Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich
Download 2.03 Mb. Pdf ko'rish
|
-.-
- Bu sahifa navigatsiya:
- Taqlid qilish
Uqtirish-kishilarning muloqot va faoliyati jarayonida o‘zaro ta'sir
etish vositalaridan biridir. Inson ruhiyatiga uning o‘ziga sezdirmasdan ta'sir etish, shaxs psixikasi tarkibiy tuzilishiga beixtiyor kirib borish va kundalik hayotdagi qiliqlar, intilishlar, motivlar va yo‘l-yo‘riqlarda uqtirish namoyon bo‘ladi. 342 Uqtirishning mohiyati shundan iboratki, tinglovchi so‘zlayotgan shaxsga to‘la ishonch bildiradi. Bu holda so‘zlovchi tinglovchida aynan o‘zidagi tasavvur, qiyofa va sezgilarni gavdalantiradi va unda to‘liq ishonch hosil qiladi. “Uqtirib ta'sir etishda axborot manbai bo‘lmish so‘zlovchining obro‘ga ega bo‘lishi, ikkinchi tomondan esa tinglovchida ishonch hosil qilishiga erishishdir. O‘qituvchi tahsil oluvchiga muayyan mavzuni uqtirayotganda pedagogik muloqot o‘zaro ta'sir etish jarayoni sifatida ixtiyoriy va ixtiyorsiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin. Pedagogik jihatdan to‘g‘ri qo‘llangan uqtirish juda katta tarbiyaviy kuchga ega 51 ”- deb yozadi M. Ochilov. Darhaqiqat, pedagogning samarali uqtirib ta'sir ko‘rsatishining zarur shartlaridan biri o‘quvchi va jamoa ruhiyatiga ta'sir qilish natijasida ularda ijobiy hislatlar tarkib topadi. Eng muhimi shundaki, o‘quvchi o‘qituvchi aytgan harakatlarni bajaradi va ularni o‘zi mustaqil o‘ylab topgandek his qiladi. Uqtirishga moyillik inson asab tizimining me'yordagi xususiyatidir. U yosh davriga (yosh bolalarni uqtirish osonroq), jinsga (ayollar uqtirishiga ko‘proq moyil bo‘ladilar), ongni rivojlanishi darajasi (intellekt)ga, salomatlikka (charchaganda yoki kasallikdan yaqinda tuzalgan kishini uqtirish oson bo‘ladi) va boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi. Bundan tashkari uqtirishga moyillik uqiruvchining obro‘si va uqtirish shakliga qarab ham o‘zgarib turadi. Uqtirishga moyillikning ayniqsa yosh davrlariga bog‘liqligi juda sezilarli. Bolalar 7-10 yoshda juda ta'sirchan bo‘ladilar, shuning uchun ular bilan ishlashda so‘zning uqtiruvchi qudratini oshiradigan alohida usullarini o‘ylab topishga ham zarurat qolmaydi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining hurmati juda yuqori bo‘ladi, o‘quvchilar uning har bir so‘zi, hikoyasi yoki tanbehini aniq haqiqat, deb qabul qiladilar. Yosh oshgan sari o‘quvchilarda tanqidiy fikrga egalik oshadi. Ko‘p hollarda ishontirish va uqtirish o‘zaro bog‘liqdir. Ishontirish va uqtirishning umumiy belgilari: - har ikkalasida ham so‘z ta'sir etish vositasidir; 51 Ochilov M., OchilovaN. O‘qituvchi odobi.- Toshkent: O‘zbekiston, 1996.-172 bet 343 - o‘qituvchining nutq maromi sust, ohangdorligi past bo‘lsa va uning yuz ifodasi hayotiy bo‘lmasa, ishontirish ham, uqtirish ham muvaffaqiyatsiz bo‘ladi. Taqlid qilish- inson ruhiyatini o‘ziga rom qilishning bir turidir. U asosan individning ma'lum bir hulq-atvor, harakat tarzi, qiliqlari takrorlanishini anglatadi. Mashhur psixoterapevt V. L. Levi ichki va tashqi taqlid qilish mavjudligini aniqlagan. Inson o‘zining ichki sezgisi, intuitsiyasi bilan (ong bilan sezish) o‘zgalar xatti-harakati, so‘zi, mimikasini taqlid qiladi. Ichki taqlid qilishda kishining tashqi qiyofasi ham hisobga olinadi. Ichki va tashqi taqlid qilishni bilish yosh o‘qituvchiga o‘z ustida ishlashga xizmat qiladi. Shunday qilib, o‘qituvchining bolaga ta'sir etishida turli kommunikativ ko‘nikmalardan foydalanish zarur. Mohir pedagog muayyan vaziyatda oqilona ta'sir etish vositalaridan foydalana oladi. Download 2.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling