Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich
-rasm. Sifatni boshqarish uchburchagi (sifat boshqaruvi modeli)
Download 2.03 Mb. Pdf ko'rish
|
-.-
9-rasm. Sifatni boshqarish uchburchagi (sifat boshqaruvi modeli).
Ta'lim muassasasida ta'lim sifatini boshqarish tizimini yaratishdan maqsad iste'molchilar talablariga mos keluvchi sifatli ta'lim xizmatlarini taqdim etish uchun zarur sharoitlarni ta'minlashdir. Bundan tashqari zamonaviy ta'lim muassasasida ta'lim sifatini boshqarish tizimi quyidagilar uchun zarur: - davlat ta'lim standartlari talablariga erishishda ta'lim jarayonlari samaradorligini oshirish; - muassasada ijodiy va ishchan muhitni rivojlantirish, xodimlarning kasbiy faolligini oshirish; - muassasada boshqaruv tizimini yaxshilash; - ta'lim jarayonining moliyaviy, moddiy va kadrlar ta'minotini optimallashtirish; - muassasaning raqobatbardoshligini oshirish; - ta'lim faoliyati uchun zamonaviy xavfsiz sharoitlarni yaratish; - boshqaruvda jamoatchilikning keng ishtirokini ta'minlash. Ta'lim muassasasida ta'lim sifatini boshqarish tizimining vazifalari quyidagilar: - ta'lim jarayoni sub'ektlari o‘rtasidagi ijtimoiy shartnoma sifatida davlat standartlarining bajarilishini ta'minlash; Loyihalashtirish va rejalashtirish Sifatni boshqarish Jarayonlar monitoringi va korreksiya 264 - ta'lim sifatining asosiy mezon ko‘rsatkichlarini belgilash; - ta'lim sifati to‘g‘risida tahliliy hisobot va ma'ruzalar tayyorlash; - ta'lim sifatini ta'minlash va doimiy yaxshilash uchun innovatsion jarayonlarni rag‘batlantirish; - muassasasining rivojlanish yo‘nalishlarini belgilash, pedagog xodimlar malakasini oshirish. Tadqiqotlar natijalariga asoslanib aytish mumkinki, ta'lim muassasasida ta'lim sifati menejmenti, bu – ta'lim sifatini loyihalashtirish, ya'ni ta'lim maqsadlarini va ularga erishish yo‘llarini belgilash; ta'lim jarayonini tashkil etish va ishtirokchilarning sifatli mehnatga qiziqishini uyg‘otish; maqsadlardan chetlanishlarni aniqlash va rivojlanishdagi o‘zgarishlarni kuzatish (monitoring) tizimi; natijalarni boshqarish va tahlil qilish jarayonlaridir. Shunday qilib, ta'lim sifati menejmenti, bu – har qanday tasodifiy, oldingisidan ko‘ra yaxshiroq, o‘z-o‘zidan kelib chiqadigan maqsadlarga emas, balki ta'limning oldindan bashoratlangan natijalariga, ya'ni muayyan ta'lim oluvchining eng yuqori imkoniyatlarga erishishi uchun tashkil qilingan va yo‘naltirilgan alohida boshqaruv bo‘lib, belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish uchun boshqaruvning barcha funksiyalarini amalga oshirish, ham tor, ham keng ma'noda kafolatlangan natijaga erishishdir. Download 2.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling