Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich
Download 2.03 Mb. Pdf ko'rish
|
-.-
- Bu sahifa navigatsiya:
- Talim texnologiyasi
Metodika. Metodika - muayyan qarashlar, nazariyalar, metodlar majmuasi bo‘lib,
xususiy fanlarni o‘qitish uslubiyati hisoblanadi. Metodikadan foydalanish mexanizmini bilish ta'lim jarayonini rivojlantirish va boshqarishning eng samarali shakl va metodlarini aniqlash imkonini beradiki, buning nafaqat nazariy, balki amaliy ahamiyati ham beqiyosdir. Metodika shaxsning tabiatga bo‘lgan ta'sirini 231 jamoaviy, maqsadga muvofiq, texnologik o‘zaro ta'sir sifatida namoyon bo‘lishini ifodalaydi. Ta'lim texnologiyasi tahsil oluvchilar faoliyatini samarali, muvaffaqiyatli tashkil etishga yo‘naltirilgan bo‘lib, u talabalarning shaxsiy va pedagog bilan birgalikdagi faoliyatlarini inobatga olgan holda, o‘quv materiallarini mustaqil o‘zlashtirishlari uchun zarur sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi. XX asrning 50-yillarida ta'lim jarayonida texnik vositalarni qo‘llash “ta'lim texnologiyasi” yo‘nalishini belgilab beruvchi omil deya e'tirof etildi, asosiy e'tibor auditoriyanikengaytirish texnik vositalardan foydalanish evaziga amalga oshirilishi, texnik vositalarning imkoniyatlarini yanada takomillashtirish, ularning axborot sig‘imini kengaytirish, axborotlarni uzatish xizmatini sifatli tashkil etish, ta'lim olishni individuallashtirish kabi masalalarga qaratildi. Bu borada olib borilgan tadqiqotlarning ob'ekti, tayanch nuqtasi sifatida texnik vositalar imkoniyatlari, ularni takomillashtirish jarayoni qabul qilindi, shuningdek, o‘quv jarayonini “texnologiyalashtirish”ning tashkiliy jihatlarini o‘rganishga alohida urg‘u berildi. 60-yillarning boshlarida ta'limni dasturlash asosida ta'lim jarayonini tashkil etish “texnologiya” tushunchasining mohiyatini ochib beruvchi omil sifatida ko‘rila boshlandi. Ta'lim jarayonini texnologiyalashtirish nazariyasiningshakllanishi uzoq muddatli vaqt oralig‘ida kechdi. Qator mamlakatlar – AQSh, Angliya, Yaponiya, Italiyada ta'lim texnologiyasi va uning muammolarini tadqiq etishga alohida e'tibor qaratildi. Ta'lim texnologiyasi muammolarini tadqiq etuvchi tashkilotlar tuzildi, maxsus jurnallar (“Ta'lim texnologiyasi– 1961 yil, AQSh; 1970 yil, Angliya; 1965 yil, Yaponiya; 1971 yil, Italiya; “Ta'lim texnologiyasi va dasturli ta'lim” – 1964 yil, Angliya; “Ta'lim texnologiyasi sohasidagi tadqiqotlar” – 1965 yil, Yaponiya) nashr etildi. Download 2.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling