KIRISH.
Tadqiqot mavzuining dolzarbligi. Mamlakatimiz rahbari I.A.Karimov ta`kidlaganidek:
«mustaqillikning dastlabki yillaridanoq butun mamlakat miqyosida ta`lim-tarbiya, ilm-fan, kasb-
hunar o‘rgatish sohalarini isloh qilishga nihoyatda katta zaruriyat sezila boshlandi».
Yurtimizning kelajagi, uning ertangi taqdiri, ozod va obod jamiyat qurilishiga erishishimiz ham
ma`lum ma`noda shu islohatlarning natijasiga boglik edi. «Chunki ta`lim-tarbiya ong mahsuli,
lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir. Binobarin, ta`lim-
tarbiya tizimini o‘zgartirmasdan turib ongni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Ongni, tafakkurni
o‘zgartirmasdan turib esa biz ko‘zlagan oliy maqsad-ozod va obod jamiyat barpo etib
bo‘lmaydi» degan yurtboshimizning fikrlaridan ta`lim-tarbiya islohati, yuqori malakali kadrlar
tayyorlashga erishish mamlakatimiz taraqqiyotini ta`minlovchi asosiy omillardan biri
ekanligini bilib olishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: