Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich
Nutq orqali va so‘zsiz tushuna olish
Download 2.03 Mb. Pdf ko'rish
|
-.-
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12- chizma. Nutq turlari Og‘zaki nutqning eng sodda turi dialog
Nutq orqali va so‘zsiz tushuna olish. Kommunikativ qobiliyat fikrni, yoki
biror tushuncha, belgini anglatuvchi psixologik jarayon bo‘lib, uning namoyon bo‘lishi uch xil tarzda namoyon bo‘ladi( -rasm). 11-rasm. Nutq - og‘zaki kommunikatsiya, ya'ni til yordamida munosabat qilish jarayoni demak. Ijtimoiy tajribada biron-bir mohiyatni anglatadigan so‘zlar og‘zaki kommunikatsiya vositasi hisoblanadi. So‘zlar eshittirib, yoki ovoz chiqarmasdan aytilishi, yozib qo‘yilishi, kar- soqov kishilarda - biron-bir mohiyatga ega bo‘lgan imo-ishoralar bilan almashtirilishi (bunda harflar barmoqlar harakati (“dakti”-barmoq, “daktilos” – “imo ishorali nutq”) bilan ifoda etiladi. Nutq: yozma va og‘zaki nutq, o‘z navbatida -og‘zaki nutq: diologik va monologik turlarga ajratiladi (-chizma). kommunikat- siya turlari og`zaki kommunikatsiya, nutq yozma kommunikatsiya imo-ishora, hatti harakatli kommunikatsiya 333 12- chizma. Nutq turlari Og‘zaki nutqning eng sodda turi dialog, ya'ni allaqanday masalalarni birgalikda muhokama qilayotgan hamsuhbatlar tomonidan olib boriladigan suhbat hisoblanadi. Gaplashayotganlarning bir-birlariga luqma tashlash, suhbatdoshdan keyin iboralarni va ayrim so‘zlarni takrorlash, savollar, qo‘shimchalar, izoh berish, faqat so‘zlashayotganlar tushunadigan shamalar qilish turli xil yordamchi so‘zlar va undovli so‘zlar ishlatish nutq uchun xos xususiyatdir. Nutqning o‘ziga xos xususiyatlari ko‘p jixatdan hamsuhbatlarga bog‘liq bo‘ladi. Aksariyat hamma joyda ham pedagog oilaviy muhitdagi dialogni hyech qachon sinfda o‘quvchilar bilan munosabatda bo‘lgani kabi olib bormaydi. So‘zlashuv chog‘ida hissiy hayajonlanish darajasi katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Quvongan, iymangan, hayratlangan, qo‘rqqan, jahli chiqqan kishi xotirjam holatdagi kabi gapirmaydi: o‘zgacha ohangda, leksikonida kam ishlatadigan so‘z va iboralardan foydalanadi. Og‘zaki nutqning ikkinchi bir turi - monolog nutq bo‘lib, uni bitta kishi boshqasiga, yoki, uni tinglayotgan ko‘plab kishilarga qarata gapiradi: bunga o‘qituvchining hikoyasi, o‘quvchining javobi, ma'ruza va shu kabilar kiradi. Monologik nutq tuzilishi jihatdan juda ham murakkab bo‘lib, fikrning tugallanganligi, grammatik qoidalarga qat'iy amal qilinishi, mantiqan izchillik bo‘lishini taqoza etadi. Monologik nutqni egallash nutqqa nisbatan katta Nutq turlari yozma og`zaki monolog diаlog 334 qiyinchiliklar tug‘diradi, uning takomillashuvi uchun tajriba zarur bo‘ladi. O‘qituvchilarda bu nutqni shakllantirish maxsus vazifa hisoblanadi va pedagoglar uni ta'limning qator yillari mobaynida amalga oshirishadi. Qiynalmasdan, bemalol suhbatlasha oladigan, lekin oldindan yozilgan matndan foydalanmaslik monolog xarakteriga ega bo‘lgan og‘zaki axborot (ma'ruza, keng ma'ruzalar va shu kabilar) bilan chiqishga qiynaladigan katta yoshli odamlar ham uchrab turishi tasodifiy hol emas. Bu o‘z vaqtida o‘qituvchilar tomonidan o‘quvchilarda monologik nutqni shakllantirishga yetarli e'tibor berilmaganligi oqibatida yuzaga keladi. Yozma nutq insoniyat tarixida og‘zaki nutqdan ancha keyin paydo bo‘lgan. U bir-birlaridan makon va zamon bilan ajralib turuvchi odamlar o‘rtasida munosabat qilish extiyoji sifatida paydo bo‘ldi va fikr shartli sxematik suratlar yordamida ifoda etiladigan hozirgi zamon yozuviga qadar rivojlandi. Yozuv tufayli odamlar to‘plagan tajriba, madaniy-ma'naviy qadriyatlarni avloddan avlodga yetkazish imkoni tug‘iladi. Yozma nutq fanda foydalaniladigan murakkab umumlashmalarni rivojlantirishda, badiiy timsollarni yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi. Odamlar munosabati axborot uzatish tariqasida kommunikator bilan retsepient o‘rtasida og‘zaki muomalaga kirishish natijasida yuzaga keladi. Odamlar munosabatiga aloqa bog‘lovchilarning his-hayajoni ham qonuniy ravishda jalb etilgan bo‘ladi. U munosabatga kirishganlarga nisbatan muayyan tarzda taalluqli bo‘lib, nutqiy fikr-mulohazalar bilan qo‘shilgan holda yuzaga chiqadigan axborot almashishning alohida, nutqsiz jihati, nutqsiz kommunikatsiya vositalari: qo‘l, barmoq va yuz harakatlari, imo-ishora, ohang, puaza turq-tarovat, kulgi, ko‘z yoshi va shu kabilar kiradiki, bular og‘zaki kommunikatsiya vositalari – so‘zlarni to‘ldiruvchi va kuchaytiruvchi, ba'zan esa o‘rnini bosuvchi belgilar sistemasini hosil qiladi. 335 Nutqsiz kommunikatsiya vositalari bamisoli o‘ziga xos his-tuyg‘u tili bo‘lib, so‘z bilan ifodalanidagan til kabi u ham ijtimoiy taraqqiyot mahsuli hisoblanadi va turli milliy madaniyatlarda bir-birlariga o‘xshamaslgi mumkin. Nutqsiz kommunikatsiyani amalga oshirish uchun turli xil yosh guruhlarda turlicha vositalar tanlanadi. Jumladan, tilga kirmagan go‘daklar, yosh bolalar yig‘idan ko‘pincha katta yoshdagilarga ta'sir qilish va ularga o‘z istaklari hamda kayfiyatini yetkazish vositasi sifatida foydalanadilar. Shu bilan birga og‘zaki kommunikatsiya ta'sirini kuchaytirishda munosabatga kirishuvchilarning fazoda joylashuvi muhim axamiyatga egadir. Nutqsiz kommunikatsiyada qo‘llanilayotgan vositalarning axborotni so‘z bilan yetkazish maqsadlariga va mazmuniga muvofiqligi munosabat madaniyatini tarkibiy qismlaridan hisoblanadi. Ayni paytda nutqsiz kommunikatsiya – imo- ishora, pantomimika, nutqning ohangdagi rang-barangligi kabilar asosida ham rivojlanishi mumkin. Ma'lumki, bo‘lajak o‘qituvchilar nazariy bilimlarni egallash bilan birga amaliy malaka va ko‘nikmalarni ham egallashlari zarur. Demak, pedagogik, psixologik bilimlar asosida o‘quvchilarning ilmiy bilim, malaka va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishini ta'minlash, darsni loyihalashtirish, tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish, o‘quvchilarning individual, jamoa, sinfdan va maktabdan tashqari ishlarini tashkil qila olish, sport bilan shug‘ullanish, sayohat uyushtirish va ularga rahbarlik qilish, ota-onalar, jamoatchilik o‘rtasida olib boriladigan tadbirlarga rahbarlik qilish, va boshqa tarbiyaviy malaka hamda ko‘nikmalarni olib borishlaridan iboratdir. Download 2.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling