Universiteti falsafa fakulteti etika va estetika kafedrasi
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
boshqaruv etikasida talim omilining ustuvorligi-3
amalga oshirish, hayotga tatbiq etish, hech bir mubolag‗asiz, strategik maqsadlarimiz —
farovon, qudratli, demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati barpo etishimizning asosi bo‗lmog‗i zarur‖. Mustahkam siyosiy iroda va jamiyatning keng ko‗lamda qo‗llab-quvvatlashi orqaligina Kadrlar tayyorlash milliy dasturi singari o‗z miqyosiga ko‗ra ulkan ijtimoiy loyihani ishlab chiqish va amalga oshirish mumkin edi. O‗z faoliyati davomida kadrlar tayyorlashga o‗ta jiddiy, birlamchi e‘tibor qaratib, ta‘lim sohasi, barkamol avlodni tarbiyalashga doimiy g‗amxo‗rlik ko‗rsatib kelayotgan mamlakatimiz Prezidenti davlat va jamiyat rivojining har bir bosqichida barcha davlat tuzilmalari va jamoatchilik tashkilotlari oldiga bugungi va istiqboldagi aniq maqsad va vazifalarni belgilab bermoqda. Yuqorida ta‘kidlangan faoliyatning asosiy natijalaridan biri sifatida mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar — kelajakka, ya‘ni o‗sib kelayotgan avlodga, mustaqil fikrlovchi, yuksak ma‘naviyatli, yuqori darajada ta‘lim olgan, yetuk kasbiy salohiyatga ega shaxsni tarbiyalashga xizmat qilishi lozimligi to‗g‗risidagi g‗oyaning qaror topishidir: ―Farzandlarimiz bizdan ko‗ra kuchli, bilimli, dono va albatta, baxtli
ongning shakllanishi, ijtimoiy-siyosiy iqlimning yanada yaxshilanishi, mamlakatning taraqqiyoti va gullab-yashnashi, uning jahon hamjamiyatida munosib o‗rin egallashining sharti va kafolatidir. Davlat va jamiyatning eng muhim, dolzarb vazifasini hal qilish zaruratidan kelib chiqqan holda mamlakatimizda 1997 yilning fevral-mart oylarida O‗zbekiston Prezidenti Islom Karimovning bevosita rahbarligida Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ishlab chiqishga kirishildi. Bu davr davlatimiz kelajagini belgilovchi, yangi ong, yangi tafakkurga ega bo‗lgan shaxsni maqsadli tarbiyalashning o‗ziga xos sarchashmasiga aylandi. Davlat rahbarining maqsadi aniq va ravshandir, ya‘ni xalqning boy madaniy-tarixiy hamda ma‘naviy an‘analari asosida ilg‗or xalqaro tajribani hisobga olgan holda zamonaning eng yuqori talablariga, jamiyat va har bir shaxsning ehtiyojlariga to‗liq javob bera oladigan o‗zimizga xos va mos bo‗lgan uzluksiz ta‘lim tizimini barpo etishdir. Kadrlar tayyorlash milliy modelining bu sohada mavjud bo‗lgan modellardan mazmun-mohiyat jihatdan farqli tomonlari shundaki, avvalo, uning sistemali yaxlitligi va uzviyligi, o‗z ichiga qamrab olgan shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta‘lim, fan, ishlab chiqarish kabi o‗ta muhim komponentlar hamda mazkur sohalarning iqtisodiy-ijtimoiy modernizatsiyasining hisobga olinganligidadir. Kadrlar tayyorlash milliy modelini amalga
oshirishda ko‗zda tutilgan o‗zgarishlarning me‘yoriy-huquqiy asosi bo‗lgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ta‘lim tizimini tubdan isloh qilish, uzluksiz ta‘lim tuzilmasi, mazmuni va sifatini tubdan qayta
ko‗rib chiqishni nazarda tutadi. O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning g‗oyalari oddiy pedagogik talqin doiralaridan ancha keng bo‗lib, chuqur, ijtimoiy va shaxsga yo‗naltirilgan qadriyatlar mohiyatini ochib beradi. Ushbu g‗oyalar hayotga izchil tatbiq qilinmoqda hamda kutilgan ilk natijalarini namoyon etmoqda. Oldimizga qo‗yilgan strategik maqsad—―gullab-yashnayotgan, qudratli demokratik davlat, fuqarolik jamiyatini shakllantirish‖ davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida izchil, maqsadga yo‗naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishni avvaldan belgilab berdi.
Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling