Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich
Download 2.03 Mb. Pdf ko'rish
|
-.-
Innovatsiyalar dolzarb, muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bir tizimda
shakllangan yangicha yondashuvlar. Ular tashabbuslar va yangiliklar asosida tug‘ilib, ta'lim mazmunini rivojlantirish uchun istiqbolli bo‘ladi, shuningdek, umuman ta'lim tizimi rivojiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Innovatsiya — ma'lum bir faoliyat maydonidagi yoki ishlab chiqarishdagi texnologiya, shakl va metodlar, muammoni yechish uchun yangicha yondashuv yoki yangi texnologik jarayonni qo‘llash, oldingidan ancha muvaffaqiyatga erishishga olib kelishi ma'lum bo‘lgan oxirgi natijadir. Zamonaviy ta’lim va tarbiya jarayoni - o‘qituvchi shaxsining innovatsion maqsadga yo‘naltirilganligi, o‘z faoliyatini tashkil qilishning innovatsion shakl, usul, vosita va metodlarini egallaganligi, ta’lim mazmuniga mos ravishda innovatsion pedagogik faoliyatini tashkil qila olishini taqozo etadi. 29 Ochilov M. Pedagogik texnologiyalar.-Toshkent: O‘qituvchi,2006.-91-bet. 235 Innovatsion faoliyat - yangi mahsulot yaratishga yo‘naltirilgan ilmiy, texnologik, tashkiliy, moliyaviy, tijorat tadbirlari majmuasidan iborat bo‘lib, ulardan maqsad yig‘ilgan bilim, malaka, ko‘nikma, texnologiya va ishlab chiqirish asboblarini mana shu yangi mahsulotni keng miqyosda ishlab chiqarilishiga ishlatish va uning samaradorligini ta’minlashdir. Ta’lim tizimining “ishlab chiqarish mahsuloti” – barkamol shaxs va kadr, ya’ni ta’lim sub’ektlari hisoblanadi. Binobarin, ta’limdagi innovatsion faoliyat – yangi kadrlarni yetishtirishga yo‘naltirilgan ilmiy, texnologik, tashkiliy, moliyaviy, tijorat tadbirlari yig‘indisi bo‘lib, ulardan maqsad mana shu yig‘ilgan bilim, malaka, ko‘nikma, texnologiya va ishlab chiqarish jarayonining yangi kadrlarini keng miqyosda samarali tarzda mamlakat iqtisodiyoti uchun ko‘plab yetishtirib berishga yo‘naltirish va ta’minlashdan iboratdir. Demak, pedagogik innovatsiya - yangi maxsulot, ya’ni kadr, mustaqil fikrlovchi shaxsni yetishtirishga yo‘naltirilgan har qanday pedagogik yangilik bo‘lib, undan maqsad pedagogik jarayon yuqori samaradorligini ta’minlashdir. Ma’lumki, bugungi kunda intellektual va kreativ tafakkur, ma’naviy yetuklik, mafkuraviy uyg‘oqlik, jismoniy sog‘lomlik, chet tillarini o‘zlashtirilganlik, fuqarolik sezgirligisiz barkamol shaxsni tarbiyalab bo‘lmaydi. Butun ta'lim tizimidagi innovatsiyalarni quyidagicha tasniflash ma'qullanmoqda: 1. Faoliyat yo‘nalishiga qarab (pedagogik jarayondagi, boshqaruvdagi). Kiritilgan o‘zgarishlarning tavsifiga ko‘ra (radikal, modifikatsiyalangan, kombinatsiyalangan). O‘zgarishlar ko‘lamiga ko‘ra (lokal, modulli, tizimli). - Kelib chiqish manbaiga ko‘ra (shu jamoa uchun ichki yoki tashqaridan olingan). Download 2.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling