Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich


Download 2.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/214
Sana19.10.2023
Hajmi2.03 Mb.
#1709590
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   214
Bog'liq
-.-

Pedagogik texnologiya – tahsil oluvchilar faoliyatini samarali, 
muvaffaqiyatli tashkil etishga xizmat qiladi 


232 
Mustaqillik sharoitida O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalari 
faoliyatijarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni olib kirishga qaratilgan 
harakatlar bir qator yetakchi tashkilotlar tomonidan olib borildi. Masalan, AXeLS, 
IReX, JIA, KOIA kabi tashkilotlarning bu boradagi faoliyati o‘zining 
samaradorligi bilan alohida ahamiyat kasb etdi. So‘nggi besh yillar davomida 
yuqorida nomlarikeltirilgan tashkilotlarning ko‘magida respublikaning bir qator 
yetakchi oliy o‘quv yurtlari qoshida Innovatsion markazlar (Pedagogik texnologiya 
markazlari) tashkil etildi.
Ta'lim va tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarni qo‘llash muayyan 
afzalliklarga ega.
Ta'lim jarayonida an'anaviy (og‘zaki, ko‘rgazmali va amaliy) va noan'anaviy 
metodlar tasniflanadi. 
1. Hikoya 
1. Mashq 
1. Videometod 
1. Munozara 
1. Didaktik o‘yinlar 
1. Laboratoriya metodi 
1. Suhbat 
1. Tushuntirish 
1. Ma'ruza 
1. Kitob bilan ishlash 
1. Illyustratsiya 
1. Namoyish va h.k. 
Ta'lim jarayonida noan'anaviy, interfaol metodlardan foydalanilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta'lim tizimini rivojlantirish, uning sifat 
va samaradorligini oshirish davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. 
Yuqori darajadagi bilimga ega, ma'naviy boy, sog‘lom, barkamol avlodni 
tarbiyalash “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da 
ko‘zda tutilgan asosiy maqsadlardan biridir.


233 
Pedagogik texnologiya turlari. Pedagogik jarayonning umumiy mohiyati 
quyidagi pedagogik texnologiyalarni ajratishga imkon beradi (-rasm):
Ta'lim jaryonlarini rivojlantirish bilan birgalikda xozirgi kun talablari oldida 
turgan dolzarb masala – kelgusidagi kasb egalarini, shu jumladan, bo‘lajak 
mutaxassislarni innovatsion faoliyatga tayyorlash, yosh avlodni ma'naviy 
tarbiyalash, intellektual jihatdan rivojlantirishda samaradorlikka erishishdir. Zero, 
faqat barkamol shaxsgina o‘zining intelektual, ma'naviy imkoniyatlarini to‘laqonli 
namoyon etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
Shu ma'noda mamlakatimizda innovatsion jarayonlarni qiyosiy-tahliliy 
o‘rganish, amaliy tajribalarini tanqidiy mushohada qilish asosida umumlashtirish, 
bo‘lajak mutaxassislarning innovatsion faoliyatini to‘g‘ri tashkil qilish, uning 
istiqbol strategiyasini aniqlash imkonini beradi.

Download 2.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling