Universiteti chet tillari fakulteti xorijiy til va adabiyoti nemis tili yo
Download 413.17 Kb. Pdf ko'rish
|
SINFDAGI PAST O’ZLASHTIRUVCHI O’QUVCHIGA TAVSIFNOMA Farg’ona shahar 3-o’rta ta’lim maktabi 4-“d” sinf o’quvchisi Saidova Muhabbatga TAVSIFNOMA Saidova Muhabbat sinfdagi past o’zlashtiruvchi o’quvchilardan biridir. Bunga asosiy sabab o’quvchining sababsiz ko’p dars qoldirishidir. Chunki muntazam ravishda dasrga kelmagan o’quvchi o’tilgan mavzularni o’zlashtirib olishi qiyin bo’ladi. Darsga kelgan paytida ham o’quv qurollari to’liq bo’lmaydi va darsda ishtirok etmaydi. Ushbu sinfga amaliyot davrimiz mobaynida ko’p darslar o’tib shunga amin bo’ldikki, bu o’quvchi darslarni past o’zlashtiruvchi bo’lishiga qaramay ozgina bo’lsa ham harakat qiladi mavzuni yaxshi tushunib olishga. Biz talabalarga har bir sinfdagi shunday past o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan ko’proq ishlash topshirildi. Shunga asosan men ushbu o’quvchi bilan har darsda o’tilgan mavzularni tushuntirib, vazifalarini bajarishda yordamlashib turdim. O’quvchi yaxshi harakat qildi. Lekin uyga berilgan vazifalarni bajarmay kelardi. O’quvchining ota-onasi farzandiga yetarli darajada vaqt ajratmasligi ham uning darslarni o’zlashtirib ololmasligiga sabab bo’larkan. Chunki o’tilgan mavzular uyda yana takrorlansa ancha mustahkamlangan bo’lardi. O’quvchining boshqa sinfdoshlariga nisbatan bilimni qabul qilishi ham ancha sustroq. DARS KONSPEKTI Document Outline
Download 413.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling