Universiteti falsafa fakulteti etika va estetika kafedrasi
Ta`limni boshqarish organlari
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
boshqaruv etikasida talim omilining ustuvorligi-3
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maktabgacha ta`lim tizimi.
- O’zbekistonda maktabgacha ta`lim muassasalarining zamonaviy tizimi
Ta`limni boshqarish organlari.
Ta`lim tizimining umumiy boshqaruvini Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi alohida oliy ta`lim muassasasi, Toshkent Islom Universiteti, shuningdek xalqaro mashhur xorijiy OTMlar (MDU, Westminster Universiteti va hokazo) filiallarini bevosita boshqaradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kompetentsiyasiga quyidagilar taalluqli:
ta`lim sohasida yagona davlat siyosatini olib borish;
davlat ta`lim boshqaruv organlariga rahbarlik qilish;
ta`limni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
ta`lim muassasalarini yaratish, qayta tashkil etish va bekor qilish tartiblarini belgilash;
ta`lim muassasalari akkreditatsiyasi, pedagogik va ilmiy kadrlar attestatsiyasi tartiblarini belgilash;
boshqa davlatlar ta`lim muassasalariga O‘zbekiston Respublikasi hududida ta`lim ko‘rsatish huquqini beruvchi ruxsatnomalar berish;
tartibini belgilash va teng-kuchli kanligini o‗rnatish;
davlat ta`lim standartlarini belgilash;
davlat namunasidagi ta`lim hujjatlarini va ularning berilish tartibini belgilash;
ta`lim muassasalariga qabul tartibi va davlat grantlari miqdorini belgilash;
davlat oliy ta`lim muassasalari rektorlarini tayinlash;
ta`lim olayotganlarni bir akkreditatsiyalangan ta`lim muassasasidan boshqasiga o‘tkazish tartibini belgilash;
O‘zbekistonda ta`lim tizimlari faoliyati bevosita boshqaruvini ikki vazirlik - Xalq Ta`limi Vazirligi (XTV) va Oliy va O‘rta Maxsus Ta`lim Vazirligi (OO‘MTV) - amalga oshiradi. Maktabgacha ta`lim tizimi. Maktabgacha ta`lim uzluksiz ta`limning boshlang'ich qismi hisoblanadi. U bolaning sog‘lom va rivojlangan shaxs bo‘lib shakllanishini ta`minlab, o‘qishga bulgan ishtiyoqini uyg‘otib, tizimli o‘qitishga tayorlab boradi. 6-7 yoshgacha bo‘lgan maktabgacha ta`lim davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta`lim muassasalarida va oilada amalga oshiriladi. Maktabgacha ta`limning maqsadi – bolalarni maktabdagi o‘qishga tayorlash, bolani sog‘lom, rivojlangan, mustaqil shaxs bo‘lib shakllantirish, qobiliyatlarini ochib berish, o‘qishga, tizimli ta`limga bo‘lgan ishtiyoqini tarbiyalashdir. Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish maktabgacha ta`lim muassasasi hamda shtatdagi tibbiyot xodimlari, shuningdek maktabgacha ta`lim muassasasiga biriktirilgan sog‘liqni saqlash
organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Bolalar maktabgacha muassasalari – O‘zbekiston Respublikasidagi ta`lim muassalarining turi bo‘lib, turli yo‘nalishdagi maktabgacha ta`lim umumta`lim dasturlarini amalga oshiradi. Maktabgacha ta`lim muassasalari 2 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarni tarbiyalashni, o‘qitishni, nazoratini, parvarishlashni va sog‘lomlashtirishni ta`minlaydi.
O’zbekistonda maktabgacha ta`lim muassasalarining zamonaviy tizimi Imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun maxsus maktabgacha ta`lim muassasalari tashkil qilingan bo‘lib, u erga bolalar davlatning joylardagi vakolatli ta`limni boshqarish va sog‘liqni saqlash organlari tarafidan tashkil qilingan ruhiy-tibbiy pedagogik komissi ning xulosasiga binoan qabul qilinadi. Maktabgacha ta`lim, olinish shakli va usullaridan qat`iy nazar, quyidagi maqsadlarni o‘z oldiga qo‘yadi:
Bolalarni maktabda o‘qishga maqsadli va tizimli tayyorlash;
Bolalarning shaxsiy qobiliyatlari va iste`dodlarini rivojlantirish;
Bolalarni milliy va umuminsoniy yutik va madaniy qadriyatlar bilan tanishtirish, bolani intellektual rivojlantirish;
Bolalarning jismoniy va ruhiy sog‘ligini mustahkamlash; Maktabgacha ta`lim maqsad va vazifalarni amalga oshirishda ijtimoiy va xayri tashkilotlari, mahalla, xalqaro fondlar faol ishtirok tadilar. O‘zbekistonda maktabgacha ta`lim davlat tilida hamda qoraqalpoq, rus, tojik, qirg‘iz va qozoq tillarida olib boriladi.
Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling