Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich


O‘qituvchining andishalilik, bag‘rikenglik, samimiylik va boshqa sifatlari


Download 2.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet195/214
Sana19.10.2023
Hajmi2.03 Mb.
#1709590
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   214
Bog'liq
-.-

O‘qituvchining andishalilik, bag‘rikenglik, samimiylik va boshqa sifatlari. 
O‘qituvchi faoliyatida andishalilik muhim ahamiyat kasb etadi. O‘qituvchi ota-
onalar, sinf jamoasi, o‘quvchi shaxsi bilan yakka tartibda ishlaganda pedagogik 
takalluf va nazokatga alohida e'tibor berishi lozim. 
Ayrim hollarda muayyan axborot faqat ota-ona va o‘qituvchi yoki o‘qituvchi 
va o‘quvchi orasidagina tahlil qilinishi mumkin. Zinhor o‘qituvchi konfidensial 
(maxfiy) axborotni jamoaga chiqarmasligi lozim. 
O‘qituvchining bag‘rikenglik xususiyati uning kechirimli, chidamli bo‘lishida 
namoyon bo‘ladi. Bag‘rikeng o‘qituvchi sodir etilgan noxush voqyealarni 
xotirasidan chiqarib tashlashga harakat qiladi, o‘quvchilarining xulq-atvoridagi 


327 
noxo‘sh ko‘rinishlarni ular yuziga solmaydi, aksincha ularni bartaraf etishga 
yordam beradi.
Samimiylik o‘qituvchining o‘quv muassasasida yuzaga kelayotgan ijobiy 
taraqqiyparvar voqyealarga va hodisalarga nisbatan ilk munosabatini, undagi 
samimiylikni ifodalaydi. O‘qituvchining samimiyligini o‘quvchilar darrov 
sezishadi. Bu uning bolalar bilan samimiy munosabatlarida, hamkasabalari 
faoliyatidagi yutuqlariga bildirilgan hayrihohlikda, shogirdlar muvaffaqqiyati va 
muvaffaqqiyatsizligiga munosabatining tabiiyligida, o‘quvchilar xulqi, 
qobiliyatlarini xolisona baholashda, el-yurt, jamoa zafarlariga, jahondagi sodir 
bo‘layotgan ijobiy voqyelikka odilona munosabatda bo‘lishda namoyon bo‘ladi. 
Pedagogning xususiy qobiliyatlariga bilim, malaka va ko‘nikmalarni 
egallash faoliyati va shaxsni tarbiyalash qobiliyati ham tegishlidir. O‘qituvchi o‘z 
mahoratini takomillashtirib borishi, tajribasini ommalashtirishi lozim. Mahoratli 
o‘qituvchi boshqa insonning ichki holatini to‘g‘ri baholash, unga hamdardlik 
bildirish, hamnafas bo‘lish qobiliyati (empatiya)ga qodirdir. Shu bilan birga tarbiya 
jarayonida tahsil oluvchilarning individual xususiyatlarini inobatga olish, 
tarbiyalanuvchilarga o‘rnak bo‘lish, ular obro‘sini qozonish o‘qituvchilik 
kasbining mahoratidan dalolat beradi. Zero, taniqli o‘zbek shoiri Abdulla Oripov 
ta'kidlaganidek: 
Muallim haqida so‘zim ushbudir: 
Muallim kamolot ichra ko‘zgudir. 
O‘qidim Gerodot, tarixni ko‘p bor, 
Forobiy, Danteni takror va takror. 
Barini o‘qidim, lol qoldi aqlim, 
Bariga ustozsan o‘zing, muallim. 
 
Shunday qilib, kasbiy-pedagogik faoliyatning muvaffaqiyati o‘qituvchining 
pedagogik qobiliyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Pedagogik qobiliyatlarning quyidagi 
guruhlari farqlanadi: 
- ob'ekt (o‘quvchi, talaba, tarbiyalanuvchi)ga nisbatan sezgirlik; 


328 
-kommunikativlik 
– 
muloqotga 
kirishuvchanlik, 
xayrixohlik, 
xo‘shmuomalalik; 
- perseptiv qobiliyatlar – kasbiy yetuklik, empatiya, pedagogik tuyg‘u; 
- shaxs dinamikasi (rivojlanishi) – irodaga ta'sir eta olish va mantiqiy ishontira 
olish qobiliyati; 
- hissiy barqarorlik - o‘zini boshqara olish; 
- kreativlik – o‘z ishiga ijodiy yondashish, ta'lim-tarbiya jarayonida noan'anaviy 
yo‘l, metod, vositalardan foydalanish va boshqalar.

Download 2.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling