini o‘zgartira olishi, qiyin narsani
oson, murakkab narsani oddiy, noaniq narsani tushunarli qilib o‘quvchilarga
yetkaza olishi darkor.
O‘qituvchi o‘quvchining mustaqil fikrlashini doimo rag‘batlantirib, ular
ruhiyatini hisobga oladi. Qobiliyatli pedagog o‘quvchilarning bilim va kamolot
darajasini hisobga oladi, ularning nimani bilishlari va hali nimani o‘rganishlari
lozimligini tasavvur etadi. Qobiliyatli, tajribali o‘qituvchi empatiyaga moyil (o‘zini
o‘quvchining o‘rniga qo‘ya oladigan) bo‘lib, taqdim qilinayotgan o‘quv materialini
idrok qilishda tahsil oluvchining yoshini ham inobatga olishni biladi, chunki katta
yoshdagilarga aniq va ravshan bo‘lgan narsa kichik yoshdagilarga tushunarsiz va
mavhum bo‘lishi mumkinligini inobatga oladi.
Qobiliyatli o‘qituvchi o‘quv
materialini bayon etish jarayonida o‘quvchilar tomonidan bilim o‘zlashtirish
qanday kechayotganligini qator belgilar asosida aniqlaydi va zarurat tug‘ilganda
bayon qilish usulini o‘zgartiradi.
O‘qituvchining kuzatuvchanlik qobiliyati - o‘qituvchining tahsil oluvchilar
ichki dunyosiga kira olish qobiliyati, o‘quvchi shaxsini va uning vaqtinchalik ruhiy
holatlarini juda yaxshi tushuna bilish bilan bog‘liq bo‘lgan psixologik
kuzatuvchanlikdir. Qobiliyatli o‘qituvchi uncha katta bo‘lmagan tashqi ko‘rinishlar
asosida o‘quvchining ichki holatidagi juda arzimagan o‘zgarishlarni ham fahmlab
oladi. O‘quvchilarning kayfiyati, ularning darsga tayyorgarlik darajasini aniqlay
oladi.
323
Do'stlaringiz bilan baham: |