Universiteti d. J. Urakov, R. N. Tursunov a. A. Biykuziyev
Dominant tizimining o'rnatilishi va Diokletian islohotlari
Download 7.09 Mb. Pdf ko'rish
|
Dominant tizimining o'rnatilishi va Diokletian islohotlari.
Milodiy 235-yilda navbatdagi imperator Aleksandr Sever o ‘ldirilishi bilan hokimiyat uchun turli da’vogarlar o ‘rtasida kurash boshlanib, bu siyosiy tushkunlik yarim asr davom etdi. Oddiy jangchilar ichidan ham imperatorlikka da’vogarlar chiqdi. Jangchi-imperatorlar bir- birlarini tez-tez almashtirdilar. Odatda ulaming barchasi o'ldirilar edi. 284-yiI kuzida tarixda Diokletian nomi bilan kirgan illiriyalik 39 yoshli Diokl (284-305-yy) imperator deb e’lon qilindi. Diokletianning hukmronligi boshlanishi bilan Rim imperiyasining so‘nggi davri yoki Dominat (284-476-yy) davri boshlandi. Ozod etilgan qulning o‘g ‘li, tegishli m a’lumot olmagan, lekin aqlli va shafqatsiz bo‘lgan imperator Gay Avreliy Valeriy Diokletian hukmronligi vaqtida “dom inat” (latincha dominus- “janob”, “xo‘jayin”) nomini olgan siyosiy tizimning asoslari yaratildi. Diokletian va uning vorislari davrida Rim davlatining cheklanmagan monarxiyaga o ‘tishi tugallandi. Diokletian davlatni temir musht bilan boshqardi va shaxsiy erkinliklami keskin chegaraladi. U imperiyaning mavqeini tikladi va 276 uning kuch-qudratini oshirdi. Diokletian Rim imperiyasi armiyasining sonini ikki marta oshirdi va mahsulotiarga doimiy narxlar o ‘matilishi orqali pulning qadrsizlanishini nazorat qilishga intildi. Bu paytga kelib past qiymatli tangalar zarb qilinishi natijasida pulning qadri nihoyatda tushib ketgan edi. U yangi to‘liq qiymatli oltin va kumush tangalami zarb qilishni buyuradi hamda ulam i yagona standartga keltiradi. Shuningdek, soliq yig‘ish ishlarini tartibga keltirib, davlat byudjetiga tushadigan daromadlami ham tartibga soladi. U imperatorlik hokimiyatining obro‘-e’tiborini tiklash maqsadida o ‘zini qadimgi Rim xudolaridan kelib chiqqanligini d a ’vo qildi va o ‘zida xudosifat aura yaratish uchun puxta o ‘ylab chiqilgan marosimlami tashkil qildi. Imperator hokimiyati ilohiylashtirilib, unga iloh sifatida sig‘inish joriy qilindi. Unga ta ’zim bajo keltirish, uning oldida tiz cho‘kish, boshini yerga qo‘yib yiqilish va kiyimi etagini ochish rasm boMdi. Diokletian imperiya bitta hukmdor uchun juda katta va boshqarish murakkab deb, hisoblagan. Shu sabab u bir qator m a’muriy-hududiy islohotlar o'tkazadi. Jumladan, imperiyani yunon tilida so‘zlashadigan Sharqqa (Yunoniston, Anatoliya, Suriya va Misr ) va lotin tilida so‘zlashadigan G ‘arbga (Italiya, Galliya, Buyuk Britaniya va Ispaniya)ga bo‘ladi. U imperiyaning yarmini (sharq) o ‘zini boshqaruviga oladi va g‘arb uchun o ‘ziga o ‘rinbosar tayinlaydi. 0 ‘z navbatida Diokletian hokimiyatni bo‘lish bilan birga nazoratni o‘z qo‘lida ushlab turishga harakat qiladi. Unga tegishli bo‘lgan imperiyaning Sharq qismi, katta shaharlami va imperiyaning savdo markazlarini o ‘z ichiga olgan va G ‘arbga nisbatan boyroq bo‘igan. Mazkur davrda Italiya imperiya markazi sifatida imtiyozini to‘la yo‘qotdi. Diokletian juda ko ‘p inshootlar qurdi. Saroylar, sirk, Rimda termalar, Illiriyadagi Salonika shahrida (hozirgi Bosniyadagi Split) ulkan saroy ansambli bunyod qilindi. Diokletianning eng oxirgi tadbirlaridan biri nasroniylik dinini ta ’qib qilganidir. 303-304-yillarda keksa va kasal Diokletian yordamchisi Galeriy tazyiqi ostida nasroniylarga qarshi o ‘zini 4 ediktini e ’lon qildi. Rim imperiyasi g ‘arbiy va sharqiy qismlarga bo‘lindi. Agar II asr boshlarida Trayan davri provinsiyalarining soni 45 ta bo‘lsa, endilikda eski bepoyon provinsiyalami boTish yo‘li bilan ulam ing soni 108 taga etdi. Diokletian markazi Nikomediya bo‘lgan imperiyaning sharqiy qismini boshqardi. Markazi Mediolon (Milan, 277 Shimoliy Italiya) bo‘lgan imperiyaning g‘arbiy qismini M aksimian boshqaruviga topshirdi. Diokletian va Maksiman “Avgust” unvonini ega b o iib , o‘zlariga yordamchi olib, ularga “Sezar” unvonini berdilar. Sezarlami avgustlaming avlodi hisoblagan Diokletianning fikricha, bunday tartib imperiya birligini saqlashga yordam berishi, viloyatlarda hokimiyatning zo‘ravonlik bilan tortib olinish imkoniyatiga y o i qo‘ymasligi va shuningdek, Rim davlat chegaralarini qo‘riqlashni osonlashtirishi lozim b o ig an . German qabilalarining Rim hududiga doimiy ravishda bostirib kirishi harbiy islohot o ‘tkazishga majbur qildi. Qo‘shinning soni ko ‘paytirildi. Endilikda yirik yer egalari koionlar va ozod etilgan qullardan jangchilar berishga majbur edilar. Harbiy xizmatga german qabilalarining qismlari-federatlar qabul qilina boshlandi. Bundan tashqari, qo‘shinning tezkor harakat qilishini ta’minlash uchun qo‘shin chegara qo‘shinlari va harakatdagi qo‘shinlarga b o iin d i. Chegara qo‘shinlari imperiyaning mustahkamlangan qal’alari va chegaralarida joylashtirildi. Harakatdagi yoki zahiradagi qo‘shin urush xavfi b o ig a n chegara hududiga yuborish uchun jangovor holatda saqlab turildi. Davlat hokimiyati narx-navo va ish haqining o‘sishi ustidan qat’iy nazorat o ‘matdi. Bir vaqtning o‘zida soliq va pul islohotlari o ‘tkazildi va natijada ijtimoiy-iqtisodiy tushkunlik vaqtinchalik bartaraf etildi. Ill asr oxiri IV asr boshlarida o‘tkazilgan ma’muriy-harbiy va iqtisodiy islohotlar ulkan Rim davlatining umrini yuz yildan ko‘proq vaqtga uzaytirdi. Diokletianning siyosati garchi Rim imperiyasining siyosiy tuzilmasini mustahkamlashga yordam bergan boisa-da, ijtimoiy- siyosiy inqiroz bilan b o g iiq ziddiyatlami hal qila olmadi. Diokletian 305-yilda kasalligi tufayli hokimiyatdan ketishga majbur b o iad i. Biroq, uning islohotlari ham muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Darhol fuqarolar urushi boshlanadi. Milodiy 311-yilgacha to‘rt hukmdor hokimiyat uchun kurashadi. Ular orasida yosh shuhratparast qo‘mondon, keyinchalik xristianlikni ta ’qib qilishga chek qo ‘ygan Konstantin g‘alaba qozonadi. Download 7.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling