Farg’ona
davlat universiteti
Chet tillari fakulteti
Nemis tili
yo’nalishi 21.98-guruh
talabasi
Sattorova Maftunaxonga
TAVSIFNOMA
Farg’ona davlat universiteti Chet tillari fakulteti Nemis tili yo’nalishi
21.98-guruh talabasi Sattorova Maftunaxon amaliyot davri uchun Farg’ona
shahar 10-umumiy o’rta ta’lim maktabi nemis tili o’qituvchisi
Gulchehraxon
Asqarovaga biriktirilgan bo’lib, amaliyot davri davomida 1, 2, 3, 5, 6, 8, 9-sinf
o’quvchilarining fransuz tili darslarini kuzatish vazifasi yuklatilgan.
Sattorova
Maftuna amaliyot davri davomida o’zi biriktirilgan sinflarda
faolligi bilan yangi
pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda samarali va unumli dars tashkil
etishga harakat qildi. Sinflarning past o’zlashtiruvchilari
bilan konsultatsiya
ishlarini olib bordi. Sinflardagi iqtidorli o’quvchilar
bilan individual holda
ishladi. Dars jarayonida o’zini tutishi pedagoglar uchun xos. Amaliyot davrida
amaliyotchi darslarga o’z vaqtida va to‘liq qatnashdi.